• Nazorat savollari
  • 1 amaliy mashg‘ulot kuchlanish og‘ishini hisoblash va qiymatini baholash




    Download 21.98 Kb.
    Sana23.12.2022
    Hajmi21.98 Kb.
    #36801
    Bog'liq
    1 - AMALIY MASHG‘ULOT
    xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)

    1 - AMALIY MASHG‘ULOT
    Kuchlanish og‘ishini hisoblash va qiymatini baholash

    Sanoatda elektr energiyasining asosiy tavsifini o‘zgartiradigan xarakterli katta quvvatdagi nochiziqli, nosimmetriyali va keskin, o‘zgaruvchan yuklamalarni ishlatish elektr jihozlari va elektr tarmoqlarida elektromagnit birgaligi muammolarini yuzaga keltiradi. Elektromagnit birgaligi bu – elektr energiya iste’molchilarining normal ish tartibida ishlashi va elektr tarmog‘ida boshqa iste’molchilarning birgalikda ishlashini murakkablashtiradigan o‘zgarishlarni qabul qilmaslik.


    Yomonlashgan elektromagnit birligida birinchi navbatda elektr energiyasining sifati pasayadi. Elektr ta’minoti tizimida elektr iste’molining eng yaxshi holati, ularning bir yoki uch fazali simmetriyali, berilgan amplituda va 50 Gs chastotali sinusoidal shaklli kuchlanishdan ta’minlanishidir. Ammo elektr tarmoqlarida har xil elektromagnit to‘siqlar ta’sirida ushbu ko‘rsatkichlarning og‘ishi natijasida elektr energiya qurilmalarining ishlashi yomonlashadi. Bu o‘z navbatida texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yomonlashtiradi.
    Elektr energiyasi sifatining pasayishi ayrim elektr iste’molchilarining ishlashiga, energotizim parametrlarining to‘liq me’yorida bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektr tarmoqlarida elektr energiyasi sifatining pasayishi quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:

    • elektr tarmog‘ining barcha elementlarida elektr energiya isrofining ortishiga;

    • mashinalarning aylanuvchi qismini qo‘shimcha qizishiga, izolyatsiya eskirishining tezlashishiga, elektr qurilmalari ishlash muddatining qisqarishiga;

    • elektr energiyasi iste’moli va elektr qurilmalari iste’mol quvvatining oshishiga;

    • releli himoya va avtomatika qurilmalarining xatolik bilan ishga tushishiga;

    • teleradio apparatlarining ishlashiga, elektr boshqarish tizimi va hisoblash texnikasining ishdan chiqishiga;

    • aloqa liniyasi va temir yo‘llarining avtomatlashtirilgan tizimlariga salbiy ta’sir etadi;

    • sanoat korxonasining xo‘jalik faoliyatiga salbiy ta’sir etadi va b.q.

