1 A. X. O‘roqov




Download 10.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/101
Sana23.06.2022
Hajmi10.95 Mb.
#24296
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
O\'roqov tamirlash va saqlash
Reference-346211105004, 1-MAVZU, Молия, abdulla-qodiriy-romanlarida-badiiy-asar-poetikasi, Shashka talabnoma ko\'chalar kesimida namuna, Ijara rasm 28-maktab, KIRISH, Талабнома
Mahkamasining №352-sonli qarori “Umumiy foydalaniladigan avtomobil 
yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishalri tasnifiga kiritilayotgan o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar”ga va MShN-24 “Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash 
bo‘yicha texnik qoidalar” ga muvofiq qabul qilinadi.
Xizmat ko‘rsatiladigan yo‘llardagi yo‘l bo‘laklari bo‘yicha ishlarning 
tuzilmaviy hajmlarini avtomobil yo‘llarining pasporti tarkibiga kiruvchi 
muhandislik jixozlanish darajasini tavsiflaydigan yo‘llarning transport-foydalanish 
ko‘rsatkichlari asosida aniqlash lozim. 


413 
Yillik ish rejasi butun yo‘l xo‘jaligi bo‘yicha tuzilib, natural va pullik 
ko‘rsatkichli rejalarni o‘z ichiga oladi. Buning uchun har bir xizmat 
ko‘rsatiladigan TYEK avtomobil yo‘li bo‘lagi bo‘yicha “Avtomobil yo‘li 
bo‘lagining foydalanish varaqasi” tuziladi (01 shaklga qarang). Yillik ish 
hajmlarini aniqlashda 6 gr. dagi qiymatlarni 7 gr. da keltirilgan davriylik 
koeffistientlariga ko‘paytiriladi. 
Avtomobil yo‘lining bo‘lagiga bir necha brigada xizmat ko‘rsatgan hollarda 
foydalanish varaqasida ish hajmlarini xizmat ko‘rsatiladigan yo‘llarga muvofiq 
brigadalar bo‘yicha bo‘lish lozim (01-shakl, 4,5 grafalar). 
Ish va ish haqi me’yorlariga asos sifatida ENiR, VNiR, TNiR, ish turlari 
bo‘yicha mujassamlashgan kalkulyastiyalar, me’yoriy hujjatlar to‘plamlari, 
mahalliy me’yorlar va boshqalar xizmat qilishi mumkin.
01 shakl tuzilgach, yo‘l bo‘laklari bo‘yicha jami ma’lumotlarni 02 shakl 
“Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha yillik ish hajmlarining 
yig’ma hisobi”ga kiritish lozim. 
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash uchun sarf-harajatlar, 
xizmatchilar soni va ish haqi fondining rejali ko‘rsatkichlari yuqori tashkilotlar 
tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, kerak bo‘lgan hollarda ishlarning davriylik 
koeffistientlari va TYEK bo‘limlari, brigadlari bo‘yicha rejali topshiriqlarning 
taqsimlanishi hisobiga avtomobil yo‘li bo‘laklari bo‘yicha hisoblarga tuzatma 
kiritish lozim. 
Rejali ko‘rsatkichlarning choraklar bo‘yicha taqsimlanishini aniq iqlim 
sharoitlarining ta’sirini hisobga olib, tuziladigan yo‘llarni joriy ta’mirlash va 
saqlash bo‘yicha ishlarni bajarishning davriylik grafigi asosida tuzish lozim. 
Ishlarni bajarishning davriylik grafigi 03 shaklda keltirilgan. Har bir ishning 
bajarish kunlari soni haqidagi ma’lumotlarni yillik ish hajmiga nisbatan chorakdagi 
ish hajmini solishtirishda (% larda) foydalaniladi. Hisoblangan foizlarni avtomobil 
yo‘llarining har bir bo‘lagi nomenklaturasi bo‘yicha chorakdagi ish hajmlarini 
hisoblash uchun foydalanish lozim. Hisob 04 shakl bo‘yicha bajarilishi lozim. 


414 
03 va 04 shakldagi ma’lumotlar asosida yo‘l tashkilotining avtomobil 
yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha yillik ish rejalari tuziladi (05-shakl). 
Unda yo‘l tashkiloti bo‘yicha rejali yillik topshiriqlar va choraklarlar bo‘yicha sarf-
harajatlar hajmi, xodimlar soni, ish haqi fondi, hamda tashkilotning har bir bo‘limi 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatilayotgan yo‘llarning muhim, yirik bo‘laklari bo‘yicha 
sonlarni ajratib ko‘rsatilgan holda yig’ma ma’lumotlar keltirilish lozim. 06 shakl 
bo‘yicha yig’ma rejaning ko‘chirmalarini avtomobil yo‘llarni joriy ta’mirlash va 
saqlash ishlarini bajarayotgan har bir bo‘limga jo‘natish lozim.
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini chorak bo‘yicha 
rejalashtirish. 
Ishlab chiqarishni tezkor rejalashtirish avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va 
saqlash ishlarini boshqarish tizimidagi yakunlovchi bosqich bo‘lib, o‘z ichiga 
chorak, oy va yanada qisqa muddatlardagi rejali topshiriqlarni hisoblash va 
bajaruvchilarga etkazish, hamda shu topshiriqlarning bajarilishini tashkil etishni 
o‘z ichiga oladi. 
Chorak rejalarini ishlab chiqishda yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash 
bo‘yicha yig’ma yillik ish rejalarini choraklar bo‘yicha taqsimlanishi asos bo‘ladi 
(05-shakl). Bundan tashqari bahorgi va kuzgi ko‘rikdan o‘tkazish materiallari, 
mehnat va moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlanganlik haqidagi materiallardan 
ham foydalanish mumkin. 
Chorak rejalari chorak boshlanishidan 20 kun avvaldan kechiktirmay ishlab 
chiqiladi va yo‘l tashkilotining bo‘limlariga etkaziladi. 
Yo‘l tashkiloti bo‘yicha yig’ma chorak rejasi 07 shakldagi ko‘rsatilgan. 
Uning 06 shakldagi ko‘chirmasini yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini 
bajaruvchi har bir bo‘limiga yuborish lozim. 
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini oylik 
rejalashtirish.
Oylik rejalarni tuzishda quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi: chorak 
rejasining oylar bo‘yicha nazorat sonlari (07 shakl), xizmat ko‘rsatiladigan yo‘l 
bo‘laklarini tekshirish ma’lumotlari, sifatni nazorat qilish xizmatining mulohazasi 


