• Ananaviy dasturlash (protsedurali).
  • Protsedurali dasturlashning murakkab jihatlari.
  • Internet-dokon foydalanuvchisini royxatdan otkazish
  • 1-amaliy mashg’ulot. Obyekt modeli va uning afzalliklari




    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana29.06.2022
    Hajmi0.59 Mb.
    #24566
      1   2   3
    Bog'liq
    1 mashg'ulot
    MUSTAQIL CHIZMA GRAFIK ISHLARI compressed (1)-3, Документ, Dasturlashdan test, Metodika Dars Ishlanma


    1-amaliy mashg’ulot. Obyekt modeli va uning afzalliklari 
    Ushbu mavzudan boshlab obyektga yo'naltirilgan dasturlash yoki qisqacha 
    OYD haqida gaplashamiz. Bu dolzarb mavzu va uni o’rganish muhim ahamiyatga 
    ega. 
    Bu atamadan biz OYD ning shunday yondashuvi, degan xulosaga kelishimiz 
    mumkin, bu yerda obyektlar birinchi o'rinda turadi. Bu mavzular biroz murakkabroq 
    tuyilishi mumkin, lekin to’g’ri yo’nalishga tushib olinsa o’rganish oson.
    An'anaviy dasturlash (protsedurali). Ko'pincha odatiy protsedura va 
    funksiyalarga asoslangan dasturlash protsedurali dasturlash deb tushuniladi. 
    Funksiya-bu ba'zi ma'lumotlarni kirish sifatida qabul qiladigan, o'z ichida biror 
    vazifani bajaradigan va hisob-kitoblar natijasida ba'zi ma'lumotlarni beradigan mini-
    dastur. Tasavvur qiling -a, bu qutiga o'ralgan konveyer. 
    Masalan, onlayn-do'konda "e-mailni tekshirish" funksiyasi bo'lishi mumkin. 
    U matnni kirish sifatida qabul qiladi, uni o'z qoidalari bilan taqqoslaydi va javob 
    beradi: bu to'g'ri elektron pochta manzili yoki yo'q. Agar to'g'ri bo'lsa, rost (true) 
    agar noto’g’ri email bo’lsa yolg’on (false) qiymatini qaytaradi. 
    Oddiy funksiya 


     Funksiyalar ko'p buyruqlarni bittaga yig'ish kerak bo'lganda foydalidir. 
    Masalan, elektron pochta manzilini tekshirish oddiy ifodalar uchun bitta 
    tekshiruvdan iborat bo'lishi mumkin yoki u ko'plab buyruqlarni o'z ichiga olishi 
    mumkin: lug'atlarga so'rovlar, spam-ma'lumotlar bazalarini tekshirish va hatto 
    ma'lum bo'lgan elektron pochta manzillariga moslashtirish. Siz har qanday 
    harakatlar kombinatsiyasini funksiyaga to'plashingiz va keyin ularni bir harakatda 
    chaqirishingiz mumkin. 
    Protsedurali dasturlashning murakkab jihatlari. Protsedurali dasturlash 
    oddiy dasturlarda mukammal ishlaydi, bunda barcha vazifalar, taxminan aytganda, 
    o'nlab funksiyalar yordamida hal qilinadi. Vazifalar bir-biriga yaxshi joylashtirilgan, 
    bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lib, ma'lumotlarni bir funksiyadan boshqasiga 
    o'tkazishingiz mumkin. 
    Masalan, siz "Internet-do'kon foydalanuvchisini ro'yxatdan o'tkazish
    funksiyasini yozasiz. Uning ichida siz uning elektron pochta manzilini 
    tekshirishingiz kerak. Siz "Ro'yxatdan o'tish" funksiyasida "Emailni tekshirish" 
    funksiyasini chaqirasiz va uning javobiga qarab, yo siz foydalanuvchini ro'yxatdan 
    o'tkazasiz yo xato haqida xabar berasiz va sizda bu funksiya yana o'nta joyda 
    mavjud. Bu funksiyalar bir-biri bilan chambarchas bog'liq. 
    Tasavvur qilaylik menejer kirib: "Men foydalanuvchiga elektron pochta 
    manzilini kiritishda xato nima ekanligini aniq bilishini istayman", deydi. Endi siz 
    funksiyani nafaqat rost yoki yolg’on, balki xato kodini ham qaytarishga 
    o'rgatishingiz kerak: masalan, agar manzilda xato bo'lsa, 01 kodi, agar manzil spam 
    bo'lsa, 02 kodi va boshqalarni qaytarsin. Buni amalga oshirish qiyin vazifa emas. 

    Download 0.59 Mb.
      1   2   3




    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashg’ulot. Obyekt modeli va uning afzalliklari

    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish