1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq simlar




Download 56.9 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2022
Hajmi56.9 Kb.
#23760
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq si
75c152257cc077c7a9851e4698e4f79c SHTURM-LIUVILL MASALASI. XOS SON VA XOS FUNKSIYALAR , Matematik-damino-oyini, Matematika-Turkmen , R.Djabbarova koshe, Geografiya, KL-Инструкция 8-73 по ОТ для электрослесарей и электромонтеров, занятых на тех.обслуживание и ГП кранов, 1-laboratoriya ishi, 17-mavzu. Informatika ta’limida o quvchilar bilish faoliyatini f, 1. G\'oyalar xilma-xilligi Demoktratiya va milliy g\'oya-fayllar.org, TEMURBEK BOLIBEKOV, 9-mavzu, talab takif va bozor, Language Processors, 21. 02.Axborot xati TAFU
Nodon, johil, gumrohlar –
Davosiga ojiz ekan
Men kashf etgan giyohlar. (E.Vohidov)
Berilgan parchada qaysi bo‘lak qatnashmagan?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) kesim *D) hol
66. Oshxonamizda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy taomlar, qulay sharoitlar va yuqori darajada ko‘rsatilayotgan xizmatimiz sizga yoqishiga ishonchingiz yanada ortadi.
Ushbu gapda ishtirok etgan ismlar guruhiga kiruvchi yasama so‘zlar qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajargan?
A) ega, to‘ldiruvchi, kesim
B) sifatlovchi aniqlovchi, ravish holi, o‘rin holi, vositali to‘ldiruvchi, ega
*C) sifatlovchi aniqlovchi, ega, o‘rin holi
D) sifatlovchi aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi, ega
67. Qofiya she’riy asarning musiqiyligi, ohangdorligi va ta’sirchanligini kuchaytiradi.
Ushbu gapda yasama so‘zlar qaysi bo‘lak vazifasida kelgan?
1) kesim; 2) ega; 3) hol; 4) to‘ldiruvchi; 5) aniqlovchi
A) 2, 3, 4 B) 2, 4, 5 *C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 3
68. Quyidagi gapdagi yasama so‘zlar qaysi gap bo‘laklari vazifasida kelgan?
Birdan eshik ochildi. Yonboshlab, bag‘rini sovuq ko‘rpaga burkab yotgan cholning ko‘zlari xiralashib qolgan, nursiz edi.
A) hol, aniqlovchi, ega *B) hol, aniqlovchi, kesim
C) aniqlovchi, ega D) aniqlovchi, kesim, to‘ldiruvchi
69. Quyidagi qaysi gapda ko‘makchi vositali to‘ldiruvchini yasama so‘z bilan ifodalangan kesimga bog‘lagan?
*A) Vatan himoyasi yo‘lida jon fido etgan o‘g‘lonlarimiz haqida gapirmog‘imiz darkor.
B) Otasini bu yerga dam olish uchun olib kelgani ma’lum bo‘ldi.
C) Yurtimiz rivojiga o‘z bilimimiz bilan hissa qo‘shmoq bizning maqsadimiz.
D) Bu qumg‘on choy qaynatish uchun sotib olingan.
70. Belgisiz to‘ldiruvchini tobelantirgan o‘timli fe’l qatnashgan gapni toping.
A) Gullar – go‘zallik ramzi.
*B) Sovuqda muzqaymoq yalash tomoqni yallig‘lantiradi.
C) Hayotni seving, unga intilib yashang.
D) Bog‘da ishlash bolalarga ma’qul keldi.
71. Vatanni himoya qilish uchun jon fido etgan o‘g‘lonlarimizning onalarini achchiq iztirob, ayriliqlar qiynasa ham, ular istiqlolga erishish maqsadida ko‘ksini qalqon qilgan farzandlari haqida faxrlanib gapiradilar.
Ushbu gapda ko‘makchilar qaysi gap bo‘laklarini shakllantirgan?
A) vositali to‘ldiruvchi, maqsad holi, vositali to‘ldiruvchi
B) sabab holi, sabab holi, vositali to‘ldiruvchi
C) sabab holi, maqsad holi, kesim, vositali to‘ldiruvchi
*D) maqsad holi, maqsad holi, vositali to‘ldiruvchi
72. Kech kuz edi, men seni ko‘rdim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o, dehqon yurtim,
Turar eding yalangto‘sh, yayov.
She’riy parchada ishtirok etgan olmoshlarning sintaktik vazifasini belgilang.
A) ega, to‘ldiruvchi, hol B) kesim, ega, aniqlovchi
*C) kesim, ega, to‘ldiruvchi
D) kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi
73. Sharob ichishni odat qilmaki, u behushlik va g‘ofillika olib boradi.
Ushbu gap yuzasidan bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) gapda nomustaqil to‘ldiruvchi qatnashgan
B) gapda ikkita yasama fe’l mavjud
*C) gapda nomustaqil kesim ishtirok etgan
D) gapda uyushiq bo‘lak mavjud
74. Quyidagi gapda kesimga bevosita bog‘langan gap bo‘laklari nechta?
Yosh olim Behbudiyning so‘nggi izlarini do‘stlari bilan boshqa shaharlardan ham qidirgandi.
