1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq simlar




Download 56.9 Kb.
bet7/7
Sana15.06.2022
Hajmi56.9 Kb.
#23760
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq si
75c152257cc077c7a9851e4698e4f79c SHTURM-LIUVILL MASALASI. XOS SON VA XOS FUNKSIYALAR , Matematik-damino-oyini, Matematika-Turkmen , R.Djabbarova koshe, Geografiya, KL-Инструкция 8-73 по ОТ для электрослесарей и электромонтеров, занятых на тех.обслуживание и ГП кранов, 1-laboratoriya ishi, 17-mavzu. Informatika ta’limida o quvchilar bilish faoliyatini f, 1. G\'oyalar xilma-xilligi Demoktratiya va milliy g\'oya-fayllar.org, TEMURBEK BOLIBEKOV, 9-mavzu, talab takif va bozor, Language Processors, 21. 02.Axborot xati TAFU
Men ham senikiman, o‘ksik qizingman.
Bag‘ringda ming yillik toshlar to‘sig‘in
Yorib chiqayotgan bir ildizingman!
Berilgan she’riy parchada nechta sodda gap mavjud?
A) 4 *B) 5 C) 3 D) 6
4. Quyidagi she’riy parchada nechta sodda gap mavjud?
Qancha tavallolar qilmay taqdirdan,
Sochilgan umrimdan bermas bir yilin.
Lek afsus, nadomat achchiq zahridan
Kashf etib bo‘lmaydi ro‘shnolik.
A) 4 ta B) 5 ta *C) 3 ta D) 2 ta
5. Quyida berilganlardan so‘roq gap haqidagi barcha to‘g‘ri fikrlar ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1. So‘roq gap orqali darak gap ma’nosini ifodalash mumkin.
2. So‘roq gap shakli buyruq ma’nosini ifodalab bo‘lmaydi.
3. So‘roq gapga his-hayajon ma’nosi qo‘shilib, uni undov gapga aylantirishi mumkin.
4. So‘roq gaplar so‘roq olmoshlari, so‘roq yuklamalari, so‘roq ohangi yordamida hosil qilinadi.
A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 2, 3, 4 *D) 1, 3, 4
6. Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sut-u tuz hurmati
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O‘zbegim, jon o‘zbegim.
Ushbu parchada nechta sodda gap ishtirok etgan?
A) 5 ta *B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta
7. Qaysi so‘roq gap tarkibidagi barcha yasama so‘zlarning yasalish asosi yasama sifatdan iborat?
A) To‘g‘riso‘zlik, poklik va muloyimlik deganda nimani tushunasiz?
B) Mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, samimiylikning nima ekanligini bilish muhim.
C) Yoshlar ziyraklik, shirinso‘zlik, yumshoqlik kabi xislatlarni qabul qilyaptilarmi?
*D) O’qimishlilik , yaratuvchanlik, sofdillikning ma’nosi nima?
8. va bog‘lovchisi qaysi gap tarkibida uyushiq bo‘laklarnigina emas, sodda gaplarni ham bog‘lagan?
A) Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma’naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi.
B) Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir, o‘sha tafakkur va tuyg‘ular orqali so‘z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan.
*C) Odob va tavoze do‘stlik oynasiga jilo beradi va u ikki oraga yorug‘lik bag‘ishlaydi.
D) Ona tiliga hurmat va uning bebaho so‘z xazinasidan o‘rinli foydalanish, til vositasida ravshan va ta’sirchan so‘zlab yoza olish, nutqiy savodxonlikka erishish shu til vakili bo‘lgan har bir shaxsning burchidir.
9. Berilgan maqollardan qaysi biri qo‘shma gap emas?
A) Vaqting ketdi – naqding ketdi.
*B) Aytilgan so‘z – otilgan o‘q.
C) Yurgan – daryo, o‘tirgan – bo‘yra.
D) Vataning tinch – sen tinch.
10. Hammamizning onamizdir shu Vatan,
Yov qoldirgan siynasida ming tikan,
Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Ushbu she’riy parchada nechta sodda gap mavjud?
