• Kalit so’zlar
  • 1-amaliy mashg’ulot : Kompyuter lingvistikasining rivolanish bosqichlari Reja




    Download 178.83 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana13.02.2023
    Hajmi178.83 Kb.
    #42034
    Bog'liq
    1-amaliy mashg’ulot Kompyuter lingvistikasining rivolanish bos
    0TKsfE8IMTd5Fai2seY2t-U87dAS7RU3


    1-amaliy mashg’ulot : Kompyuter lingvistikasining rivolanish bosqichlari 
    Reja: 
    1. Kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga kelishi. 
    2. Kompyuter lingvistikasi va klassik tilshunoslik munosabati. 
    3. Kompyuter lingvistikasi bo’yicha tadqiqotlar. 
    Tilshunaslik fani 2ga: amaliy va nazariy tilshunoslik faniga bo’linadi. Amaliy 
    tilshunoslikning o’zi ham 2ga, ya’ni 2 bosqichga bo’linadi. 
    1-bosqich: matematik lingvistika
    2-bosqich: kompyuter lingvistikasi. 
    Kompyuter lingvistikasi fani 1960-yilda AQSH da paydo bo’lgan. Kompyuter barcha 
    jabhalarda til bilan to’qnash keladi. Lekin bu til fоrmallashgan ya’ni insonlarga 
    tushunarsiz bo’lgan til. Shu ma’noda kompyuterning ishlash prinspini quyidagicha 
    tushuntirish mumkin.
    Shunga bog’liq holda kompyuter 2 ta ta’minot asosida ishlaydi.
    1. Texnik ta’minot. 
    2. Lingvistik ta’minot. 
    Bu taminotlar o’zaro bir-birini taqazo qilgani uchun kompyuter va tilshunoslik fani 
    hamkorlik qiladi. Shuning natijasida kompyuter lingvistikasi fani yuzaga keldi. Fanning 
    paydo bo’lishi ob’ektiv sharoitlarda yuzaga chiqadi.
    Kompyuter lingvistikasining yuzaga kelishiga turtki bo’lgan shaxs amerikalik 
    tilshunos olim Noam Chomskiy. U o’zining “Sintaktik strukturalar” nomli tatqiqotida 
    transformatsion grammatika g’oyasini o’rtaga tashlaydi. Bunga ko’ra muayyan bir gap 
    ma’nosi saqlangan holda shaklan o’zgartirilib, turli xil jumlalar qurish mumkin. Bunday 
    gaplar transforma gap deyiladi.
    Kompyuterda matn bilan ishlash jarayonida transforma g’oyasi juda muhim o’rin
    tutadi. Kompyuter lingvistikasi mumtoz tilshunoslikning an’analariga tayanib ish ko’radi. 
    Uni amaliy jihatdan boyitadi. Ba’zi hollarda mumtoz tilshunoslikni inkor etadi. (ko’p 
    ma’nolilik, omonim so’zlarni inkor qiladi) Mumtoz tilshunoslik tabiiy til qonuniyatlari 
    asosida ishlaydi. Kompyuter tilshunosligi va sun’iy til qonuniyatlariga bo’y sunadi. 
    Sun’iy til programmalash tili - BASIC, PASCAL, C++. Lingvist va programmistlar 
    tomonidan kompyuter tili uchun tushunarli qilib yaratilgan til.
    1897-yil 1-bo’lib sun’iy til yaratilgan. Bu kompyuter uchun emas, butun dunyo va 
    xalqlarni birlashtirish uchun xizmat qiladi. Sun’iy til tushunchasi tilshunoslik fanida ham 
    bor bo’lib, u butun dunyo millatlari yagona tilda gaplashishini maqsad qilib insonlar 
    tomonidan yaratilgan til tushuniladi. 1897-yili vrach zamengov tomonidan Esperanto tili 
    yaratilgan.
    Esperanto tili ham sun’iy til bo’lib, bu tilni butun dunyo olimlari o’rganishgan va ular 
    o’rtasida anjumanlar bo’lib o’tganda shu tilda so’zlashishgan. 
    Kompyuter lingvistikasi fani bo’yicha oxirgi tadqiqotlar quyidagilardir. 
    1. Sun’iy intelekt yaratish g’oyasi. 
    2. Gipertekst bo’yicha tadqiqotlar. 
    3. Informatsion qidiruv bo’yicha tadqiqotlar. 


