1- amaliy masg’ulot Mavzu: Ekinlarni dalada joylashtirish va tup qalinligi




Download 17.81 Kb.
Sana09.11.2023
Hajmi17.81 Kb.
#96183
Bog'liq
1 (1)
1. Article, 2 Ma’ruza mavzu Geometriyaning vujudga kelishi haqida qisqacha , tahlil-4-noya, Emperik va nazariy bilishni qiyoslang., muxayyo t11, 9-mavzu-taqdimot, ámeliy matem test sorawları, Controlled Influence of In and Si Doping on the Spectral Characteristics of CdTe Epitaxial Layers Grown on Poly-Silicon Substrates Using Vacuum Thermal Evaporation (VTE), anzibel-5mg-4mg-3mg-mentol-tamli-shimish-uchun-tabletkalar-va-30-medication-guide, XMGlobal-Client-Agreement-Terms-and-Conditions-of-Business, 1480087108 64710, 1-мавзу (2), 6-amaliy mashg\'ulot, 4sem lec 24

1- amaliy masg’ulot
Mavzu: Ekinlarni dalada joylashtirish va tup qalinligi
Ekinlarnining joylanish va oziqlanish maydoni. Hosil miqdori va sifatini poliz ekinlarining ekilish zichligi va oziqlanish maydoni belgilaydi. Ekin haddan tashqai zich yoki siyrak ekilsa, yerdan oqilona foydalanmaydi, natijada maydon birligi va gektardan olinadigan hosil kamayib ketadi. Maydon birligi va bir o‘simlikdan eng yuqoi hosil olishni ta’minlaydigan ekilish zichligi hamda oziqlanish maydoni chegarasi engmaqbul sharoit hisoblanadi. U tuproqning unumdorligi, suv bilan ta’minlanganli, iqlim sharoiti, ekiladigan nav hamda ekinning biologik xususiyati va boshqa omillarga ko‘ra ma’lum darajada o‘zgarishi mumkin. Qovunning eng maqbul oziqlanish maydoni sug‘oriladigan yerlarda 0,7-2,0 m2 (5-15 ming o‘simlikga), tarvuz – 1-2,5 m2 (4-10 ming), qovoq – 2-4 m2 (2,5-5 ming) dan iborat.
Markaziy Osiyoning egat orqali sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitida poliz ekinlarini pushtali, keng qo‘shqatorli lentasimon usulda ekish va an’anaviy texnologiyalar asosida yetishtirish qabul qilingan. Bunda egatlar 0,7-0,9 m, pushtlar 2,1- 2,7 m kenglikda navbatma-navbat joylashtiriladi va ekin egatlar orqali sug‘oriladi, keng pushtalarga o‘simlik palagi joylashadi. O‘zbekistonda ilgarilari qovun sm va sm; tarvuz va qovoq sm qo‘shqatorli lentasimon shaklda ekilib yetishtirilar edi. Bu an’anaviy texnologiyada (ba’zan hozir ham qo‘llaniladi) poliz o‘simliklari ekilganda gektarda: qovun 810 ming, tarvuz 8 ming va qovoq 5,5 ming tup bo‘ladi. Ammo, ekinlarni bunday shakldajoylashtiris, yonmayon olingan egatlar orasidagi masofaishlov beradigan traktorlar g‘ildiraklari izidan oshib ketadi, natijada texnologik parvarish va hosilni yig‘ib olish jarayonlarini 
mashina-mexanizmlar yordamida bajarishga to‘sqinlik qiladi. 
Bundan tashqari paxtachilikda qo‘llaniladigan mashinalar majmuidan foydalanishgaimkoniyatbermaydi. O‘zbekiston sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ilmiytadqiqot instituti g‘ildiraklar izi oralig‘i 1,4 m bo‘lgan traktorlarga ega xo‘jaliklarga poliz ekinlarini smshaklda (8 ming tup/ga), g‘iddiraklar izi oralig‘i 1,8 m bo‘lgan traktorga ega bo‘lganlarga esa sm shaklda(7,9 ming tup/ga) ekishni tavsiya qilmoqda. Shu institut tekis maydonlarda qovun va tarvuzni bir shaklga keltirilgan 
(unifikatsiyalashtirilgan) sm va notekismay7donlarda esa sm li sxemada ekishni taklif etgan. Sug‘orish uchun tor qator orasidan egat olinsa, pushta o‘rtasidan g‘ildiraklar izi orasi 1,8 sm bo‘lgan traktorla, g‘ildiragi yurishi uchun suv qo‘yilmaydigan egat olinadi.Ekish texnologiyasi. Poliz ekinlari urug‘i kichik maydonlarga qo‘lda ekiladi. Bunda oldindan aniqlangan ekin shakliga asosan traktor okuchnigi bilan kengligi 70-90 sm va chuqurligi30-40 sm bo‘lgan egatlar olinadi. 
