• 1-rasm. Respublika agrosanoat majmuasi tarkibi. Respublika agrosanoat majmuasining 1-sohasiga
  • Asosiy turdagi qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqarish
  • Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish, ming tonna
  • 1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati. Agrosanoat majmuasining tarkibi




    Download 0.55 Mb.
    bet2/6
    Sana21.02.2023
    Hajmi0.55 Mb.
    #42972
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test
    Agrosanoat majmuasining tarkibi.

    Iqtisodchi olimlar tomonidan agrosanoat majmuasining tarkibi bo’yicha turli fikrlar keltirilgan. Agrosanoat majmuasining tashkiliyiqtisodiy masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarda ayrim olimlar agrosanoat majmuasining tarkibi 3 ta, ayrimlari esa 4 ta va boshqalar 5 ta sohadan iborat ekanligini ta’kidlashgan. Ularning har biri agrosanoat majmuasi tarkibini ilmiy izlanishning maqsadi bo’yicha izohlagan. Agrosanoat majmuasining tarkibini ilmiy asarlarda belgilangan tasnifining birortasini inkor qilmagan holda uning tarkibini 4 ta sohaga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu sohalar quyidagilardir:


    1. 1-rasm. Respublika agrosanoat majmuasi tarkibi.

    Respublika agrosanoat majmuasining 1-sohasiga agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi soha kiradi. Ular tarkiban qishloq xo’jalik mashinasozlik, traktorsozlik sanoati; kimyo sanoati; neft mahsulotlari sanoati, mikrobiologiya sanoati; stanoksozlik sanoati; qurilish materiallari sanoati va boshqalardan tashkil topadi.
    Qshloq xo’jaligi tarmog’i uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jalik texnikalari ishlab chiqarish to’g’risidagi ma’lumotlar 3.1-jadvalda keltirilgan.
    3.1-jadval Asosiy turdagi qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqarish


    2016

    2017

    2018

    2019

    Traktorlar, dona

    720

    1182

    3926

    2257

    Traktor kultivatorlari, ming dona

    2,2

    1,2

    1,2

    3,8

    Boronalar, dona

    3310

    912

    1010

    54

    G’alla o’ruvchi kombaynlar, dona

    232

    312

    574

    307

    Seyalkalar, dona

    1410

    1260

    1026

    1288

    O’rgichlar, dona

    201

    187

    172

    104

    Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
    Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, mamlakatimizda 2019-yilda traktorlar ishlab chiqarish hajmi 2016-yilga nisbatan 3,1 barobarga oshgan, lekin 2018-yilga nisbatan 57,5 foizni tashkil etgan. Mamlakatimizda mavjud fermer xo’jaliklari va agroklasterlar soni hamda ularning qishloq xo’jalik texnikalari bilan haqiqiy ta’minlanganlik darajasini inobatga olganda ishlab chiqarilayotgan traktorlar soni ancha kamdir. Shu sababli mahalliy tuproq va iqlim sharoitlarimizga mos, arzon, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni inobatga olga holda traktorlar ishlab chiqarishni yanada oshirish lozim. Shu bilan birga, fermer xo’jalikarining traktorlarni sotib olish imkoniyatlarini ham inobatga olish lozim. Tarmoqda bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish orqali fermer xo’jaliklarining daromadlarini oshirish, shu orqali ularda qishloq xo’jalik texnikalari sotib olishlari uchun imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda davlatning qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini faol qo’llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu orqali qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlashga erishish mumkin. Boronalar va o’rgichlar ishlab chiqarish hajmi esa keskin kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar 3.2-jadvalda keltirilgan.
    3.2-jadval Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish, ming tonna



    Download 0.55 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati. Agrosanoat majmuasining tarkibi

    Download 0.55 Mb.