1.2-chizma. Haqiqiy masshtab 30 mm = 10 mm (berilgan masshtab = 3/1)
Diagonal masshtablar.
Oddiy masshtablarni qurishda undagi bo‟lakchalar soni chegaralangan. 10 mm uzunlikni 50
bo‟lakga ajratishga harakat qilib ko‟ring. Buning deyarli imkonsizligiga amin bo‟lasiz. Arxitektor,
kartograf va marksheyderlarning barchasida oddiy masshtabdagi bo‟lakchalarga qaraganda kichikroq
bo‟lakchalarga ajratish muammosi mavjud. Diagonal masshtab esa sizning bo‟linmalaringizni kichikroq
bo‟laklarga ajratish imkonini beradi.
Aynan qanaqadir masshtabni ko‟rishdan oldin, keling quyidagi qoidalarga nazar tashlaylik.
1.3-chizmada ABC uchburchak ko‟rsatilgan. AB tomoni taxminan 10 mm uzunlikda va BC
tomoni teng 10 bo‟lakka bo‟lingan. Bu teng 10 bo‟lakdan AB chiziqga nisbatan parallel chiziqlar
o‟tkazilgan va 1dan 10 gacha raqamlangan.
1.3-chizma. AB to‟g‟ri chiziqni teng 10 bo‟lakga qanday qilib ajratish chizmasi.
Bu yerda shu narsa aniqki, 5-5 chiziq AB chiziqni yarmini tashkil etadi. Shu kabi 1-1 chiziq
AB chiziq uzunligining
va 7-7 chiziq esa AB chiziq uzunligining
qismini tashkil etadi (Agar siz
buni isbotini xohlasangiz bu matematikadagi o‟xshash uchburchaklarda qo‟llanilgan).
Uchburchakdagi 1-1 dan 10-10 gacha ko‟tarilib borgan sayin chiziqlar uzunligi 1 mm dan ortib
boradi. Agar AB chiziqning uzunligi 1 mm tashkil etsa, u holda undagi har bir chiziq
mm dan ortib
boradi. Shu yo‟l bilan kichik uzunlikdagi chiziqlarni ham juda kichik uzunliklarga bo‟lish va buni
osonlik bilan bajarish mumkin.
Quyida diagonal masshtabga oid uchta misol keltirilgan.
Bu masshtab buyumning haqiqiy o‟lchamidan ikki marta katta chizilishi kerak bo‟lgan
chizmada qo‟llaniladi va chizma chizuvchi 0.1 mm aniq masshtabli o‟lchamda bajara olishi kerak
bo‟ladi. Eng uzun haqiqiy o‟lcham 60 mm ga teng. Bu uzunlik 10 mm dan oltita intervalga bo‟linadi.
Birinchi interval 10 ta teng bo‟lakka ajratiladi, har biri 1 mm kenglikda (masshtablangan) bo‟ladi. Har
bir 1 mm intervallar diagonaliga 10 ta teng bo‟laklarga ajratiladi (1.4-chizma).
1.4-chizma. Diagonal masshtab 20 mm = 10 mm (Berilgan masshtab = 2/1)
Diagonal masshtabni qurish, 30 mm = 1 mm, 4 mm 10 mm deb olinsin (1.5-chizma).
Masshtab uzunligi = 4 × 30 mm = 120 mm
Birinchi bo‟linma 4 × 30 mm uzunlikda
Ikkinchi bo‟linma 10 × 100 mm uzunlikda
Diagonal bo‟linma 10 × 10 mm uzunlikda
1.5-chizma. Diagonal masshtab, 3 sm = 1 m.
Diagonal masshtabni qurish, 50 mm = 1 mm, 3 mm uzunlik 0.01mm deb o‟qilsin (1.6-chizma).
Masshtab uzunligi = 3 × 50 mm = 150 mm
Birinchi bo‟linma 3 × 50 mm uzunlikda
Ikkinchi bo‟linma 10 × 0.1 mm uzunlikda
Diagonal bo‟linma 10 × 0.01 mm uzunlikda
|