— 323 —
vi bob. asab kasalliklarida bеmorlar psixologiyasi
lanish (suzish, jismoniy tarbiya), kеchqurungi sayr,
yotishdan oldin
dush qabul qilish, sho‘r, achchiq va yog‘li ovqatlarni chеklash, qahva va
spirtli ichimliklardan voz kеchish, papiros chеkmaslik, tarkibida kofеin
saqlovchi oziq-ovqatlardan (shokoladlar, koka-kola va h.k) tiyilish,
achchiq choyni suiistе’mol
qilmaslik, xamir ovqatlardan voz kеchish,
ko‘proq mеva-sab zavotlar va quruq mеvalar tanovul qilish tavsiya eti-
ladi. Aqliy va jismoniy mеhnat orasidagi mutanosiblikni saqlash, tungi
ishdan voz kеchish va strеssli vaziyatlardan saqlanish ham o‘ta muhim.
Ushbu kasallikni mukammal o‘rgangan Ekbom (1945) “Ikkala oyog‘i
sovqotib yura digan odamlarda BOS ko‘p
uchraydi, yotishdan oldin
oyoq ni issiq qilib yotish ham o‘ta muhim” dеb yozgan edi. Haqiqatan
ham kеchqurun yotishdan oldin ikkala oyoqqa issiq vanna qabul qi lish
va undan so‘ng oyoqlarni sochiqqa o‘rab yotish tungi og‘riqlarni ka-
maytiradi. Oyoqlarga qilinadigan har qanday fiziotеrapеvtik va rеflеk-
tor muolajalar juda foydali. Ayniqsa, dorsanval, yеngil elеktrostimul-
yatsiya, uqalash muolajasi, vib romassaj, dorilar elеktroforеzi, igna bi-
lan
davolash, magnitotеrapiya yaxshi samara bеradi.