• Kattaliklar juda ko‘p va turli-tuman, lekin ularning barchasi ham ikkitagina tavsif bilan tushuntiriladi. Bu sifat va miqdor tavsiflari.
  • Kattaliklarning ta’rifini keltirishdan oldin ularning mohiyatiga muqaddima keltirsak




    Download 103.34 Kb.
    bet12/87
    Sana18.03.2023
    Hajmi103.34 Kb.
    #45959
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
    Bog'liq
    1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi
    11 ma`ruza Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan, 3 fazali ikki taktli sxema, Favqulotda vaziyatlarda samarali yongin o\'chirish uchun zam. tezis, 4 sinf ish reja 2021 2022 barcha fanlardan toliq yangi ishonchli, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fraksiya 1, ahborot tizimlarini loyihalash, 2-4-amaliy mashgulot, 1-amaliy, Tursunova Nargiza Taqdimoti-1, Oʻrta osiyo suv va suv resurslari (2) (Автосохраненный), 1610612813, Kursovoy proekt obrabotka rezultatov mnogokratnyh izmereniy, Ota ona bayonnoma
    Kattaliklarning ta’rifini keltirishdan oldin ularning mohiyatiga muqaddima keltirsak.
    Yon atrofingizga bir nazar tashlang, har xil buyumlarni, jonli va jonsiz predmetlarni ko‘rasiz. Balki oldingizda do‘stlaringiz ham o‘tirishgandir. Garchi bu sanab o‘tilganlar bir-birlaridan tubdan farq qilsa ham hozir ko‘rishimiz kerak bo‘lgan xossalar va xususiyatlar bo‘yicha ulardagi muayyan umumiylikni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, ruchka, stol va do‘stingizni olaylik. Bular bir-biridan qanchalik o‘zgacha bo‘lmasin, lekin o‘zlarida shunday bir umumiylikni kasb etganki, bu umumiylik ularning uchalasida ham bir xilda tavsiflanadi. Agarda gap ularning katta-kichikligi xususida boradigan bo‘lsa, biror bir yo‘nalish bo‘yicha olingan va aniq chegaraga (oraliqqa) ega bo‘lgan makonni yoki masofani tushunamiz. Aynan mana shu xossa uchala obekt uchun bir xil ma’noga ega. Ushbu ma’no nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, ular orasidagi tafovut faqat qiymatdagina bo‘lib qoladi. Yoki og‘irlik tushunchasini, ya’ni misol tariqasida olingan obektlarning Yerga tortilishini ifodalaydigan xususiyatini oladigan bo‘lsak ham, mazmunan bir xillikni ko‘ramiz. Bunda ham ular orasidagi tafovut ularning Yerga tortilish kuchining katta yoki kichikligida, ya’ni qiymatidagina bo‘ladi. Biz buni oddiygina qilib og‘irlik deb atab qo‘yamiz. Bu kabi xususiyatlar talaygina bo‘lib, ularga kattalik nomi berilgan.
    Kattaliklar juda ko‘p va turli-tuman, lekin ularning barchasi ham ikkitagina tavsif bilan tushuntiriladi. Bu sifat va miqdor tavsiflari.
    Sifat tavsifi olingan kattalikning mohiyatini, mazmunini ifodalaydigan tavsif hisoblanadi. Gap masofa borasida ketganda muayyan olingan obektning o‘lchamlarini, uzun-qisqaligini yoki baland-pastligini bildiruvchi xususiyatni tushunamiz, ya’ni ko‘z oldimizga keltiramiz. Buni oddiygina bir tajribadan bilishimiz mumkin. Bir daqiqaga boshqa ishlaringizni yig‘ishtirib, ko‘z oldingizga og‘irlik va temperatura nomli kattaliklarni keltiring... Xo‘sh, ularning sifat tavsiflarini seza oldingizmi. Bir narsaga ahamiyat bering, og‘irlik deganda qandaydir bir mavhum, og‘ir yoki yengil obektni, aksariyat, tarozi toshlarini ko‘z oldiga keltirgansiz, temperatura to‘g‘risida gap borganda esa, issiq-sovuqlikni bildiruvchi bir narsani gavdalantirgansiz. Aynan mana shular biz sizga tushuntirmoqchi bo‘lgan kattalikning sifat tavsifi bo‘lib hisoblanadi.
    Endi olingan obektlarda biror bir kattalik to‘g‘risida so‘zlaydigan bo‘lsak, bu obektlar o‘zida shu kattalikni ko‘p yoki kam “mujassamlashtirganligini” shohidi bo‘lamiz. Bu esa kattalikning miqdor tavsifi bo‘ladi.

    Download 103.34 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




    Download 103.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kattaliklarning ta’rifini keltirishdan oldin ularning mohiyatiga muqaddima keltirsak

    Download 103.34 Kb.