• obyektlar tomon tizimlaming harakatlanlsh yo'llarini razvedka qilish




Download 353.82 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2022
Hajmi353.82 Kb.
#20122
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish
KURS ISHI, yangi taqvim, Yang mar reja, 12-ma\'ruza, Esse topshiriq, Aqliy xujum, Репка

Ma'lumki, dushman tomonidan qo'llaniladigan umumiy qirg'in qurollarining oqibatlari turli xiI darajada bo'ladi. Albatta talafot darajasi ishlatilgan qurol turiga, uning qo'llanllish miqyosiga bog'liq. Yadroviy, kimyoviy, biologik va kombinatsiyalashgan shikastlangan o'choqlarida qutqaruv va tiklash lshlarini (QBT) amalga oshirish juda murakkab ahvolda ro’y beradi sababi bunday paytda hamma inshootlar deyarli shikastlangan, yongan. yiqilgan, suv bosgan, atmosfera hamda barcha yerlar zaharlangan va shunga o'xshash boshqa noxush holatlar kuzatilgan bo'ladi. Xuddi shunga o'xshash holatlar tinchlik davrida ham (tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avarlyalari, fojialar oqibatida) kuzatishi mumkin. Shu sababdan fuqarolar muhofazasining eng asosiy vazifalaridan biri, harbiy holatlarda va tinchlik davrlaridagi favqulodda vaziyatlarda umumiy shikastlangan o'choqlardagi QBTni amalga oshirish hisoblanadi. Shikastlangan o'choqlarda QBTini olib borishdan maqsad, fuqarolarni qutqarish va zararlangan odamlarga birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish, qutqaruv ishlarini amalga oshirishda halaqit beradigan avariyalarni to'sish, shikastlangan joylarni tiklash ishlarini amalga oshirishda sharoitni yaratish va boshqa vazifalarini bajarish ko'zda tutiladi. Umumiy qirg'in qurollari qo'llanilganda quyidagl qutqaruv ishlari bajariladi:
• obyektlar tomon tizimlaming harakatlanlsh yo'llarini razvedka qilish;
• shikastlangan obyektlarda harakat qilishda, yong'inlarni o'chirish va to'sish;
• zaharlangan, yong'inli. gazga to'lgan, suv bosgan joylarda va yer ostida qolgan holatlarda odamlarni topish va qutqarish,
• shikastlangan, buzilgan va .laharlangan himoya inshootlaridagi fuqarolami qutqarish:
• havo almashtirgichi buzilgan, shikastlangan himoya inshootlariga havoni yetkazib berish;
• shikastlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish va ularni tibbiy shoxobchalarlga eltib qo'yish,
• xavfli hududdagi fuqarolarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish,
• odamlarni sanitar qayta ishlovdan o'tkazish, uy hayvonlarga veterinar qayta ishlov berish, texnika, kiyim-kechak, oziq-ovqat, xom ashyo, suv va yem-xashaklarni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish Boshqa birlamchl tiklov ishlanga quyidagilar kiradi:
• shikastlangan hududlardagi (zaharlangan, yiqilgan, buzilgan inshootlar) yo'llarni tozalash,
• qutqaruv ishlarini olib borishda gazli, elektrli, suvli, kanallzatsiya va texnologlk tizimlardagi avariyalarni to'sish ishlari;
• shikastlangan inshootlarni buzish yoki uni mustahkarnlash;
• aloqa va kommunal-energetik tarmoqlardagi falokatlarni tuzatish va tiklash ishlari;
• turli xildagi portlovchi qismlarni. portIovchi aslahalarni topish, zararsizlantirish va yo' qotish ishlari; QBTI kunu tun, doimiy ravishda har qanday tabiiy sharoitda olib boriladi. Umumiy qirg'in qurollarining shikastIanlsh o'chog'ida QBTIni olib borish uchun, tinchhk davridayoq tuman fuqarolar muhofazasining boshlig'i qarori bilan fuqaro muhofazasi kuchlarining harakat qilish yo'llari tuziladi. Harakatlanuvchan kuchlar tarklbiga shahar, tuman fuqarolar muhofazasining hududiy, ishlab chiqarish tamoyilga ko'ra tuzilgan tizimlari hamda harbiylashgan fuqaro muhofazasi qismlari kiradi. Bu kuchlar asosan birinchi va ikkinchi eshelondan va qo'shimcha qismlardan tashkil topadi. Eshelonlar tarkibiga kiruvchi tuzilmalar uzluksiz faoliyat ko'rsatish uchun ular smenalarga bo'linib ishlab chiqarish tamoyiliga asoslangan bo'ladi. Birinchi eshelonda asosan fuqarolar muhofazasi harbiy qismlari, korxonaning obyekth tuzilmalari va ma'lum qismdagi hududiy tuzilmalari harakatlanadi. Bunda fuqarolar muhofazasining harbiy qisrnIari va hududiy tizimlari asosan shahar, tuman fuqarolar muhofazasi rejasiga asosan xalq xo'jaligi tarmoqlarining eng muhim obyektlarida QBTI bajaradilar. Ikkinchl eshelon tizlmlari asosan bmnchi eshelon tizimlari kuchini oshirish harnda faoIiyat ko'rsata olmaydigan tizimlar o'mini egallash maqsadida harakatlanadi. Obyektning fuqarolar muhofazasini harakatlanuvchan kuchlari asosan umumiy otryadi, qutqaruv otryadi hamda ishlarni bajaruvchi tizimlardan tashkil topgan. Fuqarolar muhofazasining texnika vositalari hamda kuchlari shikastlangan hududga juda qisqa vaqtda kirishi, QBTI ni muvaffaqiyatli bajarishi, zamonaviy texnikadan unumli foydalanishi, ish jarayonida qo'l ostidagi kuchlarni, tizimlarni almashtirib turishi va boshqa ishlarni bajarishi lozim. Albatta, turli xildagi texnikalardan foydalanmay shikastlangan hududda katta, unumli ishlarni bajarib bo'lmaydi. Faqatgina mexanizrnlar yordarnidagina, jumladan, qurilish va yo'l mashina va mexanlzmlari, kommunal-texnika Jihozlari yordamlda, yer ostida, buzilgan, yonayotgan, gazga to'lgan inshootlar ichida qolgan, buzilgan himoya inshootlari ostida qolgan fuqarolarni qutqarish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Bajariladigan ishlarni tavsifiga qarab mexanizmlarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:
• bosib qolgan himoya inshootlarini ochish, to'silib qolgan, bosib qolgan joylarni ochish va tozalash, yo'llarni tozalashda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar (ekskavatorlar, traktorlar, buldozerlar. kranlar, yuk tashuvchi mashinalar va boshqalar) .
