|
1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi va vazifalari. Reja
|
bet | 15/87 | Sana | 18.03.2023 | Hajmi | 103.34 Kb. | | #45959 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi 11 ma`ruza Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan, 3 fazali ikki taktli sxema, Favqulotda vaziyatlarda samarali yongin o\'chirish uchun zam. tezis, 4 sinf ish reja 2021 2022 barcha fanlardan toliq yangi ishonchli, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fraksiya 1, ahborot tizimlarini loyihalash, 2-4-amaliy mashgulot, 1-amaliy, Tursunova Nargiza Taqdimoti-1, Oʻrta osiyo suv va suv resurslari (2) (Автосохраненный), 1610612813, Kursovoy proekt obrabotka rezultatov mnogokratnyh izmereniy, Ota ona bayonnomadim Q = dim A / dim B.
Darajaga ko‘tarilgan ixtiyoriy kattalikning o‘lchamligi uning o‘lchamligini shu darajaga oshirilganligiga tengdir, ya’ni, Q = An bo‘lsa, u holda,
dim Q = dim An.
Masalan, agar tezlik v = l/t bo‘lsa, u holda
dim v = dim l / dim t = L/T = LT-1.
Shunday qilib, hosilaviy kattalikning o‘lchamligini ifodalashda quyidagi formuladan foydalanishimiz mumkin:
dim Q = LnMmTk....,
bunda, L, M, T..., - mos ravishda asosiy kattaliklarning o‘lchamligi; n, m, k..., - o‘lchamlikning daraja ko‘rsatkichi.
Har bir o‘lchamlikning daraja ko‘rsatkichi musbat yoki manfiy, butun yoki kasr songa yoxud nolga teng bo‘lishi mumkin. Agar barcha daraja ko‘rsatkichlari nolga teng bo‘lsa, u holda bunday kattalikni o‘lchamsiz kattalik deyiladi. Bu kattalik bir nomdagi kattaliklarning nisbati bilan aniqlanadigan nisbiy (masalan, dielektrik o‘tkazuvchanlik), logarifmik (masalan, elektr quvvati va kuchlanishining logarifmik nisbati) bo‘lishi mumkin.
O‘lchamliklarning nazariyasi odatda hosil qilingan ifoda (formula)larni tezda tekshirish uchun juda qo‘l keladi. Ba’zan esa bu tekshiruv noma’lum bo‘lgan kattaliklarni topish imkonini beradi.
3.3. Kattaliklarning birliklari
Muayyan obektni tavsiflovchi kattalik shu obekt uchun xos bo‘lgan miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi obektlar o‘zaro birgalikda ko‘rilayotganda faqat mana shu miqdor tavsiflariga ko‘ra tafovutlanadi. Buning uchun esa solishtirilayotganda obektlararo biror bir asos bo‘lishi lozim. Bu asosga solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga kattalikning birligi deb nom berilgan.
Ko‘rilayotgan fizikaviy obektning ihtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi bo‘lib uning o‘lchami xizmat qiladi. Lekin “uzunlik o‘lchami”, “massa o‘lchami”, “sifat ko‘rsatkichining o‘lchami” degandan ko‘ra “uzunligi”, “massasi”, “sifat ko‘rsatkichi” kabi iboralarni ishlatish ham leksik jihatdan,ham texnikaviy jihatdan o‘rinli bo‘ladi.O‘lcham bilan qiymat tushunchalarini bir-biriga adashtirish kerak emas. Masalan, 100 g, 105 mg, 10-4 t - bir o‘lchamni 3 xil ko‘rinishda ifodalanishi bo‘lib, odatda “massa o‘lchamining qiymati” demasdan, “massasi (...) kg” deb gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning o‘lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim.
|
| |