• Gulxan yoqdi.
  • 1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq simlar




    Download 56.9 Kb.
    bet1/7
    Sana15.06.2022
    Hajmi56.9 Kb.
    #23760
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq si
    75c152257cc077c7a9851e4698e4f79c SHTURM-LIUVILL MASALASI. XOS SON VA XOS FUNKSIYALAR , Matematik-damino-oyini, Matematika-Turkmen , R.Djabbarova koshe, Geografiya, KL-Инструкция 8-73 по ОТ для электрослесарей и электромонтеров, занятых на тех.обслуживание и ГП кранов, 1-laboratoriya ishi, 17-mavzu. Informatika ta’limida o quvchilar bilish faoliyatini f, 1. G\'oyalar xilma-xilligi Demoktratiya va milliy g\'oya-fayllar.org, TEMURBEK BOLIBEKOV, 9-mavzu, talab takif va bozor, Language Processors, 21. 02.Axborot xati TAFU


    @GAP BO‘LAKLARI TAHLILI
    1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar,
    Agar aldamasa shu sovuq simlar,
    Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo,
    Sen beshik emassan, dorsan, tabiat,
    Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!..
    Ushbu she’riy parcha haqidagi noto‘g‘ri hukmni toping.
    A) tarkibida gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan “bo‘lak” mavjud
    *B) barcha kesimlar ot kesimga mansub
    C) tarkibida otlashgan so‘z bilan ifodalangan ega mavjud
    D) uch o‘rinda nomustaqil kesim qatnashgan
    2. Qaysi gapda uch xil gap bo‘lagi fonetik o‘zgarish asosida yozilgan?
    *A) Tegovchilar bu qoidabuzarlik ayblanuvchining o‘rnatilgan tartibni yaxshi anglamagani sababli yuzaga kelganini hisobga oldilar.
    B) Tovushlarning shirin-achchig‘i,
    Bordur hatto yumshoq-qattig‘i.
    C) Atmosfera yo‘qligi sababli Oy yuzasi yo haddan ziyod issiq, yo nihoyatda sovuq bo‘ladi.
    D) Beshafqat shamol sovuqdan qaltirayotgan daraxtning so‘nggi yaprog‘ini ham uchirib ketdi.
    3. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida yaxshi natijalarga erishayotganingiz viloyatda islohotlarning izchil amalga oshirilayotgani, odamlarda o‘z yeri, o‘z mulkiga nisbatan egalik tuyg‘usi shakllanayotgani, mehnatga munosabatning o‘zgarayotganidan yaqqol dalolatdir.
    Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllari qaysi gap bo‘laklari vazifasini bajargan?
    A) aniqlovchi, hol B) aniqlovchi, ega C) aniqlovchi, to‘ldiruvchi *D) ega, to‘ldiruvchi
    4. Kechagi g‘amin o‘ylasa obdon,
    Bukchayib qolardi bugun odamzod.
    Ushbu gapda ravish turkumiga oid so‘zlarning sintaktik vazifasi ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
    A) aniqlovchi, hol, hol B) aniqlovchi, hol C) hol, hol, hol *D) hol, hol
    5. Taqdir kuldi, o‘lim tegmasdan
    O‘tib ketdi, qilmadi jur’at.
    Netay, axir so‘nggi minutda
    Pistoletim qildi xiyonat.
    She’riy parchadagi yasama so‘zlar haqidagi noto‘g‘ri fikrni aniqlang.
    A) Yasama so‘zlar uchta mustaqil so‘z turkumiga tegishli.
    B) 2 ta affiksatsiya usulida, 2 ta kompozitsiya usulida yasalgan so‘zlar ishtirok etgan.
    *C) Sodda yasama so‘zlar bir turkumga oid so‘zlardan hosil qilingan.
    D) Uchta yasama so‘z gaping bosh bo‘laklari vazifasida kelgan.
    6. Shaharda yangi bino qurdi.
    Ushbu gapning kesimi majhul nisbatdagi fe’lga aylantirilganda sodir bo‘ladigan grammatik o‘zgarish(lar) to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
    1) fe’lda ifodalangan zamon ma’nosi o‘zgaradi; 2) o‘timli-o‘timsizlik ma’nosi o‘zgaradi; 3) ushbu gapning to‘ldiruvchisi egaga aylanadi; 4) ushbu gap egasi yashiringan gapga aylanadi
    *A) 2, 3 B) 2 C) 1, 2 D) 1, 2, 3, 4
    7. Bu g‘ayratli va ishbilarmon chorvador baquvvat qo‘llari bilan dilkash suhbatdoshini beg‘uborlik va iliqlik bilan quchib, samimiy ko‘rishdi.