Ekinlarga ishlov berishda g‘ildirak izlari oralig‘idagi masofa 1,4 va 1,8 m bo‘lgan traktor va mexanizmlardan foydalanish uchun 70 va 90 sm kenglikda olingan egatlardan ikkitasi to‘g‘ri kelishi kerak. Ayrim hollarda maydonga egat olinishidan avval ko‘ndalangiga 70 yoki 90 sm masofada sayozroq («nishon») egatlar olinadi. Urug‘ni mana shu «nishon» (sayoz) egatlarga ekish bilan ekinlar qatorlari orasiga birinchi parvarishni ikki (ko‘ndalangi va bo‘yi bo‘yicha) yo‘nalishda o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Qo‘lda ekishda urug‘lar sug‘orilgan egatlarning ikkala qirg‘og‘idagi suv beti «nishonlagan» joylarda uyalarga tashlanadi. Agar paykal nishonlanmagan (markirovka) bo‘lsa, u holda uyalar egat bo‘ylab bir-biridan 60-90 sm oraliqda joylashtiriladi. Poliz ekinlarini ekishda maxsus SBU-2-4A seyalkasidan foydalaniladi. U 35, 70, 90, 110, 140, 180, 210 sm qator 
oralig‘iga uyalab ekishda har uyaga tarvuz va qovun urug‘i 45 dona hamda qovoq urug‘i 3-4 donadan ekiladi hamda o‘simliklar va sm shaklda joylashtiriladi. Maxsus poliz ekadigan seyalkalar bo‘lmasa qovun, tarvuz va qovoqni boshqa seyalkalarga moslamalar o‘rnatib ekish mumkin. Buning uchun chigit ekadigan STVX-4, STX4A, SCHSH4A, makkajo‘xori ekadigan SKNK6(8) va urug‘larni aniq ekadigan Ruminiya SPCH-6 seyalkasidan foydalanish mumkin. Ekinlarni parvarishlash. Nihollar ko‘karib chiqquncha qatqaloqni yo‘qotish uchun yengil setkali borona bilan boronalanadi, borona tishlari sharnirli usulda mahkamlangani uchun u yer sathiga moslanib harakatlanadi. MVN-2,8 va MVX-5,4 markali rotatsion motigalarni to‘rt gildirakli ishlov traktorlariga tirkab, maysa paydo bo‘lmay yuza kultivatsiya qilish ham yaxshi samara beradi. Nihollar ko‘karib chiqqandan so‘ng qatqaloqni maydalash uchun polizchilikda qo‘llaniladigan KNB-5,4 markali osma kultivatordan foydalaniladi. Egat oralari 180 sm uch qatorli shaklda joylashtirilgan poliz ekinlariga ishlov berish uchun rotatsion motigalar MUB5,4 markali universal poliz mashinasiga o‘rnatilishi mumkin. Poliz ekilgan maydondagi qatqaloqni maydalaydigan maxsus texnikalar bo‘lmasa, bu ishni bajarish uchun KRP4,2, KRN5,6, KRX3,6 markali kultivatorlar komplektiga (asboblariga) kiradigan rotatsion motigadan foydalaniladi. Qatqaloqni tuproq 
yetilgan paytda maydalash kerak.
Uyada bir necha dona nihollar hosil bo‘lsa ularni yagana qilish kerak. Dastlabki marta o‘simlik birinchi barg chiqargan paytda yaganalanib, bunda har uyada ikki yoki uchtadan, ikkinchi marta yaganalashda esa (4-5 ta barg chiqarganda) bitta yoki ikkitadan 
sog‘lom o‘simlik qoldiriladi.
Yaganalash paytida uyalarda qoldiriladigan o‘simlikning ildiz tizimiga zarar yetkazmaslik uchun bu tadbir ortiqcha maysalarni chilpish yoki urug‘ pallasi ostidan qirqib tashlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Agar maysalar xato ko‘kargan bo‘lsa, bo‘sh 
uyalarga qaytadan undirilgan urug‘lar ekiladi. Yaganalash bilan bir vaqtda o‘toq ham qilinsa qator oralari begona o‘tlardan tozalanadi va o‘simlikning ildiz bo‘g‘zi atrofidgi qatqaloqlar maydalabyumshatiladi.O‘suv davri mobaynida egat oraliqlari va qatordagi o‘simliklar orasidagi tuproqni begona o‘tlardan tozalash uchun kultivatsiya solinadi.
Birinchi kultivatsiya nihollar to‘liq hosil bo‘lganidan so‘ng, ikkinchi kultivatsiya esa ekinlar Chopiq qilinib, oziqlantirilib va birinchi suv berilganidan so‘ng o‘tkaziladi. O‘simliklar gulga kirgan davrda ikkinchi marotaba Chopiq qilinib, suv berilgandan so‘ng navbatdagi kultivatsiya qilinadi. Poliz ekinlari qator orasi o‘suv davrida 4-5 marta kultivatsiya qilinadi. Kultivatsiyalar KRX-3,6, KRN-4,2, KNB-5,4, KRN-5.6A markali kultivatorlar yordamida ham bajariladi.
Birinchi Chopiq nihollar unib chiqqach, 20-25 kundan so‘ng yoki o‘simlikda 2-3 dona chinbarg hosil bo‘lganida o‘tkaziladi. Chopiqdan oldin o‘simlik mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi va birinchi marta sug‘oriladi. Birinchi chopiqdan 25-30 kun 
o‘tgach, ikkinchi marta sug‘oriladi va chopiq qilinadi. Chopiq o‘tkazilayotganida palaklari pushtaga to‘g‘rilab qo‘yiladi. Agar o‘rkachli egatlarga ekilgan bo‘lsa, o‘rkachlar chopiq vaqtida tekislanadi. Chopiq o‘tkazilganidan so‘ng okuchniklar bilan 
sug‘orish egatlari olinadi.
Download 17.81 Kb.




Download 17.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1- amaliy masg’ulot Mavzu: Ekinlarni dalada joylashtirish va tup qalinligi

Download 17.81 Kb.