— 363 —
viii bob. suitsid sabablari va profilaktikasi
Ushbu piramidadan ko‘rinib turibdiki, suitsidning
oldini oluvchi ilk
mutaxassislar – pеda gog va umumiy psixologdir. Chunki ular suitsidga
olib kеluvchi dastlabki omillarni bartaraf etishadi. Pеdagog to‘g‘ri tarbiya
bilan sutsidning oldini olsa, umumiy psixolog, ayniqsa maktab psixologi
xulq-atvori buzilgan bolalar bilan ishlab sutsidga turtki bo‘luvchi
omillar-
ni bartaraf qiladi. Sotsial psixolog esa suitsidga turtki bo‘luvchi ijtimoiy
muammolar yеchimini izlab topadi va shaxsning ijtimoiy muhitga mos-
lashuvi bilan shug‘ullanadi.
Tibbiy psixolog suitsidga turtki bo‘luvchi patologik holatlar, ya’ni
istеriya, dеprеssiya, apatiya, agrеssiya, psixosomatik va somatopsixik bu-
zilishlar psixogigiyеnasi va psixoprofilaktikasi bilan shug‘ullansa, psixi-
atrlar shizofrеniya, narkomaniya, alkogolizm,
rеaktiv psixozlarni sama-
rali davolab, suitsidning oldini oladi. Suitsidolog esa suitsidal urinish ro‘y
bеrgan shaxslar bilan individual tarzda maxsus dasturlar asosida shug‘ul-
lanadi. Ushbu piramidadan ko‘rinib turibdiki, suitsid profilaktikasi bilan
bog‘liq asosiy yuk suitsidologga emas, balki
boshqa soha mutaxassisla-
riga yuklanadi. Biroq suitsidolog bunday holatlarni nazoratga oluvchi,
statistikani yurgizuvchi va metodologik yordamni tashkil qiluvchi asosiy
mutaxas sisdir.