45.4. AutoCAD dasturida bajarilgan chizmalarni Word ga ko‘chirishning «Print — Skreen»(«PrtSc — SysRq») usuli Ko‘pchilik mutaxassislaming fikricha AutoCAD dasturida bajaril
gan modellami print-skreen - «PrtSc SysRq» usuli Word ga ko‘chirish
oson va qulay deb hisoblaydilar. Wordning matn sahifalarida qora rang-
ni kamaytirish maqsadida modellar fazosi quyidagicha qora rangdan oq
rangga o‘tkazib olinadi (qarang: 24.2. AutoCAD 2007 dasturini sozlash,
131-133 betlar)
Yuqorida AutoCAD dasturida bajarilgan tasvirlanii print-skrin -
«PrtSc SysRq» usulida Word ga ko‘chirish oson va qulay deb hisob-
lagan edik. Haqiqatda ham bu usulning chizmalarini ko‘chirish algoritmi
juda sodda:
1. AutoCAD dasturida bajarilgan tasvir ko‘chirishga tayyor bo‘l-
gach, klaviaturaning «PrtSc SysRq» tugmasi yuklanadi, ya’ni ekran
rasmga - tizim xotirasiga olinadi;
2. Word sahifa ochilib «Вставить» yoki Shift+Ins, yoki Shift+V
tugmalari bosilsa, tezkor xotiraga olingan tasvir sahifaga qo‘yiladi (9—
rasm);
3. Ko‘chirilgan tasvir ajratilib ortiqcha-bo‘sh sohalari kesib tash-
lanadi.
Tasvir sifatini boshqa usullar bilan taqqoslash uchun uni tomonlari
6x11 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak ichiga olinadi.
Endi bu algoritmdan foydalanib Auto CAD dasturida bajarilgan
namunaviy chiziqlar turkumini print-skreen - «PrtSc SysRq» usulida,
ya’ni ekranni rasmga olib Word ga ko‘chiramiz.
Bunda Auto CAD dasturida bajarilgan tasvir uch hil nisbatda tax-
minan 1 ga 1; 0,5 ga 1 va 2 ga 1 nisbatda Word ga ko‘chirilib, tomonlari
6x11 sm boigan to‘g‘ri to‘rtburchaklarga joylashtirildi, 10, 11 va 12-
rasmlar.
Ulaming dastlabki tahlili, ko‘chiriladigan tasvir imkon qadar
modellar fazosida kattalashtirib olish maqsadga muvofiq bo‘lishini
ko'rsatdi. Uni Wordga ko'chirib kichiklashtirilsa, tasvir chiziqlarining
yo‘g ‘onligi, rangi va yozuvlari sifatli bo‘ladi, 15- rasm. Chunki
AutoCADdan kichik tasvir Wordga ko'chirilib, so‘ngra kattalashtirilsa,
268
chiziq va yozuv yo‘g‘onliklari va qiyofalari o‘zgarib ketadi, 14- rasm.
Unda yozuvlar sifatini inobatga olmaslik ham murnkin. Chunki tasvir
nusxasini olib, «Paint» grafik muharririda ochib yozuvlami chizmadan
o‘chirib saqlab, tasvimi Wordda ochib yozuvlar qaytadan sifatli qilib
bajarilishi mumkin.