A) 5 ta *B) 4 ta C) 6 ta D) 3 ta
75. O‘zbekiston – go‘zal diyor,
Saodatga mehnati yor.
O‘zgacha bir hikmati bor,
Halollikka aytar alyor!
Ushbu she’riy parchadagi otlar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ikki o‘rinda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasini bajargan
*B) ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ikki o‘rinda kesim vazifasida kelgan
C) ot so‘z turkumiga oid so‘zlar faqat bosh bo‘lak vazifasini bajargan
D) ot so‘z turkumiga oid so‘zlar to‘rt o‘rinda ega vazifasida kelgan
76. Cho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o‘z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt etadilar.
Gapdagi sodda yasama so‘zlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) to‘ldiruvchi, ega, kesim
B) ega, kesim, C) to‘ldiruvchi, ega, hol *D) ega
77. Qaysi gap ega +aniqlovchi + aniqlovchi + to‘ldiruvchi + kesim qolipida hosil bo‘lgan?
*A) Atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ldi.
B) Jannat xola shoshib, hansirab yo‘lakka yugurdi.
C) Anvar do‘stining gap boshlaganidan xursand bo‘lib ketdi.
D) Sham zo‘r mo‘jizaday hammaning diqqatini jalb qilgan edi.
78. Bilimdon o‘z bilimi orqali ofatlardan omon qoladi. Uquvsiz kishining ishi unumsiz bo‘ladi. Ezguning har bir ishi chiroyli, har bir qadami go‘zal bo‘ladi.
Ushbu parcha tarkibidagi birinchi qo‘shimchasi shakl yasovchi bilan, ikkinchi qo‘shimchasi ot yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan so‘z qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) to‘ldiruvchi B) kesim *C) ega D) aniqlovchi
79. Balki hamon tugamagan boshlangan doston,
Tanlariga tuproq emas, sog‘inchlar botar.
Hamon Sibir sovug‘iga ko‘nikolmasdan
Ular bir-birin quchoqlab, isinib yotar.
Ushbu she’riy parchadagi yasama so‘zlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
1) kesim; 2) ega; 3) to‘ldiruvchi; 4) aniqlovchi; 5) hol
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4 *C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5
80. O‘tgan avlod-ajdodlarimiz bizga Vatanni meros qilibgina qoldirgan emaslar, balki bu Vatanni chin yurakdan sevishni, unga fidokorlik bilan xizmat qilishni, uning husniga husn, boyligiga boylik qo‘shishni ham meros qilib qoldirishgan. (O.Sharafiddinov)
Gapdagi sodda yasama so‘zlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) ega, to‘ldiruvchi B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi
C) to‘ldiruvchi, kesim *D) hol, to‘ldiruvchi
81. Otam bizga suyak dastali, shisha ko‘zli pichoqni ko‘rsatdi.
Ushbu gapdagi ot so‘z turkumlari qaysi gap bo‘laklari vazifasida kelgan?
A) ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, to‘ldiruvchi
B) ega, aniqlovchi, aniqlovchi, aniqlovchi, to‘ldiruvchi
C) ega, to‘ldiruvchi
*D) ega, aniqlovchi, aniqlovchi, to‘ldiruvchi
82. Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi.
Ushbu gapdagi olmoshlarning vazifasini toping.
A) aniqlovchi, ega, hol
B) aniqlovchi, aniqlovchi, aniqlovchi
C) aniqlovchi, aniqlovchi, hol *D) aniqlovchi, aniqlovchi
83. Hamid Olimjon – buyuk shoir. U she’rlarida baxt va shodlikni kuylar, so‘zdan tanbur torlaridek turli pardalarda foydalanar, uni o‘ynata, jaranglata bilardi.
Ushbu gapda olmoshlar qaysi gap bo‘laklari vazifasini bajargan so‘zlarga ishora qilgan?
A) ega, aniqlovchi *B) ega, to‘ldiruvchi
C) aniqlovchi, to‘ldiruvchi D) ega, ega
84. Bir g‘uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar.
Ushbu gapda hid bildiruvchi sifat(lar) qaysi bo‘lak vazifasida kelgan?
A) ega, aniqlovchi B) ega *C) aniqlovchi D) hol
85. Bolalar eng quvonchli xabarni yurtdoshlariga yetkazish uchun oshiqayotgan elchilar kabi guvullab Usmonlarnikiga jo‘nashdi.
Ushbu gapda qatnashgan fe’lning vazifa shakllari qanday sintaktik vazifa bajargan?
1) kesim; 2) ega; 3) to‘ldiruvchi; 4) aniqlovchi; 5) hol
A) 2, 3, 4, 5 *B) 1, 4, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5
86. Go‘zallik nima? Go‘zallik biz uchun suyukli narsadir. Go‘zal go‘zal emas, suygan go‘zaldir. Nega suygan go‘zal – hamma gap shunda.
