1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Darsning texnologik xaritasi




Download 1,92 Mb.
bet137/208
Sana23.07.2021
Hajmi1,92 Mb.
#15865
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   208
III. Yangi mavzu bayoni.

Avval ko'rdikki, nuqtalar yordamida ham, oson bo'lmasada, turli shakllar hosil qilish mumkin. Ammo Paskalning tayyor shakllar hosil qiluvchi operatorlari ham bor. Mazkur operatorlar yordamida oldindan tanlangan biror rang bilan turli shakllar chizish mumkin.

Paskalda chiziq rangini tanlash uchun SetColor(rang), fon rangini tanlash uchun esa SetBkColor(rang) protseduralaridan foydalaniladi. Bu yerda rang — butun sonli o'zgaruvchi yoki o'zgarmas bo'lib, u tanlangan rang kodini yoki unga mos konstanta nomini ifodalaydi. Tanlangan rang joriy rang deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo'lsa, u holda oq rang joriy hisoblanadi.

Line(Xl,Yl,X2,Y2) protsedurasi ekranning (XI,Yl) koordinatali nuqtasi bilan (X2,Y2) koordinatali nuqtasini birlashtiruvchi joriy rangli kesma chizadi.

Circle(X,Y,R) protsedurasi markazi (X,Y) nuqtada va radiusi R ga teng aylana chizadi. Endi aylanalar bilan bog'liq masalalarni

osongina hal etish mumkin.



1-misol. Uchlarining koordinatalari (10,200) va (630,200) bo'lgan ko'k rangli kesma hamda markazi (300,200) koordinatali nuqtada va radiusi 100 bo'lgan yashil rangli aylana chizing. Fon sariq rangda bo'lsin.

Uses Graph;

Var gd, gm : Integer;

Begin Gd:=Detect; InitGraph(gd, gm,");

SetBkColor(Y ellow);

Setcolor(Blue); Line( 10,10,630,200);

Setcolor(Green); Circle(300,200,100);

Readln; CloseGraph;

End.
Ellipse(X,Y,BB,OB,XR,YR) protsedurasi markazi (X, 7) nuqtada, x va y o'qlari bo'yicha radiuslari mos ravishda XR va YR ga teng ellipsning BB burchagidan OB burchagigacha bo'lgan yoyini chizadi. Burchak gradus o'lchov birligida beriladi. XR=YR bo'lsa, aylananing yoyi chiziladi.

Reetangle(Xl,Yl,X2,Y2) protsedurasi ekranda yuqori chap burchagi (XI,Yl) koordinatali va quyi o'ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtada bo'lgan m»» to'g'ri to'rtburchak chizadi.



Download 1,92 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   208




Download 1,92 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Darsning texnologik xaritasi

Download 1,92 Mb.