A) 3 ta *B) 5 ta C) 6 ta D) 4 ta
11. Berilgan baytlarning qaysi birida 4 ta sodda gap mavjud?
A) Jahon ichra buyuk yurtni doston etaylik biz,
Zamon keldi, Vatan bag‘rin go‘zal bo‘ston etaylik biz.
B) Muruvvat-u ma’rifatdir buyuklikning nishonasi,
Qadam qo‘ying, mana sizga asl yo‘lning ostonasi.
*C) Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz.
Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz.
D) Ming-ming shukr, kelib davron istiqlolga erishdik biz,
Xarob bo‘lgan xonadonni butlamoqqa kirishdik biz.
12. Qaysi javobda quyida berilgan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Qani endi, dunyoda vafo bo‘lsa, har kim tilagiga yetsa. (A.Qahhor)
A) buyruq gap B) qo‘shma gap C) darak gap *D) istak gap
13. Vatan! Taqdiringning toshi bemiqdor,
Aytgin, fido bo‘lay qaysi bir toshga?
Birovning do‘stlar-u xorijlari bor,
Mening hech kimim yo‘q – o‘zingdan boshqa.
Ushbu she’riy parchada nechta gap mavjud?
*A) 5 B) 3 C) 4 D) 6
14. Quyida keltirilgan she’riy parchadagi sodda gaplar miqdorini aniqlang.
Taqillaydi eshik nogahon,
Kimsan? – deyman, tugab sabotim.
– Ochgil, – deydi. – Bu – men, qadrdon
Bilmoq bo‘lsang – Bardoshdir otim.
*A) 8 B) 6 C) 8 D) 7
15. Berilgan baytlarning qaysi birida 4 ta sodda gap mavjud?
*A) Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz.
Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz.
B) Ming-ming shukr, kelib davron istiqlolg erishdik biz,
Xarob bo‘lgan xonadonni butlamoqqa kirishdik biz.
C) Muruvvat-u ma’rifatdir buyuklikning nishonasi,
Qadam qo‘ying, mana sizga asl yo‘lning ostonasi.
D) Jahon ichra buyuk yurtni doston etaylik biz,
Zamon keldi, Vatan bag‘rin go‘zal bo‘ston etaylik biz.
16. Yurtga ega bo‘lish oson ish emas,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Bahor keldi, endi ortiq qish emas,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun… (M.A’zam)
Ushbu parchada nechta sodda gap bor?
*A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 7 ta
17. Quyidagi she’riy parchada nechta gap mavjud?
Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un,
Chiqarma behuda sado hamda un.
Ko‘r, quyosh tig‘ida va tegirmonda
Ezilib so‘ng aziz bo‘ldi bug‘doy-un.
A) 6 ta *B) 5 ta C) 7 ta D) 4 ta
18. Qani endi dunyoda vafo bo‘lsa, har kim tilagiga yetsa. (A.Qahhor)
Berilgan gap gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turiga mansub?
A) darak gap B) qo‘shma gap
C) buyruq gap *D) istak gap
19. Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan,
Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan?
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Ushbu she’riy parchada gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turlari ishtirok etgan?
1) darak gap; 2) so‘roq gap; 3) buyruq gap;
4) istak gap; 5) qo‘shma gap
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 5 *C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 5
20. Chodir eshigida osilgan kimxob parda Humoyunning qo‘liga mayin va salqin tegdi.
Berilgan gapda bitishuvli so‘z birikmalaridagi tobe qismlar qaysi turkumlarga oid?
*A) bir o‘rinda fe’l, bir o‘rinda ot, ikki o‘rinda sifatga oid
B) bir o‘rinda fe’l, bir o‘rinda sifat, ikki o‘rinda ravishga oid
C) bir o‘rinda fe’l, uch o‘rinda sifatga oid
D) bir o‘rinda fe’l, ikki o‘rinda sifatga oid
Download 56.9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 56.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq simlar

Download 56.9 Kb.