• Topshiriq
  • Qisqacha nazariy ma‟lumotlar
  • 1 – laboratoriya ishi




    Download 122.7 Kb.
    bet1/6
    Sana27.10.2022
    Hajmi122.7 Kb.
    #28282
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-laboratoriya ishi
    GAT, Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi (6), 5-sinflar uchun, 10. Qatorning absolyut va shartli yaqinlashuvchiligi, Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika fanidan, 5-ma\'ruza, MB 1-ma\'ruza, SOAT BAY XUJJAT (4), 2 amaliy signal, 3 amaliy signal, Studbooks 268463.rtf, Anvarov Abror korxona jixozlari 2023, 12-lab, 1111

    1 laboratoriya ishi


    Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini

    o‟rnatish


    Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni ta‘minlash usullari hamda xavfsizlik ko‘rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat.
    Ushbu laboratoriya ishida 1.1 – rasmda keltirilgan tarmoq tuzilishi bo`yicha konfiguratsiya ishlari amalga oshiriladi.



      1. – rasm. Tadqiq qilinayotgan tarmoq tuzilishi

    1.1-jadval
    Manzillash jadvali





    Qurilma



    Interfeys



    IP-manzil

    Tarmoq maska

    Asosiy shlyuz

    S1

    VLAN 1

    192.168.1.100

    255.255.255.0

    192.168.1.1

    PC-A

    Tarmoq adapi

    192.168.1.2

    255.255.255.0

    192.168.1.1

    Topshiriq


    1. Tarmoq qurilmasini asosiy ko„rsatkichlarini sozlash

      • Console porti orqali kommutatorning asosiy ko‗rsatkichlarini sozlang

      • kompyuter uchun IP- manzilni o‗rnating.

      • Telnet protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang

      • SSH protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang

    Tarmoq bog’lanishniekshiring

    • qurilmaning konfiguratsiyasini ko‗rsating

    • telnet yordamida uzoqdan boshqarishni testlang

    • kommutatorning hozirgi konfiguratsiyasini saqlang.

    Qisqacha nazariy ma‟lumotlar


    Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga kirishning bir necha yo‗llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan:

    • Console

    • Telnet yoki SSH

    • Port AUX

    Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni ta‘minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‗ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga oshiriladi.
    TELNET (terminal network) — tarmoq bo‗ylab qurilmalarga murojat qilish uchun mo‗ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan.
    TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‗rtasida o‗zaro ishlashni ta‘minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‗rinishdagi aloqada ishlatiladi.
    Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun xavfsiz (shifrlangan) bog‗lanishni ta‘minlaydi. Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‗rniga SSH protokolini qo‗llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‗rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz ma‘lumot ko‗rinishiga o‗xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‗lanishda himoyani ta‘minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli) ma‘lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‗rtasidagi uzatilayotgan ma‘lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP- port 22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi.

    Download 122.7 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 122.7 Kb.