    Mazkur gap tarkibidagi sodda yasama otlar qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
    *A) ega, to‘ldiruvchi, hol
    B) ega, aniqlovchi
    C) ega, hol, kesim
    D) aniqlovchi, to‘ldiruvchi
    8. Sening mo‘jaz yuraging mo‘jizalarga to‘la ekanligini birinchi bor uchratgandayoq anglagan, his qilgan edim.
    Ushbu gapda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlarning gapdagi vazifasini aniqlang.
    1) ega; 2) kesim; 3) aniqlovchi; 4) to‘ldiruvchi; 5) hol.
    A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4, 5 *C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
    9. Hayot go‘zal, yashash maroqli. Biroq inson uchun eng qadrli narsa, ya’ni umr qisqa. Shundan bo‘lsa kerak, inson borki, hamma vaqt bu dunyoning go‘zalliklaridan bahra olishga, u in’om etgan ne’matlardan tatishga intilib yashaydi. Bu istak ba’zan insonni baxtli qilsa, ba’zan uning umrini zavol qiladi.
    Ushbu matn tarkibida otdan yasalgan sodda yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan?
    A) sifatlovchi aniqlovchi, vositali to‘ldiruvchi, kesim
    B) ega, sifatlovchi aniqlovchi, ravish holi, kesim
    *C) ega, kesim, sifatlovchi aniqlovchi
    D) ega, sifatlovchi aniqlovchi, vositali to‘ldiruvchi
    10. Muallim va ustoz shuurimizni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli xislatlar bilan chiroy va oro kasb etadi, tushuntirish bilan odamni foydasiz narsalardan xalos etadi, insonni chin ma’noda komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalbiga joylaydi.
    Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlarning sintaktik vazifasini toping.
    *A) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim
    B) aniqlovchi, kesim, hol
    C) ega, hol, aniqlovchi, kesim
    D) ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim
    11. Ushbu kechada Vatan himoyasi uchun jon fido etgan o‘g‘lonlarimizning onalari mardonalik bilan ko‘ksini qalqon qilgan farzandlari haqida faxrlanib gapirdi.
    Ushbu gapda ishtirok etgan yordamchi so‘zlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
    A) ravish holini shakllantirgan ko‘makchi ishtirok etgan
    B) vazifadosh ko‘makchilar qatnashmagan
    C) mustaqil to‘ldiruvchini shakllantirgan ko‘makchi ishtirok etgan
    *D) ko‘makchilar kesimga faqat bevosita tobelangan gap bo‘laklarini shakllantirgan
    12.Chodir eshigiga osilgan kimxob parda Humoyunning qo‘liga mayin va salqin tegdi.
    Berilgan gapda bitishuv munosabatli so‘z birikmalaridagi tobe qismlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
    A) ega, hol *B) aniqlovchi, hol C) hol, to‘ldituvchi D) aniqlovchi, hol, ega
    13. Mustaqillik yillarida hayotimizda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi.
    Ushbu parchadagi yasama so‘zlar haqida berilgan qaysi hukm to‘g‘ri emas?
    A) Besh o‘rinda yasama so‘z qatnashgan.
    B) Shakl yasovchi qo‘shimchalar bilan omonim bo‘la oladigan so‘z yasovchi qo‘shimchalar qatnashgan.
    C) Ikkita sodda gapning ham egasi va kesimi yasama so‘z bilan ifodalangan.
    *D) Sifat asosli bitta yasama so‘z qatnashgan.
    14. Chindan ham yangamni hech kimga ravo ko‘rmay rashk qilardim, uning quvnoqligi, o‘zini erkin tutishi bilan faxrlanardim. Nega shundayligini o‘zim ham bilmas edim.
    Ushbu parchadagi ikki marta tovush o‘zgarishi kuzatilgan so‘zlar qaysi gap bo‘laklari vazifasini bajargan?
    A) ega, to‘ldiruvchi, kesim B) to‘ldiruvchi, kesim, kesim
    *C) to‘ldiruvchi, to‘ldiruvchi D) to‘ldiruvchi, to‘ldiruvchi, kesim
    15. O‘zbek oyimning orzu-havas, to‘y-tomoshalarni shartta kesib qo‘ygan bu uylanishga qanday qarashi, albatta, ma’lum edi.