415 
va takliflari; yo‘llardan foydalanish varaqalari ma’lumotlari; yillik yoki choraklik 
rejalarni bajarishdan orqada qolish mavjud bo‘lganda, bu ishlarni to‘liq yoki 
qisman bajarish uchun mehnat va material resurslar bilan qo‘shimcha ta’minlash 
imkoniyati; mehnat sarfi va boshqa resurslar rejali me’yori.
Oylik ishlab chiqarish dasturlari loyihasi katta ish yurituvchilar tomonidan 
tuziladi, yo‘l korxonasi rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqib tasdiqlanadi va 
rejalashtirilgan oy boshlanishidan 5 kun oldin ijrochilarga etkaziladi. 
Yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar dasturlarini ko‘rib 
chiqishda yo‘llarni mukammal va o‘rtacha ta’mirlash bo‘yicha ishlar bilan ularni 
bog’liqligi amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish dasturi yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar 
me’yoriy ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, bunda rejali hajmlar, mehnat sarfi, ish haqi 
sarfi ko‘rsatilib o‘tiladi. Bu bilan yillik va choraklik ishlarni tezkor rejalashtirishda 
o‘zaro bog’liqlik ta’minlanadi. Tezkor reja ko‘rsatkichlari ijrochiga 06 shaklda 
etkazilishi lozim.
Brigadalar bo‘yicha ishlar hajmini va ko‘rsatkichlarini taqsimlashni xuddi 
usha tartibda yo‘llarga xizmat ko‘rsatayotgan brigadalarga biriktirilgan ish 
hajmlariga muvofiq amalga oshirish kerak. Brigadalar bo‘yicha tezkor reja 
ko‘rsatkichlari vaqtbay-ishchilarga me’yorlashtirilgan topshiriqlarni va ishbay 
ishchilarga naryadlarni tuzishda ko‘rsatma hisoblanadi. 08 shaklda taqdim 
etiladigan brigadalar ishlari oylik reja-grafiklari iqqi qismdan tashkil topadi: 
yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlarni, ularni mehnat hajmini 
ko‘rsatgan holda va ishlarni bajarish ketma-ketligini hamda ular bo‘yicha 
ishchilarni taqsimlanishini ko‘rsatish bilan to‘plash. Ishlarni bajarishning va ularni 
rejalashtirish ta’sirini oshirishning haqiqiy sharoitini maksimal hisobga olish 
maqsadida grafikni hafta bo‘yicha bajarish talab etiladi. Rejalashtirilayotgan oy 
boshlanishidan oldin ushbu oy birinchi haftasi grafigi taqdim etiladi, grafik 
bajarilish davomida ikkinchi hafta grafigi tuzib bo‘linadi va xuddi shunda davom 
etadi. Zarur bo‘lgan hollarda alohida qatorda ish yurituvchi mashinalar va 


416 
mexanizmlar belgilanadi. “Izoh” grafasida asosiy materiallarga va yordamchi 
ishlab chiqarish mahsulotlariga bo‘lgan talab ko‘rsatiladi.
Brigada ishlari grafik-rejasida nazarda tutilgan mashinalarni yuklash va 
materiallarni etkazib berish bosh mexanik xizmati va yordamchi xo‘jalik ishlari 
rejasini tuzishda hisobga olinishi lozim. Hamma bo‘linmalar (yo‘l ustalari va ish 
yurituvchilar) bo‘yicha ish rejasini bajarishni har oyda nazorat qilishni 
rejalashtirish bo‘limi, ishlab chiqarish-texnika bo‘limi va hisob bo‘limi bilan 
birgalikda amalga oshiradi. Qurilish mashinalari va mexanizmlariga bo‘lgan 
ehtiyoj rejasini 3 bo‘limda bayon qilingan tartib, hisoblashlar natijalaridan 
foydalanib tuzish talab etiladi. Joriy ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha asosiy 
materiallarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish materiallar sarfini ishlab chiqarish 
me’yori asosida ishlab chiqiladi. Asosiy materiallarga bo‘lgan ehtiyojni tavsiya 
etilayotgan shakli 09 shaklda keltiriladi. Tuman yo‘l ekspluatastiya korxonasi 
(TYEK) avtomobil yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha yillik 
yig’ma rejani (05 shakl) hududiy yo‘ldan foydalanish tashkilotiga (HYFT) 
kelishish va tasdiqlash uchun taqdim etadi. 
AYHBB TYEK ning 05 shakldagi ma’lumotlari asosida yillik choraklar 
bo‘yicha (10 shakl) avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlari 
bo‘yicha yig’ma reja tuzadi va kompaniyaga taqdim etadi. 
AYHBB ning 10 shakldagi ma’lumotlari bo‘yicha kompaniya tomonidan 
rejalashtirilayotgan yilga avtomobil yo‘lini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha 11 
shaklda yig’ma jadval tuziladi. 


417 

Download 10.95 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Download 10.95 Mb.
Pdf ko'rish