1. 29-rasm. Bir (a) va uch fazali (b) transformatorlar yuksiz ishlash tajribasi




Download 285.83 Kb.
Sana11.03.2024
Hajmi285.83 Kb.
#169918
Bog'liq
3-lab
Кulol. loyiha. Ishchi, 11-SINF Informatika va AT, sadaassfsasdasdasdaadsassfasg, 2-Ma\'ruza, Shaxmat-sexrli-olam-to-garak-34-soat, Mámleketlik tilde is júrgiziw 2021 (1), Документ Microsoft Word (15), Diskret Mustaqil ish, O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish - копия (5) - копия - копия, ABROR, ‘zbekisto n respublikasi oliy va ‘rta maxsus t a ’lim vazirlig I, 4test 2 chorak, 7-sinf 3-chorak1- 2 variant (2), nestle

YUksiz ishlash tajribasi. YUksiz ishlash deb transfor­mator­ning shunday ishlash rejimi nazarda tutiladiki, unda birlamchi chulg‘amga turli qiymatlarda kuchlanish ulab, ikkilamchi chulg‘am uzilgan, ya’ni yuklanishga ulanmagan ( ) bo‘ladi. Bunday holat uchun kuchlanishlar va toklar tenglamalari quyidagi shaklga keladi
(1.40)
Transformator yuksiz ishlaganda foydali quvvat nolga teng bo‘lgani uchun, transformatorning kirishidagi yu.i. quvvati magnit o‘zakdagi magnit quvvat isrofi (gisterezis va uyurma toklar isroflari)ga, hamda faqat birlamchi chulg‘amdagi Joul (misdagi) isroflari I02r1 (chulg‘amdagi tok oqishi sababli uning qizishi)ga sarf bo‘ladi.
Biroq, I0 tokning kichik ekanligini e’tiborga olib (uning qiymati nominal tok I1nom ning 2-10% dan katta emas), elektr I02r1 isroflarni e’tiborga olmaslik va transformatorning barcha yu.i. quvvati magnit o‘zakdagi magnit quvvatlardan iborat, deb hisoblash mumkin. Shu sababli magnit isroflarni transforma­torda yu.i. isroflari, deb qabul qilingan.
Transformator yuksiz ishlash tajribasi 1.29,a-rasmda kel­tirilgan sxemadan foydalanib bajariladi. Sxemaga ulangan elektr o‘lchov asboblari komplekti bevosita birlamchi chulg‘amga keltirilgan kuch­lanish , ikkilamchi chulg‘am­dagi kuchlanish , yu.i. quvvati va yu.i. toki ni o‘lchash imkoniyatini beradi.

1.29-rasm. Bir (a) va uch fazali (b) transformatorlar yuksiz ishlash tajribasi
sxemalari
Bir fazali transformator birlamchi chulg‘amiga, aksariyat, kuchlanishni 0 dan 1,15·U1nom gacha ravon oshirish imkonini beruvchi bir fazali kuchlanish rostlagichi (BKR) dan beriladi. Bunda, tahminan bir hil oraliqda yu.i. toki oshirilib, barcha o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari yozib olinadi. Shundan so‘ng yu.i. tavsiflari: yu.i. toki Io, yu.i. quvvati va yu.i. quvvat koeffitsienti ning kuchlanishga bog‘liqligi (1.30-rasm) quriladi.

1.30-rasm. Transformator yu.i. tavsiflari

Bu tavsiflarning egri chiziqli ekanligi magnit o‘zakning to‘yingan holatiga bog‘liq bo‘lib, kuchlanish U1 ning ma’lum qiymatidagina yaqqol tus oladi.


