• MASHG’ULOTNING BORISHI: a) Guruhning va xonaning darsga tayyorligini aniqlash. b) Yo’qlama qilish.
  • Kompyuter xonasida mashg’ulot olib borish.
  • 1-amaliy topshiriq mavzusi. Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Mashg’ulotning maqsadi




    Download 260 Kb.
    bet1/7
    Sana30.10.2022
    Hajmi260 Kb.
    #28551
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-amaliy topshiriq mavzusi. Informatika o‘qitish metodikasi fani (1)
    11-sinf-informatika-va-at, 34743 4.02.Inf uqi met 2016, Kompyuter tarmoqlari fanidan 307 – guruh talabasi Bajardi Doni, Kross-platformali dasturlash. Flutter Framework O’rnatish; Reja

    1-amaliy topshiriq mavzusi.
    Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari.


    MASHG’ULOTNING MAQSADI: Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalarini o`rgatish.
    MASHG’ULOTNING JIHOZI: Ko’rgazmali material, tatqatma materiallar, innovatsion va pedagogik