|
=0 tenglamaning barcha ildizlari to`plami , 1, -1, -1, -1 elementlardan iborat bo`lmasdan, balki va -1 elementlardan iborat
|
bet | 48/61 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 1,62 Mb. | | #252315 |
Bog'liq =0 tenglamaning barcha ildizlari to`plami , 1, -1, -1, -1 elemenSonning moduli deb son o`qida u joylashgan nuqtadan koordinata boshi O gacha bo`lgan masofaga aytiladi. Demak, musbat son moduli uning o`ziga teng, manfiy sonning moduli uning ishorasini tashlab yuborishdan hosil bo`lgan songa, 0 ning moduli 0 ga teng bo`ladi. Son moduli manfiy bo`la olmasligini eslatib o`tamiz.
a sonning moduli bilan belgilanadi. Yuqoridagi ta`rifni matematikada quyidagicha yoziladi:
Sonning moduliga misollar keltiramiz:
Koordinata boshi 0 dan barobar uzoqlikda joylashgan sonlar o`zaro qarama – qarshi sonlar deyiladi. Masalan, 1 va –1; -3 va 3; -5,7va 5,7; 123,42 va –123,42 juftliklar o`zaro qarama-qarshi sonlardir.
Berilgan songa qarama – qarshi son topish uchun uning faqat ishorasini teskarisiga almashtirish kifoya. Masalan: -1; 3; 2,7; va -3,421 larga 1; -3; -2,7; va 3,421 lar qarama – qarshi sonlardir. O`zaro qarama – qarshi sonlar yig`indisi 0 ga teng.
Ikkita sonni bir – biri bilan solishtirishda ularning son o`qida qanday joylashishidan foydalanamiz:
Har qanday musbat son har qanday manfiy sondan katta.
har qanday manfiy sondan katta va har qanday musbat sondan kichik.
Ikkita manfiy sondan moduli kattasi kichik.
Masalan,
Ikki son ko`paytmasini moduli ko`paytuvchlar modullari ko`paytmasiga teng bo`lib, ko`paytma ishorasi quyidagi qoida bo`yicha topiladi:
Agar ko`paytuvchilar bir xil ishorali bo`lsa, ko`paytma musbat va ko`paytuvchilar har xil ishorali bo`lsa, ko`paytma manfiy bo`ladi:
Bo`lish amali ham bo`linma ishorasi yuqoridagi qoida boyicha topiladi.
Masalan,
Manfiy va musbat sonlarni qo`shish va ayirish quyidagi sodda qoida asosida bajariladi.
Agar sonlar bir xil ishorali bo`lsa, ularning modullari qo`shiladi va ishorasi saqlanib qoladi.
Agar sonlar har xil ishorali bo`lsa, moduli kattasining modulidan moduli kichigining moduli ayriladi va moduli kattasining ishorasi qo`yiladi.
Masalan,
Agar yig`indida yoki ayirmada sonlardan biri qavs yordamida yozilgan bo`lsa, ko`paytma ishorasini topish qoidasi yordamida avval uning ishorasi aniqlab olinadi.
Masalan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
=0 tenglamaning barcha ildizlari to`plami , 1, -1, -1, -1 elementlardan iborat bo`lmasdan, balki va -1 elementlardan iborat
|