Uch fazali transformatorning yu.i. tajribasi bajarilishida birlamchi chulg‘am U1 kuchlanishi biror uch fazali kuchlanish rostlagichi UFKR (1.29,b-rasm) yordamida boshqariladi. Yuksiz ishlash tavsiflari uchchala faza tok va kuchlanishlarining o‘rtacha qiymatlari uchun quriladi
(1.41)
(1.42)

Bir fazali transformator uchun quvvat koeffitsienti quyi­dagicha aniqlanadi


(1.43)
(1.44)
Bunda va - bir fazali vattmetrlarning ko‘rsatkichlari; va -kuchlanish va toklarning faza qiymatlari.
Yuksiz ishlash tajribasi natijasi bo‘yicha quyidagilar aniq­lanadi:
transformatsiyalash koeffitsienti
k = U1/U20 = wl/w2;
kuchlanish nominal U1nom bo‘lgandagi yu.i. toki (nominalga nisbatan protsentda)
i0=(Ionom/I1nom)100%. (1.45)
yu.i. quvvat isrofi R0.
Uch fazali transformatorlarning yu.i. rejimida fazalardagi toklar teng emas va nosimmetrik tizimni tashkil qiladilar (§ 1.8ga qarang), shu sababli quvvat R0 ni ikki vattmetr usuli (1.29,b-rasmda keltirilganidek) yoki uch vattmetr usuli yordamida o‘lchash zarur. Yu.I. rejimida 1.31-rasmdagi almashtirish sxemasining birlamchi shoxobchasi kuchlanishlar pasayuvi juda kichik miqdor bo‘lganligi sababli, sezilarli xatoga yo‘l qo‘ymasdan, magnitlovchi shoxobcha parametrlarini hisoblashda quyidagi ifodalarni qo‘llash mumkin:
(1.46)
(1.47)
(1.48)
Aksariyat, umum mo‘ljal katta va o‘rta quvvatli transfor­matorlarda nominal birlamchi kuchlanish bo‘lganda yu.i. tokining miqdori i0=10÷0,6% dan oshmaydi. Agar nominal kuchlanish U1nom ga mos bo‘lgan amaldagi yu.i.toki I0nom va yu.i. quvvati P0nom katalogdagi shu transformator ko‘rsatkichlaridan katta bo‘lsa, bu shu transformatorning nosozligidan darak beradi: chulg‘amlarda qisqa tutashgan o‘ramlar mavjudligi yoki magnit o‘zak plastinalarida tutashliklar borligidan darak beradi.

1.31-rasm. Transformatorning yuksiz ishlash almashtirish sxemasi

Misol 1.4. Yuqorida 1.30-rasmda uch fazali transformator­ning yu.i. tavsiflari keltirilgan bo‘lib, pasport qiymatlari quyidagicha: Snom=100kV·A; Ulnom,/U2nom=6,3/0,22 kV; chulg‘amlar ulanish Y/Y. Transformator almashtirish sxemasi magnitlovchi shoxob­chasining parametrlari zm, rm va xt xamda QK chulg‘ami faza kuch­lanishi U2f = 127 V nominal bo‘lganda yu.i. toki aniqlansin.


Echish. Magnitlovchi shoxobcha to‘la qarshiligi (1.46) dan

Magnitlovchi shoxobcha aktiv qarshiligi (1.47) dan ,

Magnitlovchi shoxobcha induktiv qarshiligi (1.48) dan

Yuksiz ishlash toki (1.45) dan

bunda tokning QK chulg‘amidagi nominal tok

bunda U2nom— ikkilamchi kuchlanishning liniya qiymati.
Qisqa tutashuv tijribasi. Transformatorning qisqa tutash­uvi (q.t.) shunday rejimki, unda ikkilamchi chulg‘am klemmalari qisqa tutashgan bo‘lib (zn=0), bu chulg‘amdagi kuchlanish nolga teng bo‘ladi (U2=0). Ekspluatatsiya sharoitida, transforma­torga to‘la kuchlanish U1nom ulanganda, qisqa tutashuv avariya rejimi hisob­lanadi va transformator uchun katta xavf tug‘diradi.
Q.t. tajribasi o‘tkazishda bir fazali transformatorning QK chulg‘ami qisqa tutashtiriladi (1.32,a-rasm), YuK chulg‘amiga esa pasaytirilgan kuchlanish beriladi, kuchlanish rostlagichi bilan UK.nom gacha asta oshirib, birlamchi (I1k=I1nom) va ikkilamchi (I2k=I2nom) chulg‘amlardagi toklar nominal qiymatlarigacha etkaziladi. Shu tariqa o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari yozib olinadi va q.t. tavsiflari: q.t. toki I1K, q.t. quvvati Rk, va quvvat koeffit­sientining kuchlanishga bo‘lgan bog‘liqligi quriladi (1.33-rasm).
Uch fazali transformator bo‘lganda tajriba 1.32,b-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha bajariladi, q.t. kuchlanishi va q.t. toki uchchala faza ko‘rsatkichlarining o‘rtacha arifmetik qiymatlaridan olinadi

1.32-rasm. Bir (a) va uch fazali (b) transformator qisqa tutashuv
tajribasi sxemasi


(1.49)

(1.50)


Q.t. dagi quvvat koeffiuienti quyidagicha aniqlanadi


cosφk=Rk/(3UkI1k), (1.51)
bunda uch fazali transformator aktiv quvvati ikki vattmetr usuli bilan o‘lchanadi. Unda q.t. quvvati quyidagicha bo‘ladi
(1.52)

Ushbu (1.52) tenglikda PK i RK — bir fazali vattmetrlarning ko‘rsatkichlari, Vt.





1.33-rasm. Transformator q.t. tavsifi

Qisqa tutashuv tajribasida transformator chulg‘amlaridagi nominal tokni ta’minlaydigan kuchlanish qisqa tutashuv nominal kuchlanishi deyiladi va, aksariyat, nominal kuchlanishga nisbatan foizda hisoblanadi va transformator pasportida keltiriladi


(1.53)
Kuchli transformatorlar uchun = (5-10)·U1HOM , %.
Yuqorida keltirilgan (1.20) ga ko‘ra, magnit o‘zakdagi magnit oqim birlamchi kuchlanish U1ga proporsionaldir. Ammo bu kuchlanish q.t. vaqtida 10·U1HOM %dan oshmasligi sababli magnit oqim ham juda kichik bo‘ladi. Bunday kichik magnit oqimni hosil qilish uchun shunchalar kichik magnitlovchi tok kerak bo‘ladiki, tokiga nisbatan uni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Shuning uchun qisqa tutashgan transformatorning toklar tenglamasida quyida­gicha bo‘ladi almashtirish sxemasida esa magnitlovchi shoxobcha bo‘lmaydi (1.34,a-rasm).
Bunday almashtirish sxemasi uchun kuchlanishlar tenglamasini quyidagicha yozish mumkin
, (1.55)
yoki (1.56)
Qisqa tutashuvda transformatorning to‘liq qarshiligi
(1.57)
bunda va — qisqa tutashuv qarshiligi ning aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari.
Transformatorning qisqa tutshuv toklar (1.54) va kuchlanishlar (1.55) tenglamalaridan foydalanib, q.t. tajribasi uchun vektor diagrammasini quramiz (1.34,b-rasm).

1.34-rasm. Transformatorning qisqa tutashuv almashtirish sxemasi (a) va vektor diagrammasi (b)


(1.54)
Diagramma qurishni kuchlanish vektoridan boshlaymiz. So‘ngra kuchlanishga nisbatan φk burchagi ostida tok vektori I1K = –I2K ni o‘tkazamiz. Birlamchi, so‘ngra ikkilamchi chulg‘amlardagi kuchlanishlar pasayuvi , va , vektorlarini qo‘yib, AOV to‘g‘ri burchakli uchburchakni hosil qilamiz. Bu uchburchak qisqa tutashuv uchburchagi deyiladi. Uchburchakning tomonlari quyidagilarga teng bo‘ladi

bunda
(1.58)
bu erda Uk.a Uk.r — qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari, V.
Qisqa tutashuvdagi almashtirish sxemasining to‘liq, aktiv va induktiv qarshiliklari quyidagicha bo‘ladi
(1.59)
(1.60)
(1.61)
Aniqlangan qarshiliklar va , quvvat , quvvat isrofi cosφk miqdorlari ishchi harorat +750S ga keltirish kerak
(1.62)
(1.63)
(1.64)
. (1.65)
Bu erda - chulg‘am harorati θ1 bo‘lgan qisqa tutashuv aktiv qarshiligi;
α=0,004 - mis va alyuminiy uchun qizishdan kengayish koeffit­sienti.
Qisqa tutashuv tajribasida asosiy magnit Fmax maydoni birlamchi chulg‘amda nominal kuchlanish bo‘lgandagi magnit oqimning birnecha foizini tashkil etganligi sababli, q.t. dagi magnit isroflarini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Demak, transfor­matorning q.t. dagi olayotgan quvvati to‘laligicha chulg‘amlardagi elektr isroflarga sarflanar ekan

Bundan so‘ng, q.t. quvvati ishchi harorat +75 °S ga keltiriladi

Misol 1.5. Quvvati 100 kV·A, liniya kuchlanishlari 6,3/0,22 V, chulg‘amlar ulanishi Y/Y (kuchlanish QK chulg‘amlarigi ulangan) uch fazali transformator q.t. tajribasi o‘lchov asboblar natijalari 1.1-jadvalda keltirilgan. Q.T. tavsivlarini quring:
q.t. toki ning kuchlanish ga bog‘liqligi;
q.t. quvvati ning kuchlanish ga bog‘liqligi;
q.t. quvvati koeffitsienti ning kuchlanish ga bog‘liq­ligi.
Echish. Quyida 1.1-jadvalda q.t. tajribasi natijasida olingan parametrlarning bo‘lgandagi faza nominal q.t. kuchlanishi ga mos keluvchi qiymatlari keltirilgan.
1.1-jadval


izmereniya

UkA, B

UkB, B

UkC, B

IkA, A

IkB, A

IkC, A

Pk, Bt

1
2
3
4

64
105
147
191

63
105
146
189

62
103
145
190

2,9
5,1
7,2
9,2

3,0
5,0
7,0
9,2

3,1
5,0
7,2
9,1

190
513
1040
1780

Uch faza uchun q.t.dagi faza kuchlanishlarinig o‘rtacha qiymatlari (1.49)dan


Uk.nom = (191 +189 +190)/3 = 190 V.
Uch faza uchun q.t. tokining o‘rtacha qiymati (1.50)dan
I1k=(9,2+9,2+9,1)/3=9,15A.
Q.t. tajrabasidan transformator almashtirish sxemasi parametrlari: - (1.59) dan q.t. to‘la qarshiligi
zk=Uk.nom/I1nom=190/9,15=20,8Om;
- Q.t. quvvati ifodasidan Pk = I1k2rk q.t. aktiv qarshiligini aniqlaymiz
rk = Pk /(3 I12nom)=1780/(3·9,152) = 7,1 Om;
- Q.t. induktiv qarshiligi (1.61) dan

Tajribalar o‘tkazilayotganda transformator chulg‘amlarining harorati θ1=20°S, deb hisoblab, hosil qilingan qiymatlarni chulg‘amlar qizishi natijasida hosil bo‘lgan harorat +750 C ga keltiramiz: q.t. aktiv qarshiligi (1.62) ifodadan aniqlanadi
rk75= 7,1[1 + 0,004(75 - 20)] = 8,6 Om;
q.t. to‘la qarshiligi

q.t. quvvati (1.64) ifodadan aniqlanadi
Rk75=3I1k2rk75=3·9.152·8.6 =2160 Vt;
Quvvat koeffitsienti
cosφk75 = rk75 /zk75= 8.6/21.5 = 0,40;
q.t. kuchlanishi (1.65)dan
uk75 =( I1k zk.75/Ulmm)100 = (9,15·21,5·√3/6300)l00 = 5,4%.
Shunday tartibda q.t. tokining boshqa qiymatlari uchun q.t. parametrlarini hisoblaymiz. Hisoblashlar natijalarini 1.2-jadvalga kiritamiz, so‘ngra qisqa tutashuv tavsiflarini quramiz (1.33-rasm).
1.2-jadval

№ izmereniya

Uk,V

I1k,A

Rk75,VT

cosφk75

1
2
3
4

65
108
152
190

3
5
7
9,15

230
620
1260
2160

0,40
0,40
0,40
0,40

Download 285.83 Kb.




Download 285.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. 29-rasm. Bir (a) va uch fazali (b) transformatorlar yuksiz ishlash tajribasi

Download 285.83 Kb.