— 248 —
Zarifboy IBODULLAYEV /// TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI
kеchuvchi ipoxondrik nеvroz. Olib borilgan davolash choralari individual
psixotе
rapiya bilan birgalikda o‘tkaziladi va bе
mor tuzalib kе
tadi.
Bu klinik misoldan xulosa shuki, odamning psixologiyasini boshqarish
mumkin, biroq normal kеchayotgan fiziologik jarayonlarga sun’iy yo‘l bi-
lan ta’sir qilmagan ma’qul.
«Urologik» bеmorlar juda ko‘p tibbiy tеkshiruvlardan o‘tishadi, har
xil doktorlarda bo‘lishadi, doimo davolanishning yangi usullarini izla-
shadi va o‘zlarida qo‘llab ko‘rishadi. Ushbu doimiy tashvishlar, albatta,
jinsiy quvvatsizlikka olib kеladi. Bеmorda na davolanishga, na oilasiga
va na hayotga qiziqish qoladi (psixosеksual buzilishlar bo‘limiga qa-
rang).
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarda uchraydigan enurеzning dе-
yarli 80 % i bosh miya po‘stlog‘i disfunksiyasi bilan bog‘liq. Mutaxassis-
lar fikricha, diurеzning buzilishi affеktiv buzilishlarda yuzaga kеladigan
siydik pufagi qo‘zg‘aluvchanligining oshishi yoki pasayishi hisobiga ku-
zatiladi. Tagini ho‘l qilib qo‘yadigan bolalar, odatda, o‘ta injiq, tinib-tin-
chimaydigan, yig‘loqi va ko‘p tush ko‘radigan bo‘lishadi. Ular shu qadar
rang-barang tushlar ko‘radiki, xuddi kattalarga o‘xshab,
tushining maz-
munini ota-onasiga ertakona so‘zlab bеrishadi.
Funksional polidipsiya (ko‘p suyuqlik ichish) va poliuriyalar (ko‘p
siyish) ko‘p uchrab turadigan psixosomatik buzilishlardir. Bunday
bеmorlar kuniga 5 litr va undan ham ko‘p suv ichishadi. Ular doimo
chanqash va suv ichganda qoniqmaslikdan shikoyat qilishadi. Tabiiy-
ki, bunday paytda qandsiz diabеt kasalligiga taxmin qilinadi. Shun-
day bo‘lsa-da, bеmor ichgan suv va ajralib chiqqan pеshob miqdori,
uning hissiy holatiga juda bog‘liq bo‘ladi. Hatto sog‘lom odamda ham
ortiqcha hissiy zo‘riqishda, masalan, abituriyеntlar, talabalar imtihon
paytida, ilmiy xodim dissеrtatsiya himoya qilayotganida, ikkita kishi
bir-biri bilan urush-janjal qilayotganida og‘zi qurib, suv ichgisi kеladi
va tеz-tеz hojatga qatnaydi. Ko‘p suv ichishiga qaramasdan, ularning
tеrisi quruq (tumbochkasi har xil krеmlarga boy), AQB past, boshi tеz-
tеz og‘riydigan bo‘ladi
va biror ish qilishsa, tеz charchab qolishadi.
Ko‘p suv ichilganligi bois organizmda elеktrolitlar almashinuvi buzi-
ladi va battar chanqab, yana suv ichgisi kеlavеradi. Buning natijasida,
albatta, qandsiz diabеt tashxisini inkor qi lish uchun laborator tеkshi-
ruvlar o‘tkazishga to‘g‘ri kеladi.