• IV. Olimpiadaning viloyat bosqichini o‘tkazish tartibi
  • III. Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichini o‘tkazish tartibi




    Download 3.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana30.07.2023
    Hajmi3.33 Mb.
    #77641
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    47.61.88-sonli Qo\'shma buyruq
    6-maktab betlik, Maqola, Nazorat ishi-3 ( 7-sinf ) (2), Malumotnoma M.I.Jurayev, 52-мактаб сайлов таркиб, matem-dtm-30-1
     
    III. Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichini o‘tkazish tartibi 
    1. Olimpiadaning birinchi bosqichini o‘tkazish mas’uliyati tuman (shahar) xalq 
    ta’limi bo‘limi rahbarlarining zimmasiga yuklanadi.
    2. Birinchi bosqich uchun testlar institut tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tayyorlanib, 
    maxfiyligi ta’minlangan holda, olimpiada o‘tkaziladigan kuni maxsus vakillar tomonidan 
    yetkaziladi. 
    3. Olimpiadaning birinchi bosqichi yakunlari tashkiliy qo‘mita yig‘ilishida ko‘rib 
    chiqiladi hamda II bosqichda ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati tasdiqlanadi. 
    IV. Olimpiadaning viloyat bosqichini o‘tkazish tartibi 
    1. Olimpiadaning viloyat bosqichini tashkil etish xalq ta’limi boshqarmasi va institut 
    rahbarlari zimmasiga yuklanadi. 


    2. Viloyat bosqichi uchun informatika va axborot texnologiyalari fanidan oflayn 
    testlar institut xodimlari tomonidan malakali mutaxassislarni jalb qilingan holda maxfiyligi 
    ta’minlangan tarzda tayyorlanadi.
    3. Tayyorlangan oflayn testlar institut vakillari tomonidan (muhrlanib) konvertlanadi. 
    Muhrlangan konvertlar olimpiada o‘tkazilayotgan hududga institutning mas’ul xodimlari 
    tomonidan yetkaziladi. 
     
    V. Olimpiadaning OTM bosqichini o‘tkazish tartibi 
    1. Olimpiadaning OTM bosqichini tashkil etish institut rahbarlari zimmasiga 
    yuklanadi. 
    2. OTM bosqichi uchun informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy 
    masalalar institut xodimlari tomonidan malakali mutaxassislarni jalb qilingan holda 
    maxfiyligi ta’minlangan tarzda tayyorlanadi.
    3.Tayyorlangan amaliy masalalar institut vakillari tomonidan (muhrlanib) 
    konvertlanadi. Muhrlangan konvertlar olimpiada o‘tkazilayotgan hududga institutning 
    mas’ul xodimlari tomonidan yetkaziladi. 
     
    VI. Hakamlar hay’ati 
    1. Olimpiadaning barcha bosqichlarini o‘tkazish uchun 5-7 kishidan iborat hakamlar 
    hay’ati tarkibi tuziladi va tashkiliy qo‘mitalar tomonidan tasdiqlanadi.
    2. Hakamlar hay’ati quyidagi vazifalarni bajaradi: 
    a) olimpiada ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ishlarni tasdiqlangan baholash 
    mezonlari asosida tekshiradi, baholaydi va g‘oliblarni aniqlaydi;
    v) olimpiada natijalarini, olimpiada qatnashchilari va jamoa rahbarlari ishtirokida 
    e’lon qiladi;
    g) o‘tkazilgan olimpiada natijalari haqida tashkiliy qo‘mitaga batafsil hisobot beradi 
    va zarur hujjatlarni taqdim etadi. 
    3. Hakamlar hay’ati tarkibiga tavsiya qilingan a’zolar olimpiadaning faqat bitta 
    bosqichida ishtirok etadilar. 
    4. Fan bo‘yicha tuzilgan hakamlar hay’ati a’zolari o‘zlari orasidan hakamlar hay’ati 
    raisini saylaydilar.

    Download 3.33 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 3.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichini o‘tkazish tartibi

    Download 3.33 Mb.
    Pdf ko'rish