• Dehqonchilikda 2016
  • Chorvachilikda 2016
  • Qishloq xo’jaligi tarmog’ining asosiy ko’rsatkichlari
  • Agrosanoat majmuaning 3-sohasiga
  • 1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati. Agrosanoat majmuasining tarkibi




    Download 0.55 Mb.
    bet4/6
    Sana21.02.2023
    Hajmi0.55 Mb.
    #42972
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test
    Jami

    2016

    100,0

    29,7

    68,0

    2,3

    2017

    100,0

    29,3

    68,4

    2,3

    2018

    100,0

    26,0

    71,2

    2,8

    2019

    100,0

    27,9

    68,3

    3,8







    Dehqonchilikda

    2016

    100,0

    52,0

    46,4

    1,6

    2017

    100,0

    49,2

    49,1

    1,7

    2018

    100,0

    45,3

    52,2

    2,5

    2019

    100,0

    49,2

    46,8

    4,0







    Chorvachilikda

    2016

    100,0

    3,9

    92,9

    3,2

    2017

    100,0

    3,7

    93,1

    3,2

    2018

    100,0

    4,6

    92,3

    3,1

    2019

    100,0

    5,1

    91,2

    3,7

    Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
    Ushbi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2019-yil holatiga mamlakatimizda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tarkibida dehqon xo’jaliklarining ulushi 68,3 foizni, fermer xo’jaliklarining ulushi 27,9 foizni va qishloq xo’jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ulushi esa 3,8 foizni tashkil etgan. Bundan ko’rinadiki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xo’jaliklarining ulushi yuqori. Ayniqsa chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xo’jaliklarining ulushi yuqori salmoqni egallaydi.
    Agrosanoat majmuasini tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad – ular o’rtasidagi aloqalarni integratsiyalash orqali qishloq xo’jaligi tarmog’ini yuksaltirish va shu orqali aholining oziq-ovqat va nooziqovqat mahsulotlariga hamda sanoatning xomashyoga bo’lgan talabini qondirishdir. Agrosanoat majmuasi faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida o’sish ta’minlanmoqda.
    3.4-jadval Qishloq xo’jaligi tarmog’ining asosiy ko’rsatkichlari


    2016

    2017

    2018

    2019

    Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsuloti hajmi, mlrd. so’m

    119726,7

    154369,4

    195095,6

    224265,9

    Shundan:





    Dehqonchilik

    61755,1

    83303,4

    98406,4

    111904,8

    Chorvachilik

    53844,1

    64895,9

    89019,2

    104378,3

    Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi o’sish sur’ati, o’tgan yilga nisbatan foizda

    106,1

    101,2

    100,3

    103,1

    Shu jumladan:





    Dehqonchilikda

    105,7

    98,2

    95,8

    104,8

    Chorvachilikda

    107,0

    104,1

    105,7

    101,6

    Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
    Agrosanoat majmuaning 3-sohasiga qishloq xo’jaligi tarmog’ining bir maromda faoliyat yuritishi va rivojlanishiga xizmat ko’rsatuvchi sohalar kiritiladi. Jumladan, ekinlarni suv bilan ta’minlaydigan, yerlarning meliorativ holati yaxshilanishini ta’min etuvchi chora-tadbirlar tizimini amalga oshiradigan suv xo’jaligi tarmog’i; qishloq xo’jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga yerlarni shudgorlash, ekinlarni ekish, ularga ishlov berish, yetishtirilgan hosilni yig’ishtirib olish bilan bog’liq bo’lgan texnik xizmatlarni ko’rsatuvchilar (muqobil mashina-traktor parklari); tarmoqqa zooveterinariya xizmatini ko’rsatuvchilar; xasharotlarga, zararkurandalarga, begona o’tlarga qarshi kimyoviy kurashish xizmatini ko’rsatuvchilar; qishloq xo’jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini yoqilg’i-moylash materiallari bilan ta’minlovchilar (neft bazalari tarkibidagi fermerlarni yoqilg’i-moylash materiallari bilan ta’minlovchi shaxobchalar); qishloq xo’jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari elektr energiyasi bilan ta’minlovchi (“Hududiy elektr tarmoqlari”) korxonalar; ishchi-xizmatchilar uchun mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlovchi ijtimoiy sohalar va boshqa shu kabi sohalarni o’z ichiga oladi.
    2016-yil 24-oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’simliklarni himoya qilish va qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko’rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2640-sonli qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorga ko’ra, qishloq xo’jaligini mineral o’g’itlar, o’simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish, qishloq xo’jaligi ekinlariga agrotexnik xizmat ko’rsatish hamda zararkunandalar va kasalliklardan saqlash bo’yicha xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida “O’zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan edi. Ushbu aksiyadorlik jamiyati zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilgan edi:

    • qishloq o’jaligini mineral o’g’itlar, o’simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini ta’minlash, chigirtka, zararkunandalar, o’simliklar kasalliklari va yovvoyi o’tlarga qarshi kurashish bo’yicha yagona texnik va texnologik siyosatni olib borish;

    • o’simliklarni himoya qilish, zararkunandalar, o’simliklar kasalliklari va yovvoyi o’tlar bilan kurashish sohasida fermerlar va dehqon xo’jaliklari, boshqa tashkilotlar hamda aholiga kompleksli agrokimyo xizmatlarini ko’rsatish, shakllantirilgan buyurtmalar va kafolat shartnomalariga muvofiq qishloq xo’jaligini mineral o’g’itlar bilan ta’minlash va boshqalar.

