1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Kompyuterlarning tashkiliy qismlari asosiy ko‘rsatgichlari va xususiyatlari. Ishdan maqsad: Kompyuterlarning tashkiliy qismlari asosiy ko‘rsatgichlari va xususiyatlari o‘rganish




Download 279.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.03.2024
Hajmi279.4 Kb.
#165635
1   2   3   4
Bog'liq
kompyutyer tashkil etilishi 1
5 Кия йуналтирилган ФД лотин 2022, Tarbiyaviy ishlar metodikasi, Moderne Baumateriale.pluralbildung der substantive, ZDIFT 1416, 838, Magnitorazvedka okonchatelnyj variant, Fizika ma`ruza, Blankani AKK Amaliy 7, smart money (1), Mavzu Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish Ilmiy
Shaxsiy kompyuter 
 
Apparat ta’minot 
(hardware) 
Dasturiy ta’minot 
(software


dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson 
bilan o‘zaro muloqoti ─ foydalanuvchi interfeys deyiladi. Endi kompyuterning 
dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta 
kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin:
─ sistemaviy dasturiy ta’minot; 
─ amaliy dasturiy ta’minot; 
─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va 
kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet 
sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ yangi dasturlarni ishlab 
chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat 
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, 
ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash 
va joriy etishga mo‘ljallangan. 
Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani amaliy 
dasturiy ta’minot (АДТ) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson 
faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida 
avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo‘llanilishidir. Amaliy dasturiy 
ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo‘naltirilgan АДТ ga quyidagilar kiradi: 
─ bugalteriya uchun ДТ; 
─ personalni boshqarish ДТ; 
─ jarayonlarni boshqarish ДТ; 
─ bank axborot tizimlari va boshqalar.
Umumiy maqsadli АДТ ─ soha mutaxassisi bo‘lgan foydalanuvchi axborot 
texnologiyasini qo‘llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko‘plab dasturlarni o‘z 
ichiga oladi. Bular: 
─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi 


ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (МББТ)
─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda 
rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari; 
─ grafik muharrirlar; 
─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar; 
─ taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish 
etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus dasturlar. 
Ofis АДТ idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o‘z 
ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
─ rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar 
bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi 
dasturlar; 
─ tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko‘rsatilgan tilga tarjima 
qilishga mo‘ljallangan dasturlar; 
─ skaner yordamida o‘qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan 
o‘zgartiruvchi dasturiy vositalar; 
─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi 
o‘zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyot 
tizimlari “kompyuterli 
nashriyot faoliyati” axborot 
texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda 
betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo‘yish va 
hokazolarni bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi 
hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o‘zgarishi, lazerli disklarning 
paydo bo‘lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining rivojlanishi natijasida 
shakllandi.

Download 279.4 Kb.
1   2   3   4




Download 279.4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Kompyuterlarning tashkiliy qismlari asosiy ko‘rsatgichlari va xususiyatlari. Ishdan maqsad: Kompyuterlarning tashkiliy qismlari asosiy ko‘rsatgichlari va xususiyatlari o‘rganish

Download 279.4 Kb.
Pdf ko'rish