    Berilgan gapda kelishiklar qaysi gap bo‘lagini shakllantirgan?
    *A) qaratqich aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi, vositali to‘ldiruvchi
    B) qaratqich aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi, maqsad holi
    C) qaratqich aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi, sabab holi
    D) qaratqich aniqlovchi, vositali to‘ldiruvchi, maqsad holi
    16. 1. Ko‘p yillar avval kimdandir qattiq xafa bo‘ldim va hech kim bilan gaplashmay qo‘ydim.
    2. O‘shanda onam ko‘zimga uzoq termulib o‘tirib, hech yodimdan chiqmaydigan shu so‘zlarni aytdi:
    3. – O‘g‘lim, sening dog‘ingda jon-u jahonim otash-alangaga aylanib yonib ketganida birovlar etagining uchi ham tutamaydi.
    4. Nega meni kuydirasan, bolam?!
    5. Onamning o‘sha gaplarini eslasam, har gal tomog‘imga bir nima tiqilib qolaveradi.
    Ushbu matndagi qaysi gaplarda ikki ma’noviy turdagi olmoshlar bir xil sintaktik vazifani bajargan?
    A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 5 *C) 1, 3 D) 1, 2, 3
    17. Quyida berilgan matnda nutqdan tashqari shaxs ma’nosini bildiruvchi kishilik olmoshlari qanday bo‘lak vazifasini bajargan?
    Al-Xorazmiy 873-yilda tavallud topgan. U algebra va geometriya, geografiya fanlarining rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Al-Xorazmiyning “Al-jabr” kitobi uch qismdan iborat. Unda oltmishdan ortiq murakkab masalalarni tenglama yordamida yechish ko‘rsatilgan. U bu kitobi orqali bizga juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan va ilm-fan taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.
    A) ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi B) ega va to‘ldiruvchi
    C) to‘ldiruvchi *D) ega
    18. Yaxshiga yaxshi nom fe’lidan yetar,
    Sha’niga barcha el rahmatlar aytar,
    Yomon bag‘rini tosh aylasa, yaxshi –
    Yurak qo‘ri bilan toshni eritar.
    Berilgan she’riy parchadagi otlashgan sifatlar qanday gap bo‘laklari vazifasida kelgan?
    A) vositali to‘ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim
    B) vositasiz to‘ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim
    *C) vositali to‘ldiruvchi, ega, ega
    D) vositasiz to‘ldiruvchi, ega, ega
    19. Mustaqillik sharofati bilan hayotimizda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi.
    Ushbu gapda yasama so‘zlar qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajargan?
    A) 1 o‘rinda sifatlovchi aniqlovchi, 2 o‘rinda ega, 2 o‘rinda kesim
    B) 1 o‘rinda sifatlovchi aniqlovchi, 2 o‘rinda kesim
    C) 1 o‘rinda sifatlovchi aniqlovchi, 1 o‘rinda ega, 1 o‘rinda kesim
    *D) 1 o‘rinda qaratqich aniqlovchi, 2 o‘rinda ega, 2 o‘rinda kesim
    20. O‘zimniki emas bu umr,
    To‘la menikimas, sezib turibman.
    Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir,
    Men uning uchun ham yashab yuribman.
    Ushbu gapda olmoshlar haqida berilgan nechta hukm noto‘g‘ri?
    1) ma’noviy jihatdan 3 turga mansub olmosh qatnashgan; 2) olmoshlar faqat bosh bo‘lak vazifasini bajargan;
    3) egaga bitishuv usulida tobelangan olmosh qatnashgan; 4) ega vazifasini bajarga 2 ta olmosh qatnashgan
    *A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta
    21. 1. Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar.
    2. Yaxshi so‘z bilan ilonni inidan chiqar.
    Ushbu gaplar haqida berilgan quyidagi qaysi fikrlar noto‘g‘ri?
    1) har ikkala gap ifoda maqsadiga ko‘ra bir turga mansub; 2) har ikkala gapda ega bir xil so‘z turkumi bilan ifodalangan; 3) har ikkala gapning kesimida qatnashgan qo‘shimchalar bir xil vazifani bajarishga xizmat qilgan; 4) ikkala gapning kesimlari tarkibida omonim qo‘shimchalar qatnashgan
    A) 1, 4 *B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 2, 3, 4
    22. Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
    Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol?
    Nechun qora libos, sochlaringda oq,
    Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?