• bosib qolgan chiqish joylari to'silib qolgan inshootlarda teshik ochish uchun ishlatiladigan pnevmatik jihozlar (parmalaydigan va urib sindiradigan bolg'alar) .
• metallarni kesuvchi jihozlar. .suv haydaydigan mexanizmlar (nasoslar, suv sepadlgan mashinalar, yong'inni o'chiruvchi va boshqalar) .suv yo'llari orqali tashuvchi mexanizmlar (parornlar, trayler-tyagachlar, yuk tashuvchi pritseplar) .ta'mirlovchi va xizmat qiluvchi jihozlar (ta'mirlovchi qismlar, benzin, suv quyish, yorituvchi maskanlarda va xizmat ko'rsatuvchi maskanlarda qo'Uaniladiganjihoz va mexanizrnlar). QBTI muvaffaqiyatli bajarishda mexanizm va mashinalardan oqilona foydalanishdan tashqari, razvedka ishlarini o'z vaqtida tashkil etib o'tkazishi. ko'rsatilgan muddatda ishonchli ma'lumotlarga ega bo'lisru, shikastlangan o'choqda bajarilishi lozim bo'lgan ishlarga tuzilmalami jalb etilishi, ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi, tuzilrna boshliqlarining shikastlangan o'choqdagi ishlaming tavsifini oldindan o'rganishi, kommunal-energetik va texnologik jarayonlarga e'tibor berishi, hududda saqlanadigan KTZM o'rni, himoya inshootlarining joyi, tavsifnomasi va boshqa vazifalarga katta e'tibor beriladi. QBTI o'sha obyektning fuqaro rnuhofazasi shtabi tomonidan oldindan rejalashtlriladi va favqulodda holatda qo'l ostidagi kuchlar, rnablag'lar, texnikalar, bajaradigan ish hajmi ani qlashtiriladi. Qutqaruv va birlamchi tiklash ishlarini shikastlangan o'choqda olib borish usullari Ma'lumki, QBTI ni bajarish usullari va qoidalari, o'sha shikastlangan o'choqda harakatlanuvchan tuzilrnalarga halaqit beruvchi omiUar darajasiga qarab tanlanadi. Jurnladan, shikastlangan inshootlarni tavsifiga, komrnunal, energetik va texnologik tarmoqlardagi avariya darajasiga, o'sha joydagi radioaktiv va kimyoviy zararlanish darajasi hamda yong'in miqyosiga qarab usu11ar tanlanadi. Chunki radioaktiv, kimyoviy va biologik shikastlangan o'choqlarda shlkastlanish har xii darajada va rniqyosda bo'lganligidan QBTI usu11ari ham har xiI tartibda qo'llaniladi. Masalan, yadroviy shikastlangan o'choqda qolgan odamlarni qutqarish va boshqa qutqaruv ishlarini bajarish uchun, birinchi navbatda, shikastlangan inshootlar, hirnoya inshootlariga boradigan yo'l, yo'laklami ochish va tozalash ishlari arnalga oshiriladi. Buning uchun bir tornonlarna harakatlanuvchan yo'llar 3-3,5 rn kenglikda, ikki tomonlarna harakatlanuvchan yo'l1ar uchun esa 6-6,5 m kenglikda tozalanadi va ochiladi. Bunday yo'llarda har 150-200 m.ga 15-20 m uzunlikdagi razyezdlar qo'yiladi. Yo'l va yo'laklami tozalashda barcha mexanizmlar (buldozer, kranlar va boshqalar) bilan ish ko'rilib, yong'inga qarshi tuzilmalar harn birgalikda harakatlanib, yonayotgan inshootlarni o'chiradi.Keyin buzilgan binolar, yer ostida qolgan odarnlar va yong'mli uyda qolib ketgan fuqarolarni qutqarish harbiylashgan fuqaro muhofazasi qismlari va tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi, bunda ishga yaroqli fuqarolar ham ishtirok etadilar. Buning uchun darhol razvedka ma'lumotlariga qarab inshootlarda qolgan odamlar bilan turh xiI uslublar orqali aloqa bog'lanadi. Masalan, havo kiradigan teshiklar, devor, eshik, suv va issiqlik ta'minoti quvurlarini tiqqilatish orqali. Yer ostidagi, himoya inshootlaridagi odamlami qutqarishdan oldin unga havo beriladi. Buning uchun havo beruvchi teshiklar tozalanadi yoki devorlardan teshik hosil qilinadi. Boshpanalarim ochish usullari, uning tuzulishiga va shikastlanish darajasiga qarab tanlanadi. Ya'ni inshootning chidamJiligi, yon tomondanmi, qo'shimcha eshik tomoni ochiladimi, devorlari teshilib, yo'lakcha hosil qilinadimi yoki boshqa yo'llari tayyorlanadimL bular o'sha inshootning ahvolidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Keyin shu inshootlardagi odamlar qutqarilib, ularga tibbiy yordam ko'rsatiladi. Xuddi shunga o'xshash ishlar tinchlik davrida ham, tabiiy ofatlar, kuchli yer silkinishi natljasida ham olib boriladl. Masalan, Afg'oniston, Meksika, Armaniston. Hindiston va boshqa yer silkinishlarini yodga olish mumkin. Bu yerlarda yer ostida qoIgan odamlarni qutqarishda Juda katta (16 t) yuk ko'targichlari, projektorlar tunu kun ishladilar. Buzilgan joylarda qolgan odarnlami 2-3 hafta davomida qutqanlgan va yashayotgan fuqarolar borligi aniqlangan. Masalan, 1985 yil Meksikada bo'lgan yer silkinishi oqibatida 13 sutkagacha harobalar ostida qolib ketgan 4,5 ming odam qutqarilgan. Armanistondagi yer silkinishida esa 5 kundan keyin qutqarilganlar soni 5398 kishini tashkil etgan. Bu falokatda Fransiya, Angliya, AQSH, Shveytsariya va boshqa davlatlaming qutqaruv qisrnlari ishtirok etdilar va o'zlarining eng zamonaviy uskunalari hamda boshqa vositalardan foydalanishi, bir qancha odamlarni tirik saqlab qolganlari ma'lum. Yuqorida aytib o'tilgan shikastlangan o'choqlarda faqatgina qutqaruv ishlarini bajarmasdan, birlamchi avariyani tiklov ishlari ham bajariladiki, bunda qutqaruv ishlariga halaqit beruvchi avariyalar hamda yangl falokatlami keltirib chiqaruvchi avariya va talafotlanishlaming oldi olinadi. Chunki bular oqibatida fuqarolar qo'shimcha talafot olishlari mumkin. Buning uchun suv tarmog'i kanalizatsiyasi, gaz, elektrtarmoqlaridagi avariyani tuzatuvchi tuzilmalar ham jalb qilinadi. Albatta, bu ishlarga umummaqsadli tuzilmalar ham jalb etiladi. Yuqoridagi avariyalaming oldini oIishni asosiy yo'Ii bu shikastlangan uchastkalarga suv, gaz, elektr va boshqa sabab bo'lishi mumkin bo'lgan omillami kelishini to'sish hisoblanadi. Bunda turli xildagi to'sish omillaridan foydalaniladi. Mas al an, inshootIaming devorlari turli xildagi tirgovuchlar orqali mustahkarnlanadi, buziladiganlar esa tamoman buzib tashlanadi. Chunki bu ishlarru qilmasdan turib. odamlami qutqarish xavf1i hisoblanadi. Kimyoviy shikastlangan o'choqda qutqaruv ishlarini bajarishda, birinchi navbatda, ogohlantirish belgisi «Kimyoviy trevoga» berilib, darhol o'sha joyga radiatsiya, kimyoviy va tibbiy razvedka bO'limlari yuboriladi. Ular shikastlangan joyni, vaqtni, qo'llanilgan qurol turim (yoki zaharli moddalar - KTZM), zaharlangan hudud o'lchamini va uni tarqalish yo'lini aniqlab beradilar.Mana shularga asoslanib bu obyekt fuqarolar muhofazasi boshlig'l qaror qabul qilib, o'zi qutqaruv orniIIarini hamda kimyoviy zararlanishni to'sish omillarini tashkil etadi. Bunday holatlarda qutqaruv ishlariga birinchi navbatda sanitar drujinalari, umumiy otryad, zararsizlantirish guruhIan va mexanizatsiya tuzilmalari jalb etiladi. Bunda har bu tizimlar aniq vazifa va texnikalar, jihozlar bilan ta'minlanadi. Chlmonchi:
• Sanitar va qutqaruv tuzilmalariga ish joylarini, transport vositalarini, zararlangan odarnlami o'choqdan olib chiqish, birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish va evakuatsiyani tashkil etish vazifalari;
• Radiatsiyaga qarshi (RQ) va kimyoviy himoya (KTQ) hamda umumiy tuzilmalarga qutqaruv ishlarining joyi, KTZM saqlanadigan joylardagi avariyani to'sish va zaharlangan inshootlami, atrof-muhitni degazatsiya qilish ishlari,
• Zararsiziantinsh guruhlariga degazatsiya bajariladigan ish joylari, obyektlari, degazatslya qiluvchi eritmalami tayyorlash va mashinalami to'ldirish, degazatsiya ishlarini olib borish yukiatiladi; Kimyoviy o'choqda qutqaruv ishlarini bajarishi Iozim bo'igan vazifalar olingandan keyin har bir tuzilma boshliqlari o'z qo'l ostidagi fuqarolami yakka tartibdagi himoya vositalari, antidotlar, SHKP-8 bilan ta'minlaydilar. Shundan keyin ular razvedka, sanitar drujina, RQ va KTQ tuzilmalaridan keym ish joylariga borib, vazlfalarini ba,jarishga kirishadilar. Bunda birinchi bo'lib zararlangan odamlarga yordam ko'rsatiladi, ya'ni gazniqob klydiriladi, antidot berilib, tibbiy yordam ko'rsatiladi va ular har xiI zararianish toifalariga bo'linib, so'ngra tibbiyot shoxobchalariga evakuatsiya qilinadi. Zararsizlantiruvchi tuzilmalar, hamma yo'llar, inshootlar, texnikalar degazatsiya qilinadi. Shu tariqa kimyoviy shikastlangan o'choqda qutqaruv ishlari baJariiadi. Biologik shikastlangan o'choqda esa biologik razvedka va bakterial moddalar xih, karantin yoki observatsiya rejimini qo'llanilishl; sanitar-ekspertiza, oziq-ovqat mahsulotlari, suv, yernlaming zaharlanganligini aniqlash va ulami zararsizlantirish; epidemiyaga qarshi, sanitar-gigiyenik, veterinariya ishlari va boshqa ornillar amalga oshiriladi. Bu ishlami olib borishda biologik shikastIangan o'choqda sanitarepidemeologik mask an, veterinariya maskani, epidemiyaga qarshi harakatlanuvchan otryad, shifoxonalar, poliklinika, veterinariya tarmoqlari va boshqa meditsina tarmoqlari jalb etiladi. Ular birinchi navbatda og'ir kasalhk tarqatuvchilardan saqlash uchun profilaktik omillar olib borishadi. Bunda turh xildagl ta'sir etuvchi antibiotiklardan hamda SHD-2 dan, gazniqoblardan foydalaniladi. Hududda kasallik tarqatuvchining aniq turi topilgandan keyin, unga qarshi maxsus dorilardan foydalaniladi. Shundan key in shikasdanganlaming kasallanish holatiga qarab har xiI darajada tuzatish muolajalari olib boriladi. Ular darhol kasalxonaga yotqiziladi va juda og'irlari ma'ium joyga, maxsus guruhlar yordamida evakuatsiya qilinih o'sha yerda davolanadilar. Biologik o'choqning tugatilishi u yerdagi oxirgi odarnni tuzalib ketish vaqti bilan aniqlanadi. Biologik o'choqda harakatlanuvchan qismlar, u yerdagi yuqumli kasallik bilan kasallanmasliklari uchun hamma omillami olib borish kerak, ya'm kasallar bIlan muloqatda bo'lmaslik, inshoodar, xonalar, atrof-muhit zararsizlantirib turilishi, kiyim-kechaklami dezinfeksiya qilib turish va o'zini sanitar - qayta ishlovdan o'tkazib turish talab etiladi. Mana shularga rioya qilib, harakatlanuvchi tuzIlmalar hech qanday yo'qotishsiz, o'z vazifalarini bajarib boradilar. Murakkablashgan shikastlanish o'chog'ida QBTI ni olib borish, alohida-alohida o'choqlarda olib borilgan ishlarga nisbatan bir necha o'n barobar og'ir hisoblanadi. Chunki bu holatda vaziyat juda murakkab bo'lib, o'choqdagi shikastlantiruvchi omillar turini anlqlash juda og'ir hisoblanadi Bulardan tashqari, bun day o'choqda biror omilga qarshi olib boriladigan tadbirlar ikkinchi omilga tamoman teskari bo'lishi mumkin. Masalan, xavfli epidemiya bilan kasallangan odamlaml davolashda foydalaniladigan karantin omili kuchli binar-xususiyatli kimyoviy qurollar ishlatilganda qo'llaniladigan evakuatsiya va boshqa vositalar. Murakkablashgan o'choqda biror uslubiy ko'rsatma asosida emas, QBTI ni sharoitini aniq o'rganish orqali, o'sha yerdagi vaziyatdan kelib chiqqan holatda olib boriladi. 10.3 Ishlab chiqarish tannoqlaridagi avariyalarda qutqaruv va tiklash ishlari Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar tasodifan sodir bo'lib, uning ko'lami tez kengayadi harnda insonlaming hayot faoliyatiga katta xavf soladi. Ishlab chiqarishdagi avariyalaming sodir bo'lishi, ko'proq ishlab chiqarish jarayonining xususiyatiga bog'liq bo'lib, ko'pchilik hollarda bunday falokadar ikkilarnchi salbiy ta'sirlami yuzaga keltirib, atrof-muhitga katta zarar keltiradi. Masalan, bunday holatlar neftni qayta ishlash, kimyo, yoqilg'ilami qayta ishlash, konchilik sanoat tannoqlari, biotexnologik jarayonlar kechadigan hamda KTZM lami tashish jarayonidagi xatohklar natijasida ko'proq yuzaga keladi. Bunday falokatlar yuz bergan obyektdagi fuqarolarni va obyekt atrofida yashaydigan aholini o'z vaqtida xabardor qilish hamda ulami muhofazasini tashkil etish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifalarga jarohat olgan aholiga tez tibbiy yordam ko'rsatish va ulami davolash shoxobchalariga joylashtirish ishlari ham kiradi. Obyektning avariyaga uchragan joylari razvedka qilinib, yong'in chiqqan hududlarda yong'inni o'chirish va ulaming ko'larnini cheklash hamda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa noxush vaziyatlami oldini olish ishlari olib boriladi. Avariyaga uchragan obyektlardagi shikastlangan bino, konstruksiyalardan, gazga, tutunga to'lgan inshootlardan ehtiyot bo'lish kerak. Chunki, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik inson uchun salbiy holatlarga olib keladi. Shuning uchun har qanday muhofaza vazifalarini oldin qulab tushish ehtimoli bor bo'lgan bino qismlarini mustahkamlab yoki buzub tashlab, undan keyin harakat qilish kerak. Ba'zi bir falokatlar sodir bo'lganda yoqilg'i yoki xavfll suyuqliklar sig'imidan oqib ketishi va tarqalishi oqibatida kuchli yong'inlar, portlash hodisalarining kelib chiqishiga va o'z navbatida atrof-muhitnl zaharlanishiga olib keladi. Shu sababdan avariya oqibatlarim bartaraf etish ishlarim olib borishda bun day salbIY holatlarga asosiy e'tibomi qaratish lozim. Shuning uchun avariyaga uchragan obyektlarda ish ohb borilayotganda obyekt atrofi to'siqlar bilan o'raladi hamda qo'riqchilar yoki kuzatuvchilar bilan ta'rninlanadi. 10.4 Zararlangan ob 'ektlarni maxsus ishlovdan o'tkazisb Dushman tomonidan qo'llanilgan qirg'in qurollari oqibatida ins onlar, atrof-muhit, suv, oziq-ovqatlar, texnika, transport vositalari va inshootlar radioaktiv zarrachalar, zaharli moddalar va bakterial moddalar bilan zararlanishi murnkin. Shu sababdan fuqarolami mana shu zararlanishdan saqlashda maxsus ishlov berish ornillari Maxsus ishlov berish omili - umumiy qirg'in qurollari talafotlarini yo'qotish jarayonining asosiy qisrnini tashkil etib, u qutqaruv va tiklash ishlarini olib borishda kompleks vazifalami o'z ichiga oladi. Maxsus ishlov berish omili - to'liq hamda qisman ishlov berish xillariga bo'linadi. To'liq ishlov berish ornili deyilganda qo'yilgan vazifalarni bajarishda hech qanday hlmoya vositalarisiz amalga oshirish, ya'ni - xavfsiz sharoit yaratish tushuniladi. Qisman ishlov berish ornillarida esa qo'yilgan v azifal ami faqat terini himoyalovchi vositalarsiz amalga oshirish sharoiti tushuniladi. Maxsus ishlov berish omili - atrofmuhitni zararsizlantirish hamda fuqarolami sanitar qayta ishlov berishdan tashkil topgan. Texnika va transport vositalarini zararsizlantirish avtoservis va boshqa ta'rnirlovchi korxonalarda amalga oshiriladi. Fuqarolarni sanitar ishlovdan o"tkazish esa harnmom, dushxona va boshqa maxsus yuvinish joylarida amalga oshiriladi. Zararsizlantirish orniliga dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiyajarayonlari kiradi. Dezaktivatsiya deyilganda, zararlangan vositalardan (kiyim-kechak, himoya vositalari, suv, texnika, transport vositalari) hamda inshootlardagi radioaktiv moddalarni aktivligini yo'qotish tushuniladi. Dezaktivatsiyaning to'liq hamda qisman xiii mavjud bO'lib, u asosan mexanik va fizik-kimyoviy usul bilan olib boriladi. Mexanik usulda - radioaktiv moddalar bilan zararlangan sirt yuzalarini artish orqali yo'qotiladi Fizik-kimyoviy usulda esa radioaktiv moddalar turli xildagi kimyoviy modda eritmalari bilan yuvish amalga oshiriladi. Dezaktivatsiyada asosan suv ishlatilib, radioaktiv moddalarning yuviluvchanligini oshirishda, sirt-aktiv hamda kompleks hosil qiluvchi moddalar, kislotalar va ishqorlar ishlatiladi. Bular: SF-2. OP-7, OP-IO, Na3P04 trilon B, shaveL limon kislotalari va uning tuzlaridir. Degazatsiya omili - zaharlovclu moddalarni parchalab, zararsiz moddalar hosil qilish harnda ularning miqdorini kamaytirish hisoblanadi. Degazatsiya omili maxsus texnikalar yordamida amalga oshiriladi. Degazatsiya qiluvehi moddalarga kimyoviy moddalar kirib, ular oksidlovchi xlorli birikmalar (gipoxloridlar, xloramin) va ishqoriy birikmalar (NaON, soda, ammiak, ammiakli tuzlar) kiradi. Bu birikmalarning hammasi eritma holida ishlatiladi. Erituvehi sifatida: suv, dixloretan, trixloretan, benzin ishlatiladi. Degazatsiya qiluvehi eritma .M!l, 5 foizli geksaxlormelamin yoki 10 foizli dixloramin eritmasi iprit va boshqa kimyovly qurollarni zararsizlantirishda ishlatiladi. Degazatsiya qiluvehi eritma N!!2, 2 foiz NaOH, 5 foizli monoetanolamin va 20 foiz ammiakli suv eritmasidan tashkil topib, zoman tipidagi zaharlovchilarni zararsizlantiradi. Terini kasallantiruvehi va asabni falajlovehi zaharli moddalami zararsizlantirishda xlorIi ohak eritmasi ishlatiladi. Kimyoviy qurollar bilan zararlangan atrof-muhit kimyoviy yoki mexanik usulda degazatsiya qilinadl. Kimyoviy usul bo"yieha yuqorida aytilganidek, degazatsiyalovehi modda eritmalari bilan qayta ishlanadi. 212 Mexanik usulda esa zararlanganjoylaming ustki qismlari (7-8 sm qalinlikda) olib tashlanadi y oki 0" shu joyning ustini qalin somon, taxtalar bilan berkitilib, himoya qilinadi. Dezaktivlzatsiya va degazatsiya omillarining tozaligi dozimetrik va kimyoviy asboblar bilan tekshiriladi. Dezinfeksiya omili - biologik shikastlanish o'chog'ida olib boriladlgan zararsizlantirish tadbirlari hisoblanib, Wli olib borish usullari va qoidalari ikkinchi bobda batafsil keltirilgan. Dezinfeksiya ornillarining tozallgi bakteriologik usul orqali nazorat qilinadi. Sanitar qayta ishlash. Bu omil maxsus qayta ishlov berish usulining asosini tashkil etib, u fuqarolarni radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakterial tumanlar bilan zararlanishnmg oldini olishda qo"llaniladigan har tomonlamali omillaridan tashkil topgan.Sanitar qayta ishlash, qisman va to"liq turlarga bo'linadi. Qisman sanitar qayta ishlash - barcha kiyim-kechak, yakka tartibdagi himoya vositalari, ochiq qolgan terilarni mexanik usulda tozalash hisoblanadi. To'liq sanitar qayta ishlash - tana a'zolarini zararsizlantiruvchi usullarni qo'llash (yuvish, Dezinfeksiya qilish) tushuniladi. Bu barcha tana a' zolarini, kiyim-kechak, himoya vosltalar va boshqalarni zararsizlantirish maqsadida qo'llaniladi. Bu usul bo'yicha shikastlangan hududdan chiqqan fuqarolar, ishchl-xizmatchilar, tuzilmalar jalb qilinadi. To'liq sanitar qayta ishlash ornili maxsus qurilgan yuvinish shoxobchalarida amalga oshiriladi. BWlda fuqarolar bir tomondan kirib, kiyim-kechak, himoya vositalanni yechib, yuvinib, og'iz, ko'z ichlarini zararsizlantirib. ikkinchi tomondan dozimetrik, kimyoviy tekshiruvdan o'tib, so'ngra toza kiyim-kechak kiyishadi hamda ikkincha dozimetrik ko'rikdan o'tiladi. Zararlangan kiyimlar, himoya vositalari, maxsus usullar yordamida zararsizlantiriladi Shikastlangan hududdan chiqishda yuqorida aytilgan muolajalar yuqori saviyada o'tkazilsa zararlanish miqyosi shWlcha kichik va talafotlarga uchrashning oldi olingan bo'ladi. Ish joylarni, uylarni, zararsizlantirish Ommaviy qirg'in qurollarining shikastIantiruvchi zarrachalarini zararsizlantirish omillari, yakka tartibdt.gi himoya vositalarini kiygan holda va jarayonni olib borish qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda olib borilishi shart Radioaktiv zararchalar bilan zararlangan uylar va jihozlarni zararsizlantirishdan oldin quruq holda tozalanib, keyin ho'l lattalar bilan 213 artiladi. Binolarning tashqi taraflarini dezaktivatsiya qilishda suv bosimi bilan yuviladi. Uylaming ichida germetik idishlarda saqlangan oziqovqatlami dezaktivtsiya qilishda faqat idish usti suv bilan yuvib tozalanadi. Qog'oz va boshqa narsalarda saqlanadigan mahsulotlar tozalanganda, oldin idish latta bilan artiladi, suv bilan yuvib, keyin quritiladl. Ustidagi qog'oz qurigandan keyin ichidagi mahsulot toza idishga solinadi va dozimetrik ko'rikdan o'tkaziladi. Germetik bo'lmagan idishlarda saqlangan mahsulotlar (go'sht, pishloq, margarin, sruyog')ni dezaktivatsiya qilishda o'sha mahsulotlaming sirtqi qavatini (3 mm gacha) kesib tashlanadi. Ho'l mevalami tozalashda esa ko'p marta suv bilan yuvish orqali tozalab, so'ngra qaynatiladi. Suyuq mahsulotlami (yog' va shunga o'xshaganlami) cho'ktirish orqali tozalanadi. Sutlar qatiq mahsulotlariga o'tkaziladi. Poliz ekinlarini (lavlagi, sabzi, kartoshka, piyoz, karam) dezaktIvatsiya qihshda ko'p miqdordagi suv bilan yuviladi. Karam va piyozning sirtqi qavati olib tashlangandan keyin dezaktivatsiya qilinishi kerak. Un, shakar, yorma va boshqa sochiluvchan mahsulotlar ko'p qavatli qog'ozli qoplarda saqlangan bo'lsa, ulaming tashqi qavatIari olib tashlanadi va qop ichidagi mahsulotlar tekshiruvdan o'tkaziladi. Suvni dezaktivatsiya qilishda quydagi uslublar qo'llaniladi: 1. Ion almashtiruvchi smolalar (anionit va kationit) orqali tozalash; 2. Koagulatsiyajarayonini qo'llash orqali tozalash: 3. Tindirish va matoh ko'mir filtrlardan o'tkazish orqall tozalash. Quduqdagi suvlami tozalashda, ichidagi suv bir necha marta olib tashlanadi hamda quduq atrofidagl tuproqlar (5-10 sm. qalinlikda) olib tashlanadi. Dezaktivatsiya qilingan hamma oziq-ovqat mahsulotlari va suv dozimetrik ko'rikdan o'tkazilishi shart. Agar ba'zi mahsulotlami dezaktivatsiya qilib bo'lmasa, ulami bir joyga yig'ib, tabiiy zararsizlantirishga qo'yiladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga suyuq tomchi holidagi zaharlovchi moddalar tushgan bo'lsa, bunday oziq-ovqatlar degazatsiya qilinmasdan yoqotiladi. Ko'p qavatli yoki bir qavatli matoli qoplarga solingan mahsulotlar (sochiluvchan mahsulotlar) suyuq tomchi holidagi zaharlovchl moddalardan zararlangan bo'lsa, bunday mahsulotlar degazatsiya qilinadi. Buning uchun qopning tashqi qavatlari olib tashlanadi yoki zararlangan qoplarga tegib turgan mahsulotlar ehtiyotlik bilan olib tashlanadi. Fosfororganik moddalardan zaharlangan go'sht so'ndirilgan ohak bo'tqasidan, ipritdan zararlangan bo'lsa, xlorli ohak bo'tqasidan foydalaniladi. Bunda go'sht yuzasiga shu degazatsiya qiluvchi bo'tqalar surilib chiqiladi va 30 daqiqadan keyin suv bilan yuviladi. Go'shtni 3-4 soat mobaynida toza suvda qaynatiladi, so'ngra suvi to'kib tashlanadi va yangi suv quyib yana qaynatiladi. Ana shun dan keyingina iste'molga tavsiya etlsh mumkin. Zaharlovchi moddalardan zaharlangan baliqlarni degazatsiya qilish uchun uning tangachalari olib tashlanadi va suvda 1,5- 2 soat mobaynida qaynatiladi. Qaynatllgan suv to'kib tashlanadi va yangl suvda yana bir marta qaynatib, iste'mol qilish uchun beriladi. Qattiq yog'lar zaharlangan bo'lsa, ularning tashqi qavati 0,7-0,8 sm qalinlikda kesib tashlanadl va to'rt hajm suv bilan 4 soat mobaynida qaynatiladi.Zararlangan sabzavotlar ochiq havoda shamollatiladi, so'ngra ko'p rniqdordagi suv bilan yuviladi va 0,2-0,3 mm qalinlikdagi qavati olib tashlanadi. Makaron mahsulotlari va yormalar uzoq vaqt ochiq havoga yoyib qo'yiladi va ko'p miqdordagi suvda pishiriladi. So'ngra suvi to'kib tashlanadi va yana suv solib qaynatiladi. Zaharlovchi moddalardan zararlangan shakar ochiq havoda shamollatiladL so'ngra 3 hajm suvga solinib, 2 soat mobaynida qaynatiladi, hosil bo'lgan sharbatni shirin choy yoki shirin ovqatlar tayyorlash uchun ishlatish mumkin. Germetik idishlarga solingan oziq-ovqat mahsulotlariga solingan zaharlovchi moddalar tushgan vaqtda ushbu idishlar degazatsiya qiluvchi eritmalarga ho'llangan latta bilan 3 marta artiladi, so'ngra toza suv bilan yuvib tashlanadi va quritiladi. Suvni qanday zaharlovchi moddadani zaharlanganligini bilgan holda uni turli usullar bilan: qaynatish, sorbsiya yoki kimyoviy sorbsiya usullari bilan degazatsiya qilish mumkin: A) Fozgen, sian kislotasi tushgan suvlarm qaynatish usuli bilan tozalaniladi. Bunda, suv 1-2 soat mobaynida qaynatiladi. B) Zararlangan suvm aktivlangan ko'mir, pista ko'mir, torfva boshqa sorbentlar orqali o'tkazilganda, undagi zaharlovchi moddalar filtrda shimilib qoladi va shu orqali suv tozalaniladi. V) Kimyoviy sorbsiya usuli bilan suvni tozalashda suvga turli xlldagi kimyoviy degazatsiya qiluvchi eritmalar qo'shiladi, so'ngra aktivlangan ko'mir orqali filtrlanadi. Bunda suvdagi degazatsiya qiluvchi eritmalar va zaharli moddalar aktivlangan ko'rnir tarkibida shirnilib qoladi va natijada suv tozalaniladi. Dezaktivatsiya va degazatsiya qilingan suvni foydalanishga benshdan oidin tibbiyot xizmati, kimyo xizmati bilan birgalikda suv sifati nazorat qilinadi. Suv narnunasini tekshirish natijasida ushbu suvdan foydalanish yoki foydalanmaslik to'g'risida xulosa chiqariladi. Agar yuqorida aytilgan mahsulotiar zaharli moddalar bilan yoki biologik vositalar bilan zararlangan bo'lsa, u holda degazatsiya va dezinfeksiya qiluvchi moddalar (xlorli ohak, xloramin, formalin va boshqa moddaIar) ishlatiladi. Zararlangan joylarni zararsizlantirish ishlari tarnom bo'lgandan so'ng har bir fuqaro to'liq sanitar qayta ishlovdan o'tishi kerak. Bu muolaja hammomlarda., dushxonalarda yoki maxsus yuvinishjoylarida arnalga oshirilish kerak. Bu joylarda zararlangan kiyim-kechaklar, himoya vositalari, bir joyga echilib, keyin yuviniladigan xonaga kiriladi va sovun, mochalka bilan hamma teri ustilari zarasizlantiriladi. Yuvinib bo'lgandan so'ng dozimetrik ko'rikdan o'tiladi va yangi zararsizlantirilgan kiyim-kechak kiyiladi hamda lkkinchi dozimetrik ko'rikdan o'tiladi. Mana shunday muolajalardan o'tgan fuqaro, zararli ta'sirlar talafotlariga uchramaydi va uni oldim olgan bo'ladi. Tabiiy of at, avariya va fojealarda talafot ko'rganlarga tibbiy yordamni tashkil etish Ma'lumki, sobiq Ittifoq davrida favqulodda vaziyatlar yuz berganda jabrlanganlarga tibblY xizmat ko'rsatish tizimi o'zining samarasizligini ko'rsatdi. Buning asosiy sababi, bir tomondan tez tibbiy yordam ko'rsatish bilan tibbiy ta'minot (sog'liqni saqlash muasasalarining kuch va vositalari) imkoniyatlari o'rtasidagi nomutanosiblikmng barcha sog'liqni saqlash tizimlarida yuzaga kelishi bo'lsa, ikkinchi tomondan esa, tinchlik davrida bo'ladigan tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatiar oqibatida talafot olganlarga tibbiy yordam ko'rsatish yetarli tashkil etilrnaganligidandir. Mana shu karnchiliklar natijasida sanitariya talafoti ommaviy tusga kirib, katta miqyosidagl ham moddiy, ham ma'naviy zararlami keltirib chiqargan hamda atrof-muhitni izdan chiqishiga olib kelgan. Bunday kamchiliklami tugatish maqsadida mamlakatimizda Prezidentirnizning 1998-yil 10-noyabrdagi Farmoniga muvofiq 1999- 2005 yillarda sog'Jiqni saqlash tizirnini isloh qilishga mo'ljallangan dastur qabul qilinib, unda «Halokatlar tibbiyoti» xizmatini tashkil etish ko'zda tutilgan. Dasturda tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga katta e'tibor berilgan. Shularga asoslangan holda., Toshkent shahrida 216 Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilrniy Markazi (SHTYODIM) tashkil etildi. 0' z navbatida respublikaning barcha viloyatlarida ham SHTYODIMning filialliari tashkil etilib, ular SHTYODIM tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Bu markazda asosan reanimatsiya-jarrohlik va reanimatsiya-intensiv davolash muolajalarini bajaradi. SHTYODIM va uning mintaqaviy filiallari tarkibiga tez tibbiy yordam va sanitar aviyatsiyasi xizmatlari kiradi. SHTYODIM huzuridagi tez yordam xizmatida 2 ta bo'linma: 1 - tez yordam xizmati (doimiy brigadalar) va 2- maxsus yordam xizmati (reanimatsiya brigadalari) faoliyat ko'rsatadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy vazifasi shikastlangan o'choqlarda avariya-qutqarish ishlarini ohb borish hamda tibbiy-sanitariya ta'rninoti samaradorligini oshirish hisoblanadi. Ya'ni uning bosh maqsadi - shikastlanganlarni iloji boricha ko'p qutqarishdir. Halokatlar tibbiy xizmati, amaldagi tibbiy xizmatning kuch va vositalaridan samarali foydalanadi, u uch tarkibiy qismdan tashkil topadi. Birinchi qismga - boshqaruv tizimi, bu tizim respublika darajasida faoliyat ko'rsatib, u sog'liqni saqlash vaziri boshchiligida turli vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan idoralararo muvofiqlashtiruvchi hay' atdan iborat. Mahalliy dara,jadagi bunday hay'atlarga, sog'liqni saqlash boshqarmalari va mahalliy bO'limlaming rahbarlari boshchilik qiladi. Boshqaruv tizimlari favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtdan ish boshlab to uning oqibatlari to'liq bartaraf etilguncha faoliyat ko'rsatadilar. Halokatlar tibbiy xizmatining ikkinchi tarkibiy qisrnini - amaldagi tez tIbbiy yordam tizimi tashkil etadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy bo'g'inini kechik1irib bO'lmaydigan ixtisoslashgan tibbiy yordam xizmati (l-bosqich), hamda SHfYODIM, va uning mintaqaviy filiallari va tuman markaziy kasalxonalari (2-bosqich) tashkil etadi. Bunda SHTYODIM - saralash - evakuatslya gospitallari tarzida, tuman markaziy kasalxonalari esa - ixtisoslashgan kasalxonalar sifatida faoliyat ko'rsatadi. Halokatlar tibbiy xizmatining uchinchi tarkibiy qismini - ixtisoslashgan xizmatlar tashkil etib, u doimo tayyor turadigan maxsus tuzilmalami o'z ichiga oladi. Bunday tuzilmalarga: ikkinchi bosqichni kuchaytirishga mo'ijallangan ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari; I-bosqichni kuchaytirishga mo'ljallangan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari kiradi. Bu tuzilmalar asosan o'rtacha halokatlar sodir bo'lganda faoliyat ko'rsatadi. Katta halokatlar yuz berganda zaxirada qolgan, ixtisoslashgan ko'chma gospitallar ishga solinadi. 217 Halokatlar tlbbiy xlzmatinmg asosiy yo'nalishlaridan biri aholiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda xattiharakat qoidalarini o'rgatishdan iborat. «Halokatlar tibbiyoti» xizmatining tashkil etilishi va uning vazifalari Halokatlar tibbiyoti xizmatini tashkil etishda quydagi ta'moillarga asoslanadi: 1. Halokatlar tibblYOtl xizmati falokat o'choqlarida shlkastlanganlami maksimal darajada qutqarish; 2. Halokatlar tibbiyoti xizmatlga samarali rahbarlik qllish (zamonaviy aloqa va boshqa vositalami qo'llash); 3. Bosqichma-bosqich tibbiy yordamni ko'rsatishda saralashni tashkil etish; 4. Shikastlangan aholini tibbiy evakuatsiyasini amalga oshirish; 5. Tez tibbiy yordam xizmati kuchlarini yaratadlgan davolash-muhofasa muassasalarini kerakli ta'minot bilan ta'minlash (tibbiy ashyolar, texnika-uskunalar va boshqalar); Halokatlar tibbiyoti xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tez tibbiy yordam xizmatini ko'rsatish, bu xizmatning kuch va vositalarini shakllantirish:
• Tez tibbiy yordam xizmati kuchlari va vosltalarini tayyorgarligini oshirish,
• Halokatlami oldmi oladigan tibbiy tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish:
