|
1-Amaliy ish
|
Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 68,5 Kb. | | #125838 |
Bog'liq 1 Amaliy ishYuqori haroratlarda betonning qotishi va qotish jarayonini
1-Amaliy ish: Yuqori haroratlarda betonning qotishi va qotish jarayonini tezlashtirish.
Betonning qotishini tezlatish uchun har-xil usullar qo‘llaniladi: mexanik usullar-sementning solishtirma yuzasini oshirish yoki beton qorishmasini faollashtirish; kimiyoviy usullar-qotishni tezlatuvchi qo‘shilmalar qo‘shish; issiqlik yordamida-bug‘lash yoki elektr yordamida qizdirish. Dastlabki ikki usul 2-bobda ko‘rib chiqilgan. Betonni issiqlik yordamida qotirish yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni ishlab chiqarishda keng miqyosda qo‘llaniladi. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarga issiqlik yordamida ishlov berishda betonning talab qilinadigan xossalarini olish uchun isitish rejimlari, tavsiflari va bir qancha boshqa omillarni xisobga olish kerak bo‘ladi.
Ma’lumki, qizdirish kimiyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi. Beton xaroratining oshishi suv va sementning o‘zaro ta’sirini faollashtiradi va betonning qotishini tezlashtiradi.
Betonning qizdirilgandagi mustaxkamligining o‘sishi, xuddi me’yoriy muhitda qotganidek logarifmli bog‘lanish orqali aniqlanadi:
(11.11)
bu erda A-bug‘langan sementning xolatini tavsiflovchi parametr, MPa; t-issiqlik bilan qotirish vaqti bo‘lib, t=t1+3; t1-izotermik ushlab turish vaqti; t0-qotishning induksion oralig‘i (mustaxkam tuzilish hosil bo‘lguncha vaqt oralig‘i).
Y
11.4-расм. Минералогик таркиби 1, 2 ва 3 гурух бўлган бир хил фаоллик-даги цементлардан тайёрланган бетонни буғлаш вақтидаги мустах-камлигининг ўзгариш боғланишлари (логарифмик вақт масштабида).
Uqoridagi (9.11) formula xar-xil mineral tarkibga ega bo‘lgan maxsus sementlardan tayyorlangan betonlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib qizdirish 3+t1+2 rejimda bajari-ladi. Tajribalar A va t0 ning qiymatini grafik bog‘lanish yordami-da o‘rnatish imkonini beradi (9.4-rasm) va shuningdek, bug‘lash paytida betonning mustaxkamligiga sement-ning mineralogik tarkibi ta’siri-ni aniqlaydi (11.6-jadval).
Xar-xil mineralogik tarkibli sementlar uchun A va t0 ning qiymatlari
11.6-jadval
Sementning guruxlari
|
Sementning mineralogik tarkibi, %
|
A ning
nisbiy qiy-mati, %
|
t0 ning qiymati, soat
|
Mustaxkamlik-ning o‘sish che-garasi, soat
|
S3S
|
S3A
|
1-kam alyuminatli
|
60
50
|
2-3
2-3
|
125
95
|
0,6
0,45
|
20-25
20
|
2-o‘rtacha alyuminatli
|
60-65
50
|
8
8
|
100
95
|
0,15
0,2
|
9-10
9-10
|
3-yuqori alyuminatli
|
55
40-50
|
11-12
11-12
|
85
70
|
0,15
0,18
|
9
7-8
|
O‘tkazilgan taxlil ko‘rsatadikim, sementning mineralogik tarkibi betonning mustaxkamligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bug‘lash rejimining dastlabki soatlarida 2 va 3 gurux sementlari asosidagi betonlarning mustaxkamligi yuqori bo‘ladi. Birinchi gurux sementdan tayyorlangan betonlarning mustaxkamligi 3-4 soatdan keyingina tez oshadi va 7-8 soatga borib eng yuqori qiymatgacha erishadi. Mustaxkamlikning o‘sishi 1-gurux uchun 20-25 soat, ikkinchi va uchinchi guruxlar uchun mos xolda 9-10 va 8-9 soat davom etadi.
|
| |