    She’riy parchada olmosh turkumiga oid so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan?
    1) kesim; 2) ega; 3) to‘ldiruvchi; 4) aniqlovchi; 5) hol
    *A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5
    C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4
    23. Qaysi gapda uch xil gap bo‘lagi turdosh ot bilan ifodalangan?
    *A) Ma’lumki, o‘simliklar, asosan quyosh nuridan quvvatlanadi.
    B) Samiyaxon kutubxonamizning faol kitobxonlaridan biridir.
    C) Shohim, Alisherga ozor bermang, u buyuk odam.
    D) Erkin yosh avlodlar senga zo‘r qanot.
    24. “Bu bevafo va yolg‘onchi dunyoda yomonlikka yaxshilik qiladiganlardan ko‘ra yaxshilikka yomonlik qiladiganlar ko‘proq”, – dedi otasi kuyinib.
    Ushbu gapdagi sodda yasama so‘zlar qanday gap bo‘laklari vazifasini bajargan?
    1) sifatlovchi aniqlovchi; 2) vositasiz to‘ldiruvchi;
    3) vositali to‘ldiruvchi; 4) ega
    *A) 1, 3, 4 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 1, 2, 3
    25. Quyoshing shundadir, oying shundadir,
    Zuvalang – qorilgan loying shundadir,
    Shunda qolajaksan – joying shundadir.
    Olmoshlar qanday sintaktik vazifani bajargan?
    *A) kesim va hol B) ega va kesim
    C) faqat kesim D) to‘ldiruvchi va kesim
    26. Yoshlik – gul-u g‘uncha ekan,
    Bu gul olam turguncha ekan,
    Yoshlik behad tushuncha ekan,
    Poyoni yo‘q garduncha ekan. (E.Vohidov)
    Ushbu she’riy parchada ishtirok etgan yasama otlarning sintaktik vazifasi haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang.
    A) uch o‘rinda ega, uch o‘rinda kesim
    B) ikki o‘rinda ega, ikki o‘rinda kesim
    *C) ikki o‘rinda ega, bir o‘rinda kesim
    D) uch o‘rinda ega, ikki o‘rinda kesim
    27. O‘z tilini unutgan xalqning
    Bog‘larida o‘sgan gullarin
    Chirmab uxlar zaharli ilon. (Xurshid Davron)
    Berilgan she’riy parchada qaralmishlar qaysi bo‘lak vazifasida kelgan?
    A) hol, aniqlovchi B) to‘ldiruvchi, kesim
    *C) to‘ldiruvchi, hol D) aniqlovchi, to‘ldiruvchi
    28. Bizda ota-ona o‘g‘il-qizni voyaga yetkazadi, yelib-yugurib ularni oilali qiladi, bir umr bola-chaqasi uchun umri o‘tganini bilmay qoladi.
    Ushbu gapdagi juft so‘zlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
    A) ega, vositali to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol
    B) ega, vositasiz to‘ldiruvchi, vositasiz to‘ldiruvchi
    *C) ega, vositasiz to‘ldiruvchi, hol, hol
    D) ega, vositasiz to‘ldiruvchi, hol, vositali to‘ldiruvchi
    29. To‘g‘ri, u aravani quruq olib qochadigan maqtanchoqlardan emas.
    Berilgan gap qaysi qatorda to‘g‘ri tahlil qilingan?
    A) kiritma, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim
    B) kiritma, ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, kesim
    C) kiritma, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, to‘ldiruvchi, kesim
    *D) kiritma, ega, aniqlovchi, kesim
    30. Ba’zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. Bolalikdagi o‘ynoqi damlarni esga olaman. Meni o‘tloqlarda dumalatgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman.
    Ushbu parchada tovush tarkibi o‘zgargan fe’ldan yasalgan yasama so‘z(lar) qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
    A) kesim *B) aniqlovchi
    C) aniqlovchi, hol D) aniqlovchi, kesim
    31. Bir kuni ninachilarning nafarmon, yashil, malla tuslarini uyga keltirib, otamga maqtandim.
    Berilgan gapdagi egalik qo‘shimchalari qaysi bo‘laklar tarkibida qo‘llangan?
    *A) vositasiz to‘ldiruvchi, vositali to‘ldiruvchi
    B) hol, vositasiz to‘ldiruvchi, kesim
    C) hol, vositali to‘ldiruvchi, vositasiz to‘ldiruvchi
    D) hol, vositali to‘ldiruvchi
    32. Qaysi gap tarkibida sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan nomustaqil vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan?
