Parallel dasturlash tillarning kengayishi




Download 1,69 Mb.
bet25/35
Sana22.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#250113
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot (1)

Parallel dasturlash tillarning kengayishi.
Mahsuslashtirilgan parallel tillar va mavjud tillarni kengaytirish.
 NORMA - hisoblash vazifalari mahsuslashtirilishining uslubsiz tili.
 ABCL (An object-Based Concurrent Language) - ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash elementlari va xabarlar yuborish vositalarini birlashtiradigan parallel tili.
 Adl - parallel dasturlash uchun mo'ljallangan, ma'lumotlarning bir gancha turlari va konstrukstiyalariga ega funktsional tili. Bu tarqalgan xotirali abstract mashinani dasturlashga qaratilgan.
 Ada –Parallel dasturlarni yaratishga mo’ljallangan vositalarni o'z ichiga olgan universal dasturlash tili. AQSh Mudofaa vazirligining rasmiy dasturlash tili. Ko’pgina turli platformalar uchun turli xil kompilyatorlar mavjud.
 Concurrent Clean – ketma ket va parallel dasturlarni yaratish imkonini beruvchi oliy darajadagi ko'p maqsadi dasturlash tili. Ko'p platformalar uchun tadbiq qilish mumkin.
 MC # - klaster va GRID-arxitekturalarga qaratilgan va parallel dasturlashda C # tilining barcha avzalliklarini ishlatishga imkon beradigan MC # dasturlashning asinhron parallel tilini yaratish bo’yicha yangi loyiha. Ushbu til local va tarqoq tartibda bajarilishi mumkin bo’lgan oson o’qiladigan va samarali dasturlash kodini yaratish imkonini beradi.
 DVM- turli arxitekturali parallel kompyuterlar uchun C-DVM va FortranDVM tillarda ko'chma va samarali hisoblash ilovalarini yaratish uchun mo'ljallangan tizim.
 Qisqartma DVM ikki tushunchalariga mos keladi: Tarqatish Virtual Xotira va tarqatish Virtual Machine. Birinchisi yagona manzil maydon mavjudligini aks ettiradi. Ikkinchisi virtual mashinalarini malumotlarni tasvirlash va real parallel mashinada hisoblashni ikki bosqichli sxemada foydalanishni aks ettiradi
 DVM tizimi ham LIB-DVM, DVM otladchik, DVM dasturlarini ishini bashoratlovchi, DVM dasturlarini maxsuldorligini qo`llab quvvatlovchi kutubxonalar qatoriga kiradi.
 Erlang – turli xilda taqsimlangan tizimlar uchun dasturlar yozish imkonini beruvchi dasturlash tili. Ushbu til parallel jarayonlarni ko`paytirish va asinxron xabarlar orqali aloqa qiluvchi vositalarni o`z ichiga oladi.
 Modula-3 - universal dasturlash tili, Bu til ko'p oqimli dasturlar ishlab chiqish imkoniyatini o'z ichiga oladi.
 NESL – parallel dasturlash tili bo`lib, bir xil tipdagi malumotlar ustida istalgan funksiyani parallel bajarish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari kompyuter unumdorligini analiz qiluvchi vositasini ham o`z ichiga oladi.
 Occam - parallel dasturlash tili, ko`proq transputer tizimlari uchun parallel dasturlar yozishga qaratilgan.
 Orca – taqsimlangan xotiraga ega kompyuterlar uchun parallel dasturlash tili. Dinamik jarayonlarni paydo qilish, va ularni protsessorda aks ettirish vositalarini, shuningdek, alohida obektlar o`rtasida aloqani o`rnatishni o`z ichiga oladi.
 Parallaxis – Modula-2 tiliga asoslangan strukturali parallel dasturlash tili. Foydalanuvchiga dastur ishlashi lozim bo`lgan virtual mashina konfiguratsiyalarini sozlash imkoniyatini beradi.
 Phantom – kata taqsimlangan interaktiv ilovalarni yaratishga mo`ljallangan dasturlash tili.
 Sisal - funktsional dasturlash tili. Dasturchi yaratayotgan dasturining parallel xususiyatlari haqida qayg`urmasa ham bo`ladi, chunki kompilyator o`zi barcha bo`g`liq bo`lmagan qismlarni topadi hamda protsessorlarga taqsimlab beradi.
 SR - parallel dasturlash tili. Tilning asosiy tuzilmalar: resurslar(CPU va ma'lumotlar) va operatsiyalar. Turli ko`rinishdagi sinxronlashtirishni, xabar uzatish, dinamik jarayon yaratish, bo`linuvchi o'zgaruvchilardan foydalanishni qo'llab-quvvatlaydi.
 ZPL - parallel dasturlash tili. Bu massivlar va massivlar seksiyasi ustida amallar bajarish imkoniyatini o`z ishiga oladi. Dasturchi parallelism haqida buyruq bermaydi, barcha parallel xususiyatlar kompilyator tomonidan aniqlanadi.

Download 1,69 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Download 1,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Parallel dasturlash tillarning kengayishi

Download 1,69 Mb.