Gaplarda ishtirok etgan olmoshlarning sintaktik vazifalari to‘g‘ri ketma-ketlikda ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol
*B) kesim, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi, kesim
C) kesim, hol, ega D) kesim, hol, ega, aniqlovchi
87. Qiynalib yurayotgan bola og‘ir xo‘rsinib kuzatib turganlarga birma-bir qarab chiqdi.
Tarkibidagi undoshlari hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir umumiy guruhga mansub bo‘lgan bo‘lak(lar) qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajargan?
A) 1 o‘rinda aniqlovchi, 2 o‘rinda hol, 1 o‘rinda to‘ldiruvchi
B) 1 o‘rinda hol, 1 o‘rinda to‘ldiruvchi
C) 1 o‘rinda hol
*D) 1 o‘rinda aniqlovchi, 1 o‘rinda hol
88. Hammamizning onamizdir shu Vatan,
Yov qoldirgan siynasida ming tikan,
Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Ushbu she’riy parchada harakat nomi qaysi bo‘lak vazifasini bajargan?
A) ega va kesim B) kesim va maqsad holi
C) ega va vositali to‘ldiruvchi *D) ega va maqsad holi
89. E’tibor berganmisiz yoki yo‘qmi, sizning sadoqatda tengsiz do‘stingiz bor. Shod paytingizda quvonchingizga quvonch qo‘shadi, g‘amgin pallada dardingizni oladi.
Ushbu parchada yasama so‘zlar qaysi bo‘lak vazifasida kelgan?
1) kesim; 2) ega; 3) to‘ldiruvchi; 4) aniqlovchi; 5) hol
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 *D) 1, 3, 4
90. O‘g‘limni qoldirish ko‘zim qiymayapti-yu, qanday qilib uchovingni tashlab ikkalamiz shaharga ketamiz?
Ushbu gapda tovush tarkibi o‘zgargan so‘zlar qaysi gap bo‘laklariga ergashgan?
*A) vositasiz to‘ldiruvchi, kesim
B) vositasiz to‘ldiruvchi, vositasiz to‘ldiruvchi, hol
C) vositasiz to‘ldiruvchi, hol
D) vositasiz to‘ldiruvchi, hol, kesim
91. Hafiza bu gaplarning barisini oqilona va xomush tinglab, Umidning hamma fikrlariga qo‘shilishini bildirib chiqib ketdi.
Ushbu gapda qaralmish qaysi gap bo‘lak(lar)iga ergashgan?
A) kesim B) to‘ldiruvchi
C) aniqlovchi *D) hol, to‘ldiruvchi
92. Nodirjon jahli chiqib, qo‘lini siltagancha eshikni yopib olishi bilan hech nimani anglamay qoldi. Abdulla ajablanib so‘radi: ”Unga nima bu ... ta’sir qildi, shaharga borib keldimi o‘zi?”
Ushbu gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari qanday sintaktik vazifa bajargan?
*A) payt holi va kesim
B) payt holi va sifatlovchi aniqlovchi
C) sifatlovchi aniqlovchi, kesim
D) payt holi, sifatlovchi aniqlovchi va kesim
93. Ota, meni kechirgin,
Yo‘q, men qabring buzmadim –
Ammo sening yodingni
Yo‘qotganim sezmadim. (Xurshid Davron)
Ushbu she’riy parchada qaysi bo‘laklar tarkibida kelishik qo‘shimchasi belgisiz qo‘llangan?
A) aniqlovchi, to‘ldiruvchi *B) to‘ldiruvchi, to‘ldiruvchi
C) aniqlovchi, hol D) hol, kesim
94. Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz...
Tarkibidagi undoshlar ham hosil bo‘lish o‘rni, ham hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir umumiy guruhga mansub bo‘lgan undoshlar hisoblanuvchi so‘z(lar)ning gapdagi sintaktik vazifasini aniqlang.
*A) aniqlovchi B) ega B) ega, to‘ldiruvchi D) ega, ega
95. Xalqparvarlik va vatanparvarlik yoshlarning asosiy fazilati bo‘lmog‘i darkor.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi
C) ega *D) ega, aniqlovchi
96. Zamaxshariy ko‘p qirrali olimdir, u fanning turli sohalariga oid 75 dan ortiq asar yozib qoldirgan.
Sifatlar haqida berilgan noto‘g‘ri hukmni toping.
A) sifatlar kesim va to‘ldiruvchiga bog‘lanib kelgan
*B) 3 ta sifat otdan yasalgan
C) sifatlar faqat ot turkumiga bog‘lanib kelgan
D) yasama sifat bog‘langan to‘ldiruvchiga qaratqich aniqlovchi ham bog‘langan
97. Bir oqil aytarmish: tingla, qarindosh,

Download 56.9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 56.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq simlar

Download 56.9 Kb.