1.10-rasm. PhpMyAdmin veb-ilovasining
menyular satri
2.
Offline o‘rnatishda esa biz kerakli xotira qurilmalari (doimiy yoki tashqi
xotira) dan foydalanib uni amalga oshirimiz mumkin:
•
O‘rnatiluvchi dasturni ishga tushiramiz va hosil bo‘lgan oynadan “Next”
tugmasini bosamiz (1.11-rasm)
1.11-rasm. XAMPP dasturini kompyuterga yuklashga ruxsat
berish
•
Hosil bo‘lgan komponentalar oynasidan quyidagilarni tanlaymiz (agar,
sizning oynangizda ko‘rsatilgan maydonlar tanlangan bo‘lsa oynani o‘zgartirishsiz
qoldiring) va “Next” tugmasini bosamiz (1.12-rasm)
1.12-rasm. Dastur komponentalarini tanlash oynasi
•
Sozlanmalarni qattiq diskga saqlash uchun tavsiya berish oynasidan dasturni
qattiq diskning qaysi sohasiga o‘rnatishni ko‘rsatib o‘tamiz (sozlanmalarni diskning
boshqa sohasiga saqlamasangiz, aynan dastur operatsion tizim o‘rnatilgan sohada
avtomatik ko‘rinishda saqlanadi ) va “Next” tugmasini bosamiz:
1.13-rasm. Sozlanmalarni
qattiq diskga saqlash
•
Dasturiy ilovaga
Bitnami kutubxonasini qo‘shish
va u bilan tanishish
oynasidan “Next” tugmasini bosamiz (Biz ushbu interfeysda
Learn more about
Bitnami for XAMPP maydonidan u bilan to‘liqroq tanishish beligisini olib tashladek.
Agarda siz
Bitnami kutubxonasi va uning afzalliklari haqida bilmoqchi bo‘lsangiz
maydondagi belgini olmang)
1.14-rasm. Bitnami kutubxonasini XAMPP dasturi uchun o‘rnatish
•
Dastur sozlanmalarini yakunlash va o‘rnatish oynasidan “Next”
tugmasini
bosamiz