• 1.5-rasm. Uchburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslarini hisoblash blok sxemasi.
  • 1.7-rasm. Tarmoqlanishning umumiy ko‘rinishi.
  • 1.9-rasm. Qisqartirilgan strukturaning umumiy ko‘rinishi
  • 1.10-rasm. Berilgan x, y, z sonlar ichidan eng kattasini topish blok-sxemasi
  • 1.11-rasm. Hisoblash blok-sxemasi
  • 1. 5-rasm. Uchburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslarini hisoblash blok sxemasi




    Download 0.71 Mb.
    Sana24.11.2022
    Hajmi0.71 Mb.
    #31656
    Bog'liq
    Dasturlash asoslari.Gulnoza
    MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya

    Chiziqli va tarmoqlanadigan algoritmlarni amalga oshirish. Konsol dasturini yaratish
    Har qanday murakkab algoritmni ham uch asosiy struktura yordamida tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, ayri va takrorlash strukturalaridir. Ushbu strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
    - chiziqli algoritmlar;
    - tarmoqlanuvchi algoritmlar;
    - takrorlanuvchi algoritmlar;
    - ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi algoritmlar;
    - rekurrent algoritmlar;
    - takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar;
    - ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.

    1.4-rasm. Chiziqli algoritmlar blok–sxemasining umumiy tuzilishi
    Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga - chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy tuzilishi 1.4-rasmda keltirilgan.
    1-misol. Uchburchak tomonlarining uzunligi bilan berilgan. Uchburchakka ichki r va tashqi R chizilgan aylanalar radiuslarini hisoblang.


    1.5-rasm. Uchburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslarini hisoblash blok sxemasi.


    Masalani yechish jarayoni chiziqli hisoblanadi, chunki boshlang‘ich ma’lumotlar kiritilgach, munosabatlarning qiymati dasturda joylashgan tartibda hisoblanadi, ya’ni dastlab x, so‘ng - y qiymati va nihoyat z natija hisoblanadi. Mazkur jarayonning blok-sxemasi 1.6-rasmda keltirilgan.

    1.6-rasm. Hisoblash blok-sxemasi.
    Tarmoqlanuvchi algoritmlar
    Agar hisoblash jarayoni biror-bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlari tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlarni tasvirlash uchun “ayri” tuzilmasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi tuzilmasi berilgan shartning bajarilishiga qarab ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishi ta’minlanadi (1.7-rasm).

    1.7-rasm. Tarmoqlanishning umumiy ko‘rinishi.
    Berilgan R-shart romb figurasi ichida tasvirlanadi. Agar shart bajarilsa, "ha" tarmoq bo‘yicha A-amal, aks holda (shart bajarilmasa) "yo‘q" tarmoq bo‘yicha V-amal bajariladi.


    1.8-rasm. Interval ko‘rinishidagi funksiya qiymatini hisoblash blok-sxemasi.
    Ko‘pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi algoritmning ikki tarmog‘idan biri, ya’ni «rost» yoki «yolg‘on»ning bajarilishi etarli bo‘ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi algoritmning xususiy holi sifatida qisqartirilgan strukturasi deb atash mumkin. Qisqartirilgan struktura blok-sxemasi quyidagi ko‘rinishga ega (1.9-rasm).

    1.9-rasm. Qisqartirilgan strukturaning umumiy ko‘rinishi
    2-misol. Berilgan x, u, z sonlari ichidan eng kattasini aniqlang. Ushbu masalaga mos matematik modelni quyidagicha tasvirlash mumkin: p = max{x, y,z}. Berilgan x, y, z sonlardan eng kattasi p deb belgilangan. So‘zlar orqali ifodalangan algoritm asosida masala echimini quydagicha tasvirlash mumkin:
    1) kiritish (x, y, z);
    2) agar ( x > u ) bo‘lsa, u holda p = x, aks holda p = u;
    3) agar (r < z ) bo‘lsa, u holda p = z;
    4) muhrlash (r). Keltirilgan algoritmga mos blok-sxema 1.10-rasmda
    r r < z sharti bajarilsa, u holda eng katta qiymat p= z deb olinadi, aks holda boshqarish navbatdagi amalga uzatiladi. Natijada p da uchta qiymatdan eng kattasi aniqlanadi.

    1.10-rasm. Berilgan x, y, z sonlar ichidan eng kattasini topish blok-sxemasi
    Ushbu masalani yechish algoritmining yana bir usulini ko‘rib chiqamiz. 1) kiritish (x, y, z); 2) p = x; 3) agar (p < y ) bo‘lsa, u holda p= y; 4) agar (p < z ) bo‘lsa, u holda p= z; 5) muhrlash (r). Bu algoritmga mos blok-sxema 1.11-rasmda tasvirlangan. Bu usulga asosan, avvalo sonlar ichida birinchisi eng kattasi deb faraz qilinadi, ya’ni p = x. So‘ngra har bir qadamda navbatdagi son – r ning qiymati bilan solishtiriladi va shart bajarilsa, u eng kattasi deb qabul qilinadi. Bu algoritmning afzalligi shundaki, uning asosida uchta va undan ko‘p sonlar ichidan eng kattasini (kichigini) topishning qulay imkoniyati mavjud.

    1.11-rasm. Hisoblash blok-sxemasi


    1.12-rasm. Hisoblash blok-sxemasi
    Download 0.71 Mb.




    Download 0.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. 5-rasm. Uchburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslarini hisoblash blok sxemasi

    Download 0.71 Mb.