Xalq ta’limi
boshqarmasi,
Namangan davlat universiteti
hamda Namangan muhandiklik-
qurilish institutining 2022-yil
1, 5, 7-apreldagi
47, 61, 88-sonli
qo‘shma buyrug‘iga 3-ilova
Namangan viloyati Umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida
(Namangan muhandislik-qurilish instituti fan olimpiadasi) informatika va axborot
texnologiyalari fani bo‘yicha olimpiada o‘tkazish to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabirdagi
“Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
ilmiy
tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 4851-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-
yil 9-sentabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim
tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar
maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro
olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi
562-sonli qarori hamda 2022-yil 9-martdagi 87-02-313-sonli xati ijrosi ta’minlash va
kelgusida Namangan muhandislik-qurilish institutida iqtidorli o‘quvchilarini
saralash
maqsadida Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari
o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Namangan muhandislik-
qurilish instituti fan olimpiadasini (Keyingi o‘rinlarda Olimpiada deb yuritiladi)
tashkil
etish, o‘tkazish hamda olimpiada g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.