    A) Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi.
    B) Ey inson, odam degani qo‘yini qasobga bersa ham, so‘ygunicha poylab turadi.
    C) Hofiz Ko‘ykiy esa lablarini mahkam qimtigancha, ko‘proq o‘z vahmini yengish uchun unga tinimsiz taskin-tasalli berardi.
    *D) Imonli kishi, aql-zakovat sobi bo‘lish bilan birga, insoniy, ijtimoiy muammolarni hal etishda faol ishtirok etadi.
    33. Gulxan yoqdi.
    Mazkur gapning kesimi majhul nisbatdagi fe’lga aylantirilganda ushbu gapda bo‘ladigan grammatik o‘zgarishlar xato ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
    1) zamon ma’nosi o‘zgaradi; 2) to‘ldiruvchi egaga aylanadi; 3) o‘timli fe’l o‘timsizga aylanadi;
    4) so‘zlovchining fe’ldan anglashilgan harakatga munosabati o‘zgaradi
    A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 *D) faqat 4,1
    34. Bu yoqlarda suluv bo‘ladi
    May oyining salqin tunlari.
    Chechak ochsa turfa gullari,
    Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi.
    Ushbu she’riy parcha haqida bildirilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang.
    A) o‘zaro ma’nodosh so‘zlar kesim va to‘ldiruvchi bo‘lib kelgan
    B) ushbu parchadagi sodda gaplarda ega qatnashmagan
    *C) ushbu gapda to‘ldiruvchi fe’l kesimga ergashgan7
    D) ushbu parchada to‘ldiruvchi ishtirok etmagan
    35. Qaysi gapdagi barcha shaxs otlari bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
    A) Yaxshi yozuvchi insonni, yaxshi tanqidchi yozuvchini kashf etadi.
    *B) Yaxshi farzand ota umrini davom ettirishi azaldan ma’lum, yaxshi asar esa yozuvchi umrini davom ettiradi.
    C) O‘tgan asrda olimlar bu betakror so‘zni mashhur adib va shoirlar qancha ishlatganini aniqlashgan.
    D) Haqiqiy ijodkor o‘z xalqining sodiq farzandi, posboni, xizmatkori bo‘lmog‘i lozim.
    36. Mulki borliq ichra bir mahal,
    Ko‘rksizgina olam yaralgan.
    Bermoq uchun dunyoga sayqal,
    Olam aro odam yaralgan. (E.Vohidov)
    Ushbu she’riy parchada ko‘makchilar qaysi bo‘lak(lar)ni shakllantirgan?
    A) to‘ldiruvchi B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi
    *C) hol D) aniqlovchi, hol
    37. Shaldiroq kishanlar hukmiga
    Achinmay berasan yoshligining.
    Yuzlaring burishmas og‘riqdan,
    Farog‘at bag‘ishlar ochliging.
    Ushbu she’riy parchada fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlar qaysi gap bo‘laklariga tobelangan?
    A) aniqlovchi, kesim, ega B) ega, kesim
    *C) kesim, aniqlovchi D) to‘ldiruvchi, kesim
    38. Bu – men tug‘ilgan tuproq. Ha men tug‘ilgan tuproq,
    Tog‘lar, ko‘m-ko‘k adirlar, daryolar, cheksiz qumloq.
    Bo‘ronlar qamchilashar, yomg‘irlar tomchilashar,
    Qishda qalin qordan oq, kuzda-chi paxtadan oq. (Mirtemir)
    Ushbu she’riy parchadagi yasama so‘zlar haqidagi hukmlardan nechtasi noto‘g‘ri?
    1) ot, sifat, fe’l turkumiga mansub yasama so‘zlar tarkibida shakldoshlik xususiyatiga ega qo‘shimchalar mavjud;
    2) yasama fe’llarning har biri tarkibida ikkitadan so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan;
    3) yasama sifat yasama otga tobelangan;
    4) yasama fe’llar tarkibidagi barcha ko‘makchi morfemalar shakldoshlik xususiyatiga ega
    A) to‘rttasi *B) bittasi C) uchtasi D) ikkitasi
    39. Har qanday xalqning u yoki bu udumiga baho berishda “bunisi menga yoqadi, unisi esa yoqmaydi” deyishga hech kimning haqqi yo‘q.
    Ushbu gapdagi olmoshlar haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang.
    *A) gapdagi ko‘rsatish olmoshlari sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajargan
    B) gapda yettita olmosh qatnashgan
    C) gapdagi olmoshlar to‘rt o‘rinda aniqlovchi vazifasini bajargan
    D) gapda olmoshning to‘rt turi qatnashgan
    40. Qaysi gapda ikki xil gap bo‘lagi fonetik o‘zgarishga uchragan?
    A) Quruq nasihat o‘z nafsini yenga olmaydiganlarga kor qilmaydi.
    B) Jamiyatning eng kichik negizi bo‘lgan oila boshlig‘ining zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi.
    C) Yaxshi niyat seni haqiqatga boshlaydigan muhim dastur ekanligini bilishingni istayman.
    *D) Hayotda pokiza yashashni istaganlar o‘tganlardan ibrat olishi, bunday yomon yo‘llardan saqlanishi lozim.
    41. Farzandni kiydiradigan, yediradigan, voyaga yetkazadigan va kelajagini porloq qilish uchun qayg‘uradigan ota-ona, opa-uka, yaqin qarindoshlaridir, yo‘g‘ini yashiradigan, borini oshiradigan va obro‘-e’tiborli qiladigan insonlar mahalladoshlari, tengdoshlari va do‘stlaridir.
    Ushbu qo‘shma gapdagi gap bo‘laklari haqida berilgan fikrlarning nechtasi to‘g‘ri?
    1) qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham uyushiq egalar otlashgan so‘z bilan ifodalangan;
    2) qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham sodda ot kesim uyushgan;
    3) qo‘shma gap tarkibidagi ikkinchi sodda gapda uyushiq aniqlovchi qatnashgan;
    4) qo‘shma gap tarkibidagi birinchi sodda gapda otlashgan so‘z bilan ifodalangan ega uyushgan.
    A) 2 tasi B) 4 tasi *C) 3 tasi D) 1 tasi
    42. Auditoriyaga xushbichim qomatli, egniga o‘ziga yarashgan kostyum-shim, uning ustidan beqasam to‘n, oyog‘iga zamonaviy tufli kiygan, bo‘yniga chiroyli galstuk, ko‘ziga tilla gardishli ko‘zoynak taqqan kishi viqor bilan kirib keldi.
    Ushbu gapda sifat necha o‘rinda sifat so‘z turkumiga tobelangan?
    A) 3 o‘rinda B) 4 o‘rinda C) 2 o‘rinda *D) 1 o‘rinda
    43. Hammamizning onamizdir shu Vatan,
    Yov qoldirgan siynasida ming tikan,
    Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan,
    Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
    Ushbu she’rda tarkibida faqat jarangli til undosh(lar)i va unli tovush(lar) qatnashgan so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan?
    A) ega, kesim, undalma *B) to‘ldiruvchi, kesim
    C) ega, kesim D) kesim
    44. Ba’zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. Bolalikdagi o‘ynoqi damlarni sog‘inaman. Meni o‘tloqlarda dumalatgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman.
    Ushbu parchada tovush tarkibi o‘zgargan fe’ldan yasalgan yasama so‘z(lar) qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
    A) kesim *B) aniqlovchi
    C) aniqlovchi, kesim D) aniqlovchi, kesim
    45. Nuri salomlashib, qalin ko‘rpacha yoyib qo‘yilgan, sirlangan katta yog‘och karavotda yonboshlab o‘tirdi.
    Tarkibi to‘rtta morfemadan iborat so‘z(lar)ning sintaktik vazifasini aniqlang.
    A) hol, aniqlovchi, hol *B) aniqlovchi, hol
    C) aniqlovchi, hol, kesim D) aniqlovchi
    46. Olisroqda gulxan yoqildi.
    Ushbu gapning kesimi aniq nisbatdagi fe’lga aylantirilganda sodir bo‘ladigan grammatik o‘zgarish(lar) to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
    1) fe’lda ifodalangan zamon ma’nosi o‘zgaradi;
    2) o‘timsiz fe’l o‘timli fe’lga aylanadi;
    3) ushbu gapning egasi to‘ldiruvchiga aylanadi;
    4) ushbu gap egasi yashiringan gapga aylanadi
    *A) 2, 3, 4 B) 2 C) 1, 2 D) 1, 2, 3, 4
    47. Yerimiz, suvimiz, farzandimiz deb,
    Xotin, bola-chaqa, dilbandimiz deb,
    Birma-bir jonimiz etarmiz fido,
    Vatanni dushmanga bermaymiz aslo!
    She’riy parchada qatnashgan qaysi bo‘laklar kesimga bevosita tobelangan?
    *A) hol, to‘ldiruvchi B) hol, aniqlovchi
    C) hol, ega, to‘ldiruvchi D) ega, to‘ldiruvchi
    48. O‘tgan yili oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning takomillashtirilgan tizimi joriy etildi, ya’ni test topshiriqlariga informatika bo‘yicha savollar kiritildi, mutaxassislikka oid fanlar bo‘yicha baholash ballari oshirildi.
    Ushbu gapda fe’lning aniq nisbatdagi vazifa shakli qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kelgan?
    A) to‘ldiruvchi *B) aniqlovchi C) hol D) kesim
    49. O‘z tilini unutgan xalqning
    Bog‘larida o‘sgan gullarin
    Chirmab uxlar zaharli ilon. (Xurshid Davron)
    Berilgan she’riy parchada qaysi bo‘laklar kesimga bevosita tobelangan?
    A) to‘ldiruvchi, hol, ega B) aniqlovchi, ega
    C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega *D) hol, ega
    50. Berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto‘g‘ri hukm keltirilgan javobni toping.
    Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko‘z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo‘lib qolishdan qo‘rq.
    A) sifatlovchi aniqlovchi uyushib kelgan
    *B) barcha aniqlovchilar vositasiz to‘ldiruvchiga tobelangan
    C) ibora bilan ifodalangan aniqlovchi qatnashgan
    D) gapda qaratqich aniqlovchi ishtirok etmagan
    51. Har bir bekning navkarlari o‘zlariga qarashli yuklarni tuya qo‘shilgan og‘ir aravalarga ortib sekin kelmoqdalar.
    Ushbu gapda ishtirok etgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang.
    *A) 1 ta majhul nisbat, 2 ta aniq nisbatdagi fe’l bor
    B) 1 ta sodda yasama, 2 ta sodda tub fe’l bor
    C) fe’llar ikki xil sintaktik vazifa bajargan
    D) 1 ta o‘zlik nisbat, 2 ta aniq nisbatdagi fe’l bor
    52. Yoz kunlarida qarovsiz suv havzalarida yuvinish, qaynatilmagan suvni iste’mol qilish turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
    Ushbu gapda fe’lning nisbat qo‘shimchasini olgan so‘zlar qaysi gap bo‘laklariga tobelangan?
    A) ega, to‘ldiruvchi, hol B) ega, kesim, aniqlovchi
    *C) kesim, to‘ldiruvchi D) kesim, ega, to‘ldiruvchi
    53. Mana shu tirranchalarni himoya qilganim uchun boya rosa po‘stagimni qoqishdi.
    Ushbu gapda kesim nechta gap bo‘lagiga nisbatan bevosita hokim qism vazifasini bajargan?
    A) 4 ta *B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta
    54. Mana shu tirranchalarni himoya qilganim uchun boya rosa po‘stagimni qoqishdi.
    Ushbu gapda kesim nechta gap bo‘lagiga nisbatan bilvosita hokim qism vazifasini bajargan?
    A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta *D) 2 ta
    55. Quyida keltirilgan she’riy parchada orttirma nisbatdagi fe’llar qaysi bo‘lak(lar)ni tobelantirgan?
    Nadir millat qudratining tamadduni?
    Amir Temur haykalidan so‘rang buni,
    Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni?
    Jahongiri bexonumon yurt edi bu.
    A) hol, ega, kesim B) hol, aniqlovchi
    C) to‘ldiruvchi, ega, aniqlovchi *D) to‘ldiruvchi, ega, hol
    56. Bu tola o‘zining chidamliligi bilan boshqa tolalardan farq qilishi aniqlangan.
    Berilgan gap haqida berilgan to‘g‘ri hukmlarni toping.
    1) ega sifatlovchi aniqlovchini tobelantirib kelgan;
    2) kesim uchta gap bo‘lagini bevosita o‘ziga tobelantirgan;
    3) sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan va egaga tobelangan qaratqich aniqlovchi qatnashgan;
    4) sifatlovchi aniqlovchilar qaratqich aniqlovchi va vositali to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan.
    *A) 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 4
    57. Javoblarning qaysi birida 3 ta gap bo‘lagi kesimga bevosita bog‘langan?
    A) Do‘stim, keying vazifani hozir o‘ylab ko‘r.
    B) Qo‘shni xonadan qizlarning quvnoq qahqahasi eshitildi.
