1- tajriba ishi kojux trubali issiqlik almashtirgichning issiqlik quvvatini aniqlash Nazariy qism Issiqlik almashtirgichlarni hisoblash va tanlash




Download 1.34 Mb.
bet1/3
Sana06.04.2024
Hajmi1.34 Mb.
#189573
  1   2   3
Bog'liq
1-labor. ish. Kojux trubali (1)
AD0609888, Scanned 20240318 233858

1- TAJRIBA ISHI
Kojux trubali issiqlik almashtirgichning issiqlik
quvvatini aniqlash


Nazariy qism
Issiqlik almashtirgichlarni hisoblash va tanlash. Issiqlik almashinish uskunalarini hisoblashdan maqsad uskunaning talab etiladigan issiqlik almashinish yuzasini topishdan iborat. Issiqlik tashuvchilarning sarflari, hamda boshlang‘ich va oxirgi temperaturalari berilgan bo‘ladi. Keng qo‘llanilgani uchun kojuxtrubali issiqlik almashtirgichlarni hisoblashni ko‘ramiz.
Issiqlik almashinish yuzasi issiqlik o‘tkazishning asosiy tenglamasidan topiladi:
(7.1)

bu erda Q-issiqlik miqdori, Vt; K-issiqlik o‘tkazish koeffitsienti, Vt/(m2·K); ∆to‘r-o‘rtacha temperaturalar farqi, K.


Issiq muhitdan sovuq muhitga o‘tkazilgan issiqlik miqdori qo‘yidagi tenglamalardan topiladi:
-muhitning agregat holati o‘zgarmaganda:
(7.2)
-muhitning agregat holati o‘zgarsa:
Q=Gr; (7.3)
bu erda G-muhitning massa sarfi, kg/s; sr-muhitning issiqlik sig‘imi, J/(kg·K); t1 va t2-muhitning boshlang‘ich va oxirgi temperaturalari, °S; r-bug‘ hosil bo‘lishining solishtirma issiqligi, J/kg.
Issiqlik almashtirgichning ichida moddalar bir-biriga nisbatan qarama-qarshi harakatlanayotgan bo‘lsa o‘rtacha temperaturalar farqi qo‘yidagicha topiladi:
Δto‘r=(Δtkattkich)/[2,3lg(Δtkattkich)] (7.4)

bu erda Δtkat va Δtkich-uskunaning cheklaridagi, ya’ni katta va kichik temperatura farqlari, K.


Issiq muhitning temperaturasini T va sovug‘inikini t bilan belgilasak, amaliyotda ko‘p qo‘llaniladigan qarama-qarshi oqimli issiqlik almashtirgichlar uchun:
Δtkat=T1-t2; Δtkich=T2-t1 (7.5)
Agar muhitlar bir-biriga nisbatan turli xil yo‘nalishlarda harakatlansa:
Δto‘r=EΔt Δto‘r.q
bu erda EΔt - tuzatma koeffitsient (uning qiymati oqim turiga bog‘lik maxsus ma’lumotnomalardan olinadi); Δto‘r.q - qarama-qarshi oqim uchun o‘rtacha temperaturalar farqi.
Issiqlik o‘tkazish koeffitsienti:


K=1/[(1/α1)+(δdd)+(1/α2)]
bu erda α1 va α2 - issiq va sovuq muhitlar tomonidagi issiqlik berish koeffitsientlari, Vt/(m²·K); δd-truba devori materialining qalinligi, m; λd - truba devori materialining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, Vt/(m·k).
Issiqlik berish koefitsientlarini topish tenglamalari ko‘p bo‘lib, ular oqimning rejimi, muhitning qanday shakldagi kanalda harakatlanayotgani va agregat holatini o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligiga qarab tanlanadi. Bunday tenglamalar ko‘pgina adabiyotlarda keltirilgan.
Hisoblashlarning keyingi bosqichida uskunalarning gidravlik qarshiligi topiladi.
Issiqlik almashtirgichlarning konstruksiyasini tanlaganda qo‘yidagi talablarni e’tiborga olish lozim:

  1. Kerakli issiqlik miqdorini o‘tkazishi.

  2. Muhitning fizik-kimyoviy xossalari.

  3. Issiqlik almashtirishning jadal borishi.

  4. Gidravlik qarshilikning kichik bo‘lishi.

  5. Uskunaning tuzilishi ixcham bo‘lishi.

  6. Materialining muhitning agressivligiga chidamli bo‘lishi.

  7. Tozalanishi hamda ta’mirlanishi oson bo‘lishi va boshqalar.




Download 1.34 Mb.
  1   2   3




Download 1.34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1- tajriba ishi kojux trubali issiqlik almashtirgichning issiqlik quvvatini aniqlash Nazariy qism Issiqlik almashtirgichlarni hisoblash va tanlash

Download 1.34 Mb.