• Must. Topsh.
  • 1 – ma’ruza. Kirish. Magnetizm rivojlanishiga doir tarixiy ma’lumotlar. Magnit materiallar va ularning sinflarga bo’linishi




    Download 14.3 Kb.
    Sana27.05.2022
    Hajmi14.3 Kb.
    #22080
    Bog'liq
    1-maruza
    MUSTAQIL CHIZMA GRAFIK ISHLARI compressed (1)-1, 1.04.Математика, arxitekturavij fizika fanidan tashqi tosiq konstruktsiyasi qatlamlaridagi haroratni olchash va bir olchamli harora majdonini qurish bojicha laboratoriya-tazhriba ishini bazharish uchun, Документ Microsoft Word, Operatsion tizimlarning jarayonlari boshqaruvni rejalashtirish parametrlari, rivojlantirish ko‘rsatkichlari, 01, Bunyod Noʻmonjonov.2022, Pasport xona, Mavzu Kaliy va Natriyni alangali fo’tometrik aniqlash

    1 – ma’ruza. Kirish. Magnetizm rivojlanishiga doir tarixiy ma’lumotlar. Magnit materiallar va ularning sinflarga bo’linishi.

    Moddalarning magnit xossasi bir necha ming yillardan buyon insonlarni qiziqtirib kelmoqda. Magnetizm haqida ilk tasavvurlar Xitoyning ba’zi yozma manbalarida keltirilgan. Tarixchi Sum Tzyanning yozib qoldirishicha bundan ikki ming yil oldin xitoyliklar doimiy magnitlardan kompas sifatida foydalangan. Demak, tabiiy magnitlardan xitoyliklar birinchi marta amalliyotda foydalangan deb hisoblashimiz mumkin.


    Magnetiklarning xossalari antik davrlarda ham yaxshi ma’lum edi. Rimlik materialistik olim Lukresiya Kara (Лукреция Кара) ning ”Moddalarning tabiati haqida (О природе вещей)” asarida ”Magnit toshlar” o’ziga temir qipiqlarini tortishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Magnetizm Kichik Osiyodagi Magnessi shariga yaqin bo’lgan magnit rudalariga boy bo’lgan tog’ nomidan olingan. Grek faylasuflari Fales, Anaksagor, Diogen, Empedokl, Epikur va Demokritlar o’z asarlarida magnetiklarning xossalari haqida so’z yuritib, uni tushuntirishga harakat qilishgan.
    O’rta asrlarda ham magnetiklarning xossalari olimlarnning diqqat markazida bo’lganligi haqida 1269 yillardagi Pyer Peregin de Marikur (Petrus Peregrinus) ning eksperimental ishlari guvohlik beradi.
    1600 yillarda Uilyam Gilbert o’zining ko’p yillik mehnatlari natijasida ”De Magnete” asarini yakunladi.
    Magnetizmning materialistik konsepsiyasini Rene Dekartning ishlaridan topishimiz mumkin. U birinchi magnetizm nazariyasini bergan. Nemis fizigi Epinus va uning shogirdi S. Vallis ham magnetizm nazariyasini rivojlantirdi. Anton Burgmas 1778 yil birinchi marta eksperimantal ravishda paramagnetiklarni tortilishi, diamagnetiklarning ittarilishini aniqladi. Sharl Kulon magnetizm nazariyasini rivojlanishiga o’z hissasini qo’shdi.
    Ersted 1820 yilda elektr tokining magnit ta’sirini tajribada aniqladi. O’sha yili Amper molekulyar maydon gipotezasini olg’a surdi.
    Ma’lumki, Faradey 1831 yilda turli xil moddalarni elektromagnit orasiga joylashtirganda ularning maydondagi harakati 3 xil ko‘rinishda bo‘lgan. Ba’zi moddalar magnit maydonidan itarilganligini, ba’zilari esa maydon bo‘ylab joylashganligini, ba’zi birlari esa tashqi maydonning ta’sirida kuchli tortirilganligini Faradey tajribasida yoqqol namoyon bo‘ldi. Magnit maydonida chiqib ketgan moddalarni u diamagnetiklar deb, maydon bo‘ylab yo‘nalganligini paramagnetiklar deb, maydonga kuhli tortirilganlarini esa ferromagnetiklar deb atadi.
    O‘zining magnit xossasi jihatdan barcha moddalar yoki magnetiklarni ikki sinfga ajratish mumkin: magnit tartibsiz va magnit tartibli.
    Magnit tartibsiz magnetiklarda qandaydir ichki o‘zaro tasir, ya’ni mikroskopik magnit momentlar oriyentatsiyasiga olib keluvchi o‘zaro ta’sir mavjud bo‘lmaydi. Bunday magnetiklarda tashqi magnit maydon bo‘lmaganda magnitlanish vektori hamma vaqt nolga teng bo‘ladi va magnitlanish faqat tashqi magnit maydon ta’sirida ro‘y beradi. Bu guruh moddalarga izotrop tuzilishga ega bo‘lgan moddalar, xususan suyuqlik va gazlar kiradi. Barcha magnit tartibsiz moddalar yana o‘z navbatida diamagnetiklar va paramagnetiklarga bo‘linadi.
    Magnetism haqida keyinchalik Maksavell, Gers, Lorens va Zeymanlar muhim tajriba va ishlar olib borishdi.
    Per Kyuri keng temperaturalar intervalida moddalarning dia- va paramagnit xossalari ustida tadqiqotlar olib borishdi.
    Ferromagnetiklarning magnet xossasi bo’yicha A. G. Stoletov ”Temirning magnitlanish funksiyasi haqida (О функции намагничивания)” ishlari bilan davom ettirdi. U birinchi marta ferromagnetiklarning magnit kirituvchanlik egri chizig’ini oldi (Stoletov egri chizig’i).
    Fransuz fizigi P. Veyss ferromagnetiklar uchun “Molekulyar maydon” termodinamik nazariyasini ishlab chiqdi.
    Must. Topsh. Magnetizm sohasida o’zining ishlari bilan muhim o’ringa ega bo’lgan olimlar: Akulov, Geyzenberg, Blox, Bozort, Sikstus, Tonks, Frenkel, Dorfman, Landau, Lifshis, Коndorskiy, Kittel, Iosida, Ruderman, Neyl, Shtern, Gerlax, Pauli, Van – Flek, Vonsovskiy va boshqalar.
    Magnit tartibli magnetiklarga asosan kristall jismlar kiradi, anizatrop tuzilishga ega bo‘lgan moddalar, ularda magnit tartibga olib keluvchi kuch kvant tabiatga ega bo‘ladi, ularni almashuvchi kuchlar deyiladi, bu kuchlar tashqi magnit maydoni bo‘lmaganda ham makroskopik magnit momentlarni u yoki bu darajada oriyentasiyalaydi. Bunday moddalar noldan farq qiluvchi magnitlanishga ega bo‘ladi, shu bilan birga juda katta qiymatga ega bo‘ladi. Hozirgi kunda juda ko‘p sondagi moddalar magnit tartibli holatga ega ekanligi aniqlandi (ferromagnitlar, antiferromagnitlar, kuchsiz ferromagnitlar, ferritlar va h.k.), ularning soni jami 14 tani tashkil qiladi.
    Download 14.3 Kb.




    Download 14.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – ma’ruza. Kirish. Magnetizm rivojlanishiga doir tarixiy ma’lumotlar. Magnit materiallar va ularning sinflarga bo’linishi

    Download 14.3 Kb.