    Elektr tizimlari o‘rtasidagi elektr aloqalar elektr energiyasi sifatini pasayish salbiy ta’sirini anchaga kengaytiradi va shu bilan birga elektromagnit birligi muammolarini kuchaytiradi. Bu esa o‘z navbatida elektr energiyasi sifatini elektr ta’minotiga ulangan nuqtadan tashqari, elektr tarmog‘ining barcha nuqtalarida baholash va nazorat qilish zarurligini yuzaga keltiradi.
    Elektr tarmoqlarini ishlatish jarayonida elektr energiyasi sifatiga ahamiyat bermaslik, iste’molchilar elektr ta’minotini yomonlashishiga va ular ishining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun elektr tarmoqlarining barcha nuqtalarida elektr energiyasi sifatini baholash masalalarini o‘rganish energetik muhandislar tayyorlashning muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
    Elektr energiyasi tovar sifatida o‘zining bir qator xususiyatlariga ega. U boshqa turdagi mahsulotlarni tayyorlashda ishlatiladi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, mahsulotning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Elektr energiya sifati tushunchasi boshqa turdagi mahsulot sifatidan farq qiladi, chunki elektr energiyasi sifati elektr energiya iste’molchilarining sifatli ishlashini ta’minlaydi. Ma’lumki, elektr ta’minoti tizimi elektr tarmoqlari qurilmalari va ko‘pgina elektr iste’molchilari nominal kuchlanishda(bir fazali yoki simmetriyali uch fazali) sinusoidal shaklli va nominal chastotada normal ish holatida bo‘ladi. Elektr stansiyalarida elektr energiya nominal qiymatlarda ishlab chiqariladi. Elektr energiya parametrlari uni elektr tarmoqlari elementlari orqali uzatishda, uni birinchi navbatda har xil nochiziqli, nosimmetriyali va keskin o‘zgaruvchan tavsifli (katta quvvatli yarim o‘tkazgichlar, elektr yoy pechlari, payvandlash qurilmalari, prokat stanlarining bosh yuritmalari va h.k.) iste’molchilarning iste’moli jarayonida o‘zgaradi.
    Shunday qilib, elektr energiyasi sifati elektr tizimi tugunlaridagi tartib parametrlari (kuchlanish va chastota) bilan tavsiflanadi. Ushbu parametrlarning nominal qiymatdan og‘ishi (xususiyatiga bog‘liq holda tez va uzoq vaqt bo‘lishi) kuch iste’molchilari, avtomatika tizimi, telemexanika va releli himoya qurilmalari ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektr ta’minoti tizimining ishlash ishonchliligini pasaytiradi, elektr energiya isrofini oshiradi, chiqarilayotgan mahsulot sifatini pasaytirib, sonining kamayishiga olib keladi. Bularning barchasi elektr energiya sifati muammolarini yuzaga keltiradi va energiya sifati miqdorini baholash uchun ko‘rsatkichlar tizimi zarurligini ko‘rsatadi.
    Asosiy me’yoriy hujjat ГOСT 13109-97 bo‘lib, unda elektr tarmoqlaridagi barcha ishlatiladigan elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlariga bo‘lgan talablar ko‘rsatilgan.
    ГOСT 13109-97 ga asosan elektr energiyaning sifat ko‘rsatkichlari energotizim tarmoqlarining turg‘un tartibli ishlashida ishlab chiqarishning texnologik xususiyati, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishdagi o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi. Bularga kuchlanish va chastotaning og‘ishi va tebranishi, kuchlanishning sinusoidal shaklining buzilishi, kuchlanish nosimmetriyasi kiradi. Bu ko‘rsatkichlarning ruxsat etilgan qiymatlari ГOСT 13109-97 da ko‘rsatilgan.
    Ko‘rsatkichlarning boshqa qismi elektr tarmoqlaridagi kommutatsiya jarayonlari, momaqaldiroq va atmosferadagi holatlar, avariyadan keyingi tartiblarda himoya vositalari va avtomatikaning ishlashida yuzaga keladigan qisqa muddatli to‘siq bilan tavsiflanadi. Bunga kuchlanish impulsi, yo‘qolishi va elektr ta’minotidagi uzilishlar kiradi. Elektr energiyasining ushbu sifat ko‘rsatkichlari uchun ГOСT 13109-97 ruxsat etilgan qiymat o‘rnatmaydi. Ammo ko‘rsatkichlarning amplitudaviy chastotani o‘zgarish vaqti o‘lchanishi va elektr tarmog‘i uchun qisqa muddatli to‘siq yuzaga kelish ehtimoli borligi sababli statik ma’lumotlar yig‘ilishi kerak.
    ГOСT 13109-97 ga muvofiq quyidagilar elektr energiyasining asosiy sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi:
    1. Chastotaning og‘ishi, ∆ƒ, Gs;
    2. Chastotaning tebranishi, δƒ,%;
    3. Kuchlanishning og‘ishi, ∆u,%;
    4. Kuchlanishning tebranishi, δu,%;
    5. Kuchlanish egri chizig‘ining nosinusoidallik koeffitsiyenti, KU, %;
    6. Kuchlanishning nosimmetriya koeffitsiyenti, K2U, %.
    Bu sifat ko‘rsatkichlari uchun ГOСT 13109-97 da me’yoriy ruxsat etilgan qiymatlar kiritilgan. Bunda ikki turdagi me’yoriy ruxsat etilgan va uning chegaraviy qiymati o‘rnatilgan. O‘lchangan yoki hisoblangan elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari ruxsat etilgan chegaraviy me’yordan, shuningdek, 95% ehtimollik bilan aniqlangan ushbu ko‘rsatkich qiymatlari me’yoriy ruxsat etilgan qiymatdan oshmasligi kerak.
    Elektr energiyasining tegishli me’yoriy sifat ko‘rsatkichlari 24 soatli hisoblash oralig‘ida baholanishi kerak. Elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini davom etadigan hamma vaqt oralig‘ida ruxsat etilgan va o‘zgaradigan qiymatlarini baholashga ruxsat etiladi. Bunda sutkaning 95% ida (yoki 22,8 soatida) sifat ko‘rsatkichlari ruxsat etilgan me’yoriy qiymatdan va sutka davomida chegaraviy qiymatdan oshmasligi kerak.
    Elektr energiyasi sifatini o‘rganishda quyidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor berish kerak: kuchlanish va chastotaning og‘ishi, kuchlanishning tebranishi, kuchlanish egri chizig‘i shaklini sinusoidadan og‘ishi va kuchanish nosimmetriyasi.


    Nazorat savollari:



    1. Kuchlanish deb nimaga aytiladi?

    2. Kuchlanish og’ishi nima?

    3. Kuchlanish og’ishini hisoblash?

    4. Kuchlanish og’ishining elektr iste’molchilariga ta’siri?

    5. Ruxsat etilgan qiymat tushunchasi?

    Download 21.98 Kb.




    Download 21.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 amaliy mashg‘ulot kuchlanish og‘ishini hisoblash va qiymatini baholash

    Download 21.98 Kb.