|
1-Amaliy mashg’ulot: Dialoglar bilan ishlash. Mashg’ulot maqasadi: Diologlar bilan ishlash. Nazariy ma’lumot
|
bet | 1/2 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 1,5 Mb. | | #146944 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot Dialoglar bilan ishlash.
1-Amaliy mashg’ulot:
Dialoglar bilan ishlash.
Mashg’ulot maqasadi: Diologlar bilan ishlash.
Nazariy ma’lumot:
Visual Studio muhitining katta qismni, boʻlajak ilovaning formasini olgan, grafik dizayner band qiladi. U hozircha boʻsh va Forml sarlavhasiga ega. Muhitning oʻng tomonida yechim/loyiha fayllari oynasi - Solution Explorer (Yechimlar sharhlovchisi) joylashgan. Shu yerda yaratilayotgan ilova bilan bogʻliq boʻlgan fayllar, shu bilan birga Forml.cs formaning fayllari joylashgan.
Pastki oʻng burchakda Properties – xossalar oynasi joylashgan. Joriy holatda forma boshqaruv elementi sifatida tanlangan, shu sababli, xossalar oynasida forma bilan bogʻliq xususiyatlar aks etgan:
Endi mazkur oynada formaning Text xususiyatini topamiz va uning qiymatini ixtiyoriy boshqa matnga oʻzgartiramiz.
Shunday qilib, biz forma sarlavhasini oʻzgartirdik. Endi formaga biror-bir boshqaruv elementini, masalan, tugmachani joylashtiramiz. Buning uchun Visual Studioning chap qismidagi Toolbox (komponentalar palitrasi) dan sichqoncha yordamida Button elementini tanlab, formaga joylashtiramiz:
Bu ilova-dasturining visual qismi hisoblanadi. Endi dasturning oʻziga oʻtaylik. Tugmacha bosilganida xabar chiqaradigan C# tilidagi sodda kod yozamiz. Buning uchun biz forma bilan bogʻliq kod fayliga oʻtishimiz kerak boʻladi. Agar kod fayli ochiq boʻlmasa, formada sichqonchaning oʻng tugmasini bosamiz va hosil boʻlgan menyudan View Code (kod faylini koʻrish) buyrugʻini tanlaymiz (yoki klaviaturadan F7 tugmasini bosamiz):
Yoki kodlar oynasiga oʻtish uchun boshqa usuldan ham foydalanish mumkin. Masalan, button1 komponentasi ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali uning Click hodisasini yozish uchu Form1.cs kod fayliga avtomatik ravishda oʻtish ham mumkin:
Tugmacha bosilganida xabar chiqaruvchi kod yozamiz:
|
| |