• 1.2. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining rivojlanish tarixi
  • Mahsulot sifati, kishilar hayotining ravnaqi, uning sifati (yashash darajasi) oldindan yaratilgan sifat fundamenti (poydevori) ga bog‘liqdir




    Download 103.34 Kb.
    bet2/87
    Sana18.03.2023
    Hajmi103.34 Kb.
    #45959
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
    Bog'liq
    1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi
    11 ma`ruza Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan, 3 fazali ikki taktli sxema, Favqulotda vaziyatlarda samarali yongin o\'chirish uchun zam. tezis, 4 sinf ish reja 2021 2022 barcha fanlardan toliq yangi ishonchli, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fraksiya 1, ahborot tizimlarini loyihalash, 2-4-amaliy mashgulot, 1-amaliy, Tursunova Nargiza Taqdimoti-1, Oʻrta osiyo suv va suv resurslari (2) (Автосохраненный), 1610612813, Kursovoy proekt obrabotka rezultatov mnogokratnyh izmereniy, Ota ona bayonnoma
    Mahsulot sifati, kishilar hayotining ravnaqi, uning sifati (yashash darajasi) oldindan yaratilgan sifat fundamenti (poydevori) ga bog‘liqdir.
    Sifatning yuqori darajasi bu yurtimizning ilmiy, texnikaviy yuksalishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
    Ilmiy texnikaviy yuksalish esa sifatning asosiy uch belgisi bo‘lgan – standartlashtirish, metrologiya va setifikatlashtirish rivojini ta’minlab beradi.
    Sifatning uch asosiy belgisiga dunyoda mavjud bo‘lgan va faoliyat ko‘rsatayotgan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar: Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO-International Organization for Standardization), Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM- Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologii), Xalqaro savdo tashkiloti (WTO- World Trade Organization) o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazadi va o‘tkazib kelmoqda.
    Shuning uchun ham ushbu fanni uch qismda (metrologiya, standartlashtirish sertifikatlashtirish) o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va meyorlarni, standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayonnomalari va meyoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqish va uning raqobatbardoshligini ta’minlashda o‘ta muhim masalalardan biri sanaladi.


    1.2. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining rivojlanish tarixi


    XX asrning ikkinchi yarmida xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishini bejiz ilmiy-texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg‘or ilmiy yutuqlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bo‘lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmaymiz. Ba’zan esa, bizga, korxona yoki laboratoriyaga yetib kelguncha ularning qanchalik murakkab, notekis yo‘llardan o‘tganligini ko‘z oldimizga keltirmasdan, fikr yuritmagan holda ulardan foydalanamiz. Yuqoridagilarning hammasi to‘la ma’noda zamonaviy axborotli o‘lchash texnikalariga ham tegishlidir.
    O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. O‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, yer maydonlarining yuzalarini, jismlarning o‘lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi va tajribasi asosida o‘lchay boshlagan.
    Eng qadimgi o‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon - bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining kengligi; fut - oyoq tagining uzunligi; pyad - yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar.
    Asrlar o‘ta bizga yetib kelgan ba’zi o‘lchov birliklari xozirda xam ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda “loviya doni”, “no‘xotcha” ma’nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi sifatida ishlatilgan - KARAT: dorishunoslikda og‘irlik birligi qilib qo‘llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida “bug‘doy doni” ma’nosi bildiruvchi -GRAN va hokazolar.

    Download 103.34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




    Download 103.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot sifati, kishilar hayotining ravnaqi, uning sifati (yashash darajasi) oldindan yaratilgan sifat fundamenti (poydevori) ga bog‘liqdir

    Download 103.34 Kb.