    C) Bolakay derazani zo‘rg‘a ochib baqira boshladi.
    *D) O‘rtog‘im dilkash odamlar bilan suhbatlashishni anchadan beri orzu qilar edi.
    58. Hayotdan ham qadrliroq narsa bor bo‘lsa, bu – sog‘liq, o‘limdan ham qo‘rqinchliroq narsa bor bo‘lsa, bu – kasallik, hayotga teng narsa – boylik, o‘lim bilan barobar narsa – faqirlik.
    Ushbu gapda yasama otlar bajargan sintaktik vazifani aniqlang.
    A) 1 o‘rinda to‘ldiruvchi, 4 o‘rinda kesim
    *B) 2 o‘rinda to‘ldiruvchi, 4 o‘rinda kesim
    C) 2 o‘rinda to‘ldiruvchi, 2 o‘rinda kesim
    D) 2 o‘rinda to‘ldiruvchi, 3 o‘rinda kesim
    59. Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, ularning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi.
    Ushbu gapdagi yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri hukmlarni belgilang.
    1) 4 o‘rinda yasama so‘z qo‘llangan;
    2) yasama so‘zlar ot, sifat, fe’l so‘z turkumlariga mansub;
    3) 2 o‘rinda otdan sifat yasalgan;
    4) yasama so‘zlar aniqlovchi, ega, hol, kesim vazifalarida kelgan
    *A) 2, 3 B) 1, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4
    60. Jahonda nimaiki oq bo‘lsa, unga ona suti timsol: nimaiki jo‘shqin bo‘lsa, unga ham ona mehri timsol: nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo‘lsa, ona irodasi timsol, kimki pok muhabbat mehri daryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol.
    Berilgan gapda olmoshlarning sintaktik vazifasini ko‘rsating.
    A) ega, hol B) aniqlovchi, to‘ldiruvchi
    C) hol, aniqlovchi *D) ega, to‘ldiruvchi
    61. Biz – yoshlar – yurtimiz kelajagimiz.
    Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri hukmlarni aniqlang.
    1) gapda ajratilgan bo‘lak qatnashgan;
    2) gapda uyushiq bo‘lak qatnashgan;
    3) qaratqich aniqlovchi kesimga tobelangan;
    4) aniqlovchi va kesim tarkibida o‘zaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etgan;
    5) aniqlovchi va kesim tarkibida egalik qo‘shimchasi qatnashgan
    A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 *D) 1, 3, 5
    62. «Husayin Voiz Koshifiy Sharqda ma’lum va mashhur shaxs, – deb yozadi Najmiddin Komilov «Tafakkur karvonlari» asarida. – U Navoiyga bag‘ishlab kitob yozgan, uning mehrini qozongan yaqin kishisi, muxlisi, do‘sti edi».
    Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gapdagi kishilik olmoshlari qaysi sintaktik vazifadagi so‘zlarga ishora qilgan?
    A) birinchi olmosh to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zga, ikkinchi olmosh ega vazifasidagi so‘zga ishora qilgan.
    B) birinchi olmosh ega vazifasidagi so‘zga, ikkinchi olmosh aniqlovchi vazifasidagi so‘zga ishora qilgan.
    *C) birinchi olmosh ega vazifasidagi so‘zga, ikkinchi olmosh to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zga ishora qilgan.
    D) birinchi olmosh aniqlovchi vazifasidagi so‘zga, ikkinchi olmosh to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zga ishora qilgan.
    63. Vatan xoinlari hech qachon kechirilmas. Bu xoinlikning eng og‘ir gunoh sanalishini unutmang.
    Ushbu gapda faqat qo‘shimcha qismida tovush o‘zgarishi ro‘y bergan so‘zning sintaktik vazifasini toping.
    A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi va hol *C) kesim D) hol
    64. O‘tgan avlod-ajdodlarimiz bizga Vatanni chin yurakdan sevishni, unga fidokorlik bilan xizmat qilishni, uning husniga husn, boyligiga boylik qo‘shishni ham meros qoldirgan. (O.Sharafiddinov)
    Gapda qo‘llangan fe’lning vazifa shakllari bajargan sintaktik vazifasini aniqlang.
    A) ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim B) to‘ldiruvchi, kesim
    C) aniqlovchi, hol, to‘ldiruvchi, kesim
    *D) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, kesim
    65. Xurofotning zahri tekkan

    Download 56.9 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 56.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq simlar

    Download 56.9 Kb.