    4. Tezaurus. 
    Sun’iy intelekt g’oyasi kompyuter tehnalogiyasi rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u XX 
    asrning 70-yillarida paydo bo’ladi. Bunda sun’iy intelekt quyidagi talablarga javob 
    berishi lozim bo’ladi. 
    1. U inson bilan muloqotda kirisha olsin.
    2. Tashqi ta’sirlarga o’z reaksiyasini bildira olsin (qo’rqish, xayajonlanish, ematsiyaga 
    berilish kabi). 
    3. Qisqa vaqt birligining ichida ko’p operatsiyalarni bajara olsin. Olib borilgan 
    tadqiqotlar natijasida 1-talabga qisman erishildi. Buni AQSHda so’ngi yillarda yaratilgan 
    biokompyuterlarni misol qilib keltirish mumkin. Bu sun’iy intelekt g’oyasining 1-mevasi 
    hisoblanadi.
    HYPER TEXT so’zidan olingan bo’lib, matn ustiga matn degan ma’noni bildiradi. 
    Gipertext g’oyasi internet tizimi bilan be’vosita bog’liq bo’lib bu internetda matnlar bilan 
    ishlashni ta’minlovchi va USER ga qulaylik yaratish uchun o’ylab topilgan. Internet 
    olami virtual olam sanalgani uchun biz undagi birinchi olamdan ikkinchi olamga hech 
    qanday to’siqlarsiz o’ta olamiz. Mana shu virtuallikni bizga ta’minlab beruvchi tizim 
    GIPERTEXT g’oyasidir. Internet saytlarini manzilini ko’rsatishda HTTP dan 
    foydalanamiz. ( Hyper text transfer protocol) Giper matnni o’tkazish yo’lagi.
    3. Informatsion qidiruv tizmlari g’oyasi XXasrning 70-80-yillarida rivojlandi. Bunda 
    ma’lumotlarni qisqa vaqt birligi ichida qidirib topish, kerakli hujjatlarni ma’lumotlar 
    bazasidan topishni optimallashtirish tizimi nazarda tutiladi. 
    4.Tezaurus lug’atlar kompyuterga o’rnatiladigan lug’at turi bo’lib bu lug’at boshqa 
    lug’atlardan farqli ravishda tildagi eskirgan so’zlar, tarixiy so’zlar, yangi paydo bo’lgan 
    so’zlar, faol so’zlar, nofaol so’zlar bir so’z bilan aytganda leksikon so’zlarga kiritiladi. 
    Tezaurus so’zi lotincha so’z bo’lib, xazina degan ma’noni anglatadi.
    Kalit so’zlar: kompyuter lingvistikasi, gipertekst, tezaurus, sun’iy intellekt, sun’iy 
    tillar, informatsion qidiruv tizimi.
    Mavzu yuzasidan savollar. 
    1. Matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasining o’zaro aloqadorligini izohlang.
    2. Kompyuter linvistikasi fani bilan shug’ullangan olimlar va ularning asarlarini 
    ko’rsating.
    3. Kompyuter linvistikasi fanini rivojlantirish uchun nimalar qilish lozim? 
    4. Kompyuter linvistikasi fani bo’yicha Internet materiallarini to’plang. 

    Download 178.83 Kb.




    Download 178.83 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashg’ulot : Kompyuter lingvistikasining rivolanish bosqichlari Reja

    Download 178.83 Kb.
    Pdf ko'rish