    “O’zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati
    “Qishloqxo’jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyati, Respublika o’simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi hamda uning hududiy bo’limlari, chigirtkaga qarshi kurashish bo’yicha xizmatlar (“Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati” MChJ), O’zbekiston o’simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika agrokimyo stansiyasi va uning hududiy bo’limlari, Respublika o’quvishlab chiqarish biolaboratoriyasining huquq va majburiyatlari bo’yicha huquqiy voris sifatida tashkil etilgan edi.
    Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qishloq xo’jaligi tarmog’iga bozor munosabatlarini joriy etishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Jumladan, qishloq xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga mineral o’g’itlarning “O’zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yetkazib berilishi bozor tamoyillariga mos kelmas edi.
    2021-yil 25-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’simliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo’yicha yig’ilish o’tkazdi. O’simliklar himoyasi – oziq-ovqat
    mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmlarini oshirishda juda muhim tizimdir. Ilgari bu ishlar birgina “O’zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan edi. Oxirgi yillarda mineral o’g’it va kimyoviy vositalar yetkazib berish bilan tadbirkorlik subyektlari ham erkin shug’ullanmoqda. “O’zagrokimyohimoya” xizmatlariga talab kundan-kunga kamayib bormoqda. Shu bois yig’ilishda o’simliklarni himoya qilish bo’yicha yangi tizim tashkil etish, hududlarda bu boradagi xizmatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. “O’zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatini tugatib, uning vakolat va vazifalarini boshqa tuzilmalarga o’tkazish taklifi bildirildi. Bunda, o’simliklarni himoya qilish va chigirtkaga qarshi kurashish vazifasi O’simliklar karantini davlat inspeksiyasiga o’tkazildi. Tut parvonasiga qarshi kurashish Ipakchilik uyushmasi va uning tarkibidagi klasterlar hamda tuman hokimlariga yuklatiladi. Mineral o’g’itlar va kimyoviy vositalar bilan ta’minlash erkin bozor tamoyillari asosida to’liq xususiy sektorga berilishi ta’kidlandi. Shuningdek, prezidentimiz biolaboratoriya va “o’simliklar klinikalari”ni tashkil etib, malakali agronom va entomologlarni jalb etib, dalagacha yetib boradigan xizmatlar tizimini yo’lga qo’yish zarurligini ta’kidladi. Bunda har bir hududning iqlimi va sharoitidan kelib chiqib, ish tutish talabi qo’yildi. Masalan, Surxondaryoda “beda qandalasi”, Buxoroda “vilt”, boshqa viloyatlarda “pomidor kuyasi” tarqalgan. Shuningdek, o’simliklarni himoya qilish bo’yicha xorij tajribasini o’rganish muhimligi aytildi.
    Soha rivojini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashga “Agrobank” mas’ul etib belgilandi. Zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, uskuna va texnikalar sotib olish hamda xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning aylanma mablag’i uchun birinchi bosqichda 150 mlrd. so’mlik kredit liniyasi ochish vazifasi qo’yildi.
    O’simliklarni himoya qilish sohasida xususiy sektorni qo’llabquvvatlash masalasiga ham to’xtalib o’tildi. Tadbirkorlar xarid qiladigan laboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar bo’yicha kredit foizining asosiy stavkadan oshgan qismi budjetdan qoplab berilishi hamda Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash jamg’armasidan 50 foizgacha bo’lgan qismiga kafillik ajratilishi qayd etildi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan tuproq tarkibi va o’simliklarni laboratoriyalarda tahlil qilish bo’yicha fermer va dehqonlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar qiymatining 30 foizi budjetdan qoplab beriladi. Biologik va kimyoviy xizmat ko’rsatadigan tadbirkorlarga amaldagi soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. Prezidentimiz sohada ilm-fanni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
    2021-yil 3-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko’rsatishni yanada rivojlantirish to’g’risida”gi PF-6159-sonli farmoni qabul qilindi.
    Farmonga ko’ra, quyidagilar tashkil etilishi nazarda tutilgan:

    • 2021-2022-yillarda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining Respublika agroxizmatlar markazi, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar agroxizmatlar markazlari;

    • 2022-yildan boshlab bosqichma-bosqich qishloq tumanlarida Milliy markazning tuman agroxizmatlar markazlari.

    Farmon bilan Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021-2025-yillarda ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida, Milliy markaz huzurida 100 dan ortiq xizmatlarni ko’rsatish tizimini yo’lga qo’yish nazarda tutilgan.

    Download 0.55 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati. Agrosanoat majmuasining tarkibi

    Download 0.55 Mb.