ladi. Bu qoida funksiyalarga ham talluqli. Har bir Y mantiqiy funksiyasi Y
mantiqiy funksiyasi inversiyasiga mos keladi.
Mantiqiy algebraning asosiy operatsiyalari quyidagilar hisoblanadi:
Mantiqiy rad etish (inversiya) Y= Х ; (a)
Mantiqiy qo‘shish (diz’yunksiya) Y=X1+X2; (b)
Mantiqiy ko‘paytirish (kon’yuksiya) Y=X1∙X2; (v)
Mantiqiy funksiyani haqiqiylik jadval ko‘rinishida to‘la va ko‘rgazmali taqdim etiladi, unda kirish mantiqiy o‘zgaruvchilarning har bir mumkin bo‘lgan kombinatsiyasiga funkitsiyaning ko‘rsatkichi mos keladi, haqiqiylik jadval raqamli sxemalarning algoritm ishi orqali aniqlanadi.
Mantiqiy qo‘shish operatsiyasi uchun haqiiqylik jadvali (
b) va bu operatsiyani amalga oshiruvchi elektr sxema 7.11.v,g-rasmlarda keltirilgan. Analitik operatsiya yozuvida “+” belgi mantiqiy ko‘rinishida YOKI ni ifodalaydi. (
b) shunday o‘ qiladi: agarda
X1 yoki
X2 yoki bu ikkala o‘zgaruvchilar bir vaqtda mantiqiy 1 ko ‘rsatkichiga ega bo‘lsalar,
Y funksiya ham mantiqiy 1 ko‘rsatkichiga ega bo ‘ladi. Bunday mantiqiy talqinning elektr sxemasi
X1 va
X2 parallel kontaktlar orqali ifodalanib, ular orqali kirish kuchlanishi chiqishga uzatiladi. Sxemada
X1 kontakti yoki
X2 kontakti yoki ikkala kontakt ulansa sxemaning chiqishida katta qiymatli kuchlanish (mantiqiy 1) xosil bo‘ladi. Agar ikkala
X1X2 kontaktlar uzilsa chiqishda kuchlanish qiymati nol (mantiqiy 0) ni beradi.