Geteroo’tishlarda potensial to’siqning yuzaga kelishi




Download 1.67 Mb.
bet7/11
Sana12.10.2022
Hajmi1.67 Mb.
#27062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-bob
grammar worksheets, ELEKTR, 1-10 uzb, 1204406, Abdullayev Tezis 3, 4-Tema, HISOBOTI MAGISTR, 10 Informatika JavoblarUZB 10, 7-mavzu. Ekonometrik modellarni baholash, nazariy-o-qitishning-zamonaviy-usullarining-mazmuni-va-tuzilmasi, Kurs ishi yuzi, TARMOQDA MA’LUMOTLARNI XAVFSIZLIGI Raxmatilloyev Xurshidbek, Tayor Tarmoqlar – maqsad va vazifalar, 49-51
8.7.1. Geteroo’tishlarda potensial to’siqning yuzaga kelishi
Taqiqlangan zonalari kengligi har hil bo’lgan, zonalar tuzilishi, zaryad tashuvchilarning effektiv massalari, harakatchanligi bilan farqlangan ikki yarimo’tkazgichning sohalar chegarasida hosil bo’lgan qatlamni geteroo’tish (har hil, turli jinsli o’tish) deyiladi. Metall va yarimo’tkizgich kontaktini hususiy holda geteroo’tish deb qarash mumkin.
Geteroo’tish o’tgazgich asboblar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan materiallarning fizik va ximik jihatdan mutanosiblik (mosslik) tomoniga ahamiyat beriladi, ya’ni kristall panjaralar doimiylarining, issiqlikdan kengayish koeffitsientlarining mos kelmasligi oqibatida nomutanosiblik dislokatsiyalari paydo bo’lishi mumkin. Bu hol sohalar chegarasida katta zichlikka ega bo’lgan elektron holatlarining, taqiqlangan zonada esa energetik sathlarning vujudga kelishiga sababchi bo’ladi.
Tebranma (siljigan) bog’lanishli dislokatsiya natijasida hosil bo’lgan sirtiy holatlar tutkich (tuzoq) rekombinatsiya markazlari vazifasini bajarib, geteroo’tishning elektrlik va fotoelektrik hossalariga katta ta’sir ko’rsatishi mukin. Ikki yarimo’tkizgich sohalar chegarasida oraliq qattiq jismlar eritmasi (qorishmasi) qatlamining paydo bo’lishi kristall panjara doimiylarining, issiqlikdan kengayish koeffitsientlarining miqdoran yaqinlashishiga olib keladi, natijada chegara sohasida kuchlanish kamayadi, plastic deformatsiya yo’qoladi, elektr hossalar yaxshilanadi.
Chegara sohasida bir materialdan ikkinchisiga o’tish qancha masofada bo’lishiga qarab geteroo’tishlar keskin va ohista geteroo’tishlarga bo’linadi. Agaar bunday o’tishlar bir necha atomlararo masofada bo’lsa, keskin geteroo’tish bo’ladi. Ko’pincha geteroo’tishlar yuqori temperatura olinadi, natijada yarimo’tgazgichlarning elementary o’zaro diffuziyalanishi va chegara sohasida qattiq jism eritmasini hosil qilishi mumkin. Bu hodisalar ohista geteroo’tishga olib keladi. Ohista o’tish kengligi zaryad tashuvchilarning bir necha diffuzion uzunligiga teng bo’ladi.
Bir xil tipdagi elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan, turli jinsli materiallardan yasalgan o’tishlar izotip geteroo’tishlar deb ataladi, har xil tipdagi o’tkazuvchaanlikka ega bo’lgan har xil yarimo’tgazgichlardan olingan o’tish anizotip geteroo’tish deb ataladi.
Oldindan chegaraviy holatlarni hisobga olmagan keskin geteroo’tishning energetik diagrammasini ko’rishni ko’rib chiqaylik. Geteroo’tichning Anderson modeliga Shoklining diod nazariyasi asos qilib olingan bo’lib, bunda yarimo’tkazgichlarning taqiqlangan zonalari kengligi, elektronning tashqi chiqish ishlari, ya’ni elektron yaqinlik energiyalari elektronning termodinamik ishlari , nisbiy dielektrik singdiruvchanlik har xil deb qaraladi. Nisbiy dielektrik singdiruvchanlik chegara sohasida uzilishini elektr maydon induksiyasining uzluksizligi orqali hisobga olinadi.
.
Yarimo’tkizgichlarda taqiqlangan zonalar kengligi hamda elektron yaqinlik energiyalarining har xil bo’lishi o’tkazuvchanlik zonalari tubining va valent zonalar shipining chegara sohasida uzilishga olib keladi. Uzilish keskin shaklida ularning kattaligi quyidagicha aniqlanadi:
; . (8.74)
Sohalar chegarasida zonalarning uzulish kattaligi ayrim holda qurilgan yarim o’tkizgichlarda qanday bo’lsa, geteroo’tishlarda ham shunday saqlanadi. 8.15-rasmda alohida-alohida ikki yarimo’tkazgichning energetik diagrammalari keltirilgan. Bu yarimo’tkizgichlar kontaktlashtirilgandan song elektronlar almashinuvi natijasida muvozanat o’rnatiladi va o’tish chegarasida sohalarning ikki tomonida Fermi sathlari tenglashadi. Elektronlar uchun hosil bo’lgan potensial to’siq balandligi, ya’ni chegara sohasida elektron energiyalarining vakuum sathida




Download 1.67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1.67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geteroo’tishlarda potensial to’siqning yuzaga kelishi

Download 1.67 Mb.