• Favqulodda vaziyatlarda buinchi tibbiy yordam, birinchi tez shifokor yordarni, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'rsatish usullarini qo'llash. Falokat va halokatlarda tibbiy yordam ko'rsatishni tashkil etishda halokatning miqyosi va sanitariya talafotining hajmiga qarab belgilanadi. Albatta tabbiiy ofat yoki katta ishlab chiqarish avariyalardan sanitariya talafoti katta miqyosida bo'lganda, buning oqibatlarini tugatishda maxsus yondashuvlar talab etiladi. lumladan, bunday holatlarda jabrlanganlarga iloji boricha talafot o'chog'ining o'zida yoki unga yaqm bo'lganjoyda tibbiy yordarn ko'rsatilishi lozim bo'ladi. Katta miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordamni tashkil etishda quyidagi ishlar bajariladi:
• Shikastlangan o'choqlarni tibbiy razvedka qilish;
• Jabrlanganlami qidlrib topish va ularni qutqarish;
• JabrlanganJami saralash;
• JabrlanganJami evakuatsiya qilish;
• Tibbiy yordam berish va davolash. Shikastlangan o'choqlarni razvedka qilishda - aholini soni, tibbiy xizmat kuchlari va vosltalarining soni, talafot darajasi, yo"Har va suv manbalarining rnavjudlIgi, harnda ulaming ahvoh haqldagl rna'lumotlar olinadi. Jabrlanganlarni qisqa vaqt rnobaynida (bir necha soatdan - bir sutkagacha) qidirib topish va qutqarish talab etiladi hamda iloji boricha u1arning hayotini saqlab qolish ornillari bajariladi. Bu orniHaming bajarilishida qutqaruv tizimlaridan tashqari, o't o'chiruvchilar, jamoat tartibini saqlovchi, harbiy qisrnlarning xodirnlari hamda ko'ngilli fuqarolar bajaradilar. Jabrlanganlarni saralash tibbiy xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Saralash - tibbiy yordarnning hajrnini, turini, hamda yordam ko'rsatishning keyingi bosqichlarini hisobga olib, jabrlanganlarni transportlarda tashlSh irnkoniyatlari va navbatini aniqlaydi. Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish - talafot ko"ranlarning shikastlangan o"choqlardan olib chiqish, ularga tibbiy yordam ko'rsatish, hamda davolash uchlm tibbiyot rnuassasalariga olib borish tadbirlaridan iborat. Bunda tibbiy hisobga olish varaqasi to"ldiriladi va yaradorlarni transport vositalari (temir yo'l, avtornobil, suv va havo yo'li) yordamida evakuatslya qilinadi Davolash rnuassasalariga keltirilgan saralangan jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordamlar ko'rsatiladi. Shunday qilib shikastlangan o'choqda qolganjabrIangan aholi tibbiy yordarnning hamrna .turIari bilan: birinchi tibbiy yordam, birinchi shifokor yordami, rnalakali va ixtisoslashgan tibbiy yordarm birin-ketin ko'rsatiladi. Birinchi tibbiy yordam. Shlkastlangan o'choqlarda talafot oIgan fuqarolarga shu joyning o'zida hayotiy ko'rsatkichlarga rnuvofiq ko'rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tushuniladi. O'z vaqtida va to'g'ri kO'rsatiIgan birinchi tibbiy yordam shikastlangan odarnning hayotini saqlab qoladi va salbiy oqibatlar rivojini oIdi olinadi.19-rasrnda ayrim turdagi favqulodda hodisa sodir bo'lganda ko'rsatiladigan birinchi tibbiy yordam usullari keltiriIgan. 219 Albatta, bu yerda favqulodda vaZlyatning shikastlovchi omillami to'xtatish (suvdan olib chiqish, yonayotgan kiyimlarni o'chirish, yonayotgan, gazga to'lgan uylardan ohb chiqish va boshqalar) choral ami ko'rgan holda xatti-harakat qilish kerak. Talafot olgan kishini tlbbiy ko'rikdan o'tkaLishda shifokor quyidagi tarti bdagi tekshiruv lami o'tkazadi:
• Og'i.l bo'shlig'i va yuqori nafas yo'llarini tekshlrish (og'i.lni begona narsalardan tozalash);
• Nafas olish harakatlarini tekshirish (o'pkaga sun'iy nafas berish va yurakni bevosita uqalash);
• Qon tomirlari butunhgini aniqlash (qon tomirlaridan oqayotgart qonni to'xtatish, ayniqsa, arterial tomirlardan);
• Yurak-qon tornir tizimini tekshirish (tomir urishini);
• Sezgi a' zolarini tekshirish,
• Shikastlangan kishining nutqini tekshirish. Birinchi tibbiy yordam berishning eng qisqa vaqti - shikastlangan vaqtdan boshlab 30 minutgacha, nafas olishi to'xtagan bo'lsa 5-7 minutgacha amalga oshirilishi lozim. Zaharlangan hududlarda 30 minut ichida birinchi tibbiy yordam ko'rsatilsa, ulaming umumiy ahvolining og'irlashuvi ikki barobarga kamayadi. Demak, jarohat olganlarga tibbiy yordam ko'rsatish vaqti nihoyatda muhim hisoblanadi. Ma'lumotlar kO'rsatishicha, jarahotlanganlarga bir soat mobaynida yordam kO'rsatilmasa o'hmga sabab bo'lish 30 foizga, 3 soatgacha yordam ko'rsatilmasa 60 foiz va 6 soatgacha yordam ko'rsatilmasa 90 foizgacha ortadi. Birinchl tibbiy yordamni jarohat olgan kishining o'zi yoki uning yonida bo'lganlar (aholi, san druJinachilar yoki fuqaro muhofazasi hodimlari) ko'rsatadi. Birinchi shifokor yordami - jarohatning jabrlanganlar hayotiga bevosita xavf soluvchi oqibatlarini bartaraf qilish, jarohat infeksiyasini yanada rivoj topishining oldini olish maqsadida shifokorlar ba,jaradigan davolash - muhofaza omillaridan iborat. Bunday yordanmi umum shifokorlik tayyorgarligi bo'lgan va ixtisoslik jaroh shifokorlari ko'rsatadi. Birinchi shifokor yordamini ko'rsatish vaqti jarohat olgan vaqtdan boshlab 3-6 soat hisoblanadi. Tibbiy yordamning bu turini harnma ixtisoslikdagi shifokorlar bilishlari kerak..

Download 353.82 Kb.
  1   2




Download 353.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



• obyektlar tomon tizimlaming harakatlanlsh yo'llarini razvedka qilish

Download 353.82 Kb.