• 8.7-rasm.Ko’chkili
  • -§. Ko’chkli-uchma diodlarda fotoeffekt




    Download 1.67 Mb.
    bet3/11
    Sana12.10.2022
    Hajmi1.67 Mb.
    #27062
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    8-bob
    grammar worksheets, ELEKTR, 1-10 uzb, 1204406, Abdullayev Tezis 3, 4-Tema, HISOBOTI MAGISTR, 10 Informatika JavoblarUZB 10, 7-mavzu. Ekonometrik modellarni baholash, nazariy-o-qitishning-zamonaviy-usullarining-mazmuni-va-tuzilmasi, Kurs ishi yuzi, TARMOQDA MA’LUMOTLARNI XAVFSIZLIGI Raxmatilloyev Xurshidbek, Tayor Tarmoqlar – maqsad va vazifalar, 49-51
    8.4-§. Ko’chkli-uchma diodlarda fotoeffekt
    Biz qarab chiqqan oddiy o’tish va strukturalardagi fotoeffektda energiyali fotonlarning yutilishi elektron-kovak juftlarini vujudga keltiradi, bunda bir yutilgan foton bir elektron-kovak juftini hosil qiladi. Paydo bo’lgan nomuvozanat holatdagi zaryad tashuvchilar yo rekombinatsiyalanadi, yoki o’tishdan o’tib fototok hosil qiladi.
    Yetarlicha qalin o’tishli diodlarga katta teskari kuchlanish berilganda yorug’lik hosil qilgan zaryad tashuvchilar o’tish sohasiga o’tib, uning kuchli elektr maydonida tezlantiriladi. Agar ular yetarli energiya olguncha tezlantirilsa, valent zonadagi elektronlarni zarb bilan o’tkazuvchanlik zonasiga o’tkazadilar,binobarin, o’z yo’llarida ikkilamchi juftlarni hosil qiladilar.

    8.7-rasm.Ko’chkili-uchma fotodiod tuzilishi , kirishmalar konsentratsiyasining bog’lanishi , elektr maydon taqsimoti , o’tish sohasida zarbdan ionlanish jarayonining rivojlanishi .
    Hosil bo’lgan elektronlar va kovaklar yana yangi juftlarni paydo qilishlari mumkin va h.k. Bu jarayon zaryad tashuvchilarning ko’chkisimon ko’payib borishiga olib kelishi mumkin. (8.7-rasm), bu esa tashqi zanjirda tokning keskin ortib ketishiga sabab bo’ladi. Bunday rejimda ishlaydigan diodni ko’chkili-uchma fotodiod deyiladi. Ko’chkisimon ko’payish tufayli ko’chkili-uchma fotodiod oddiy diodlarga nisbatan katta sezgirlikka egadir.
    Ko’chkisimon jarayonning rivojlanishi uchun quyidagi ikki sha’rt bajarilishi zarur:
    1. o’tish sohasining qalinligi asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarning erkin yugurish yo’lidan ancha katta bo’lishi kerak.
    2. Asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchi o’tish maydonida tezlanib jamg’argan energiyasi valent zonadagi elektronni o’tkazuvchanlik zonasiga o’tkazishga yetarli bo’lishi, yani zarbdan ionlanish bo’sag’asi energiyasi dan katta bo’lishi kerak.
    Zarbdan yo’nalish hodisasi III bobda batafsil qarab chiqilgan edi. Bu yerda shuni takidlaymizki, o’tish qalinligi nyarimo’tkizgichning solishtirma qarshiligiga bog’lik, ko’chkisimon teshilish (lavinniy proboy) kuchlanishi bilan uning orasidagi tajribada aniqlangan bog’lanish quyidagichadir:
    (8.43)
    o’tishdagi kuchlanishni odatdagidek bilan belgilasak, fototokning ko’payish koeffitsenti M ni Miller formulasi
    (8.44)
    tarizida ifodalash mumkin, bunda bir qator omillarga bog’liq ko’rsatgich, kuchi paydo qilishdan pastroq kuchlanishdagi fototok, ko’payish sharoyitidagi fototok.
    8.7, rasmda tuzilishli ko’chkili fotodiod tasvirlangan. Yorug’lik kontakt tarafdan tushiriladi. 300 mkm diametrli ko’chkili fotodiod planlar texnologiya bo’yicha yoki epitaksil struktura asosida tayyorlangan. -sohaning qalinligi 20 mkm, solishtirma qarshiligi , sohani hosil qilishda bor ionlarini kiritish yoki epitaksial o’stirish usuli qo’llanilgan. Yupqa o’tishni fosforni diffuziyalab kiritish usuli bilan hosil qilingan.
    Fotodiodga berilgan kuchlanish o’tishga va ketma-ket ulangan qarshilikka tushadi:
    (8.45)
    (8.44) va (8.45) ifodalardan foydalanib, fotodiod BAX ini
    (8.46)
    ko’rinishda ifodalaymiz.


    Download 1.67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Ko’chkli-uchma diodlarda fotoeffekt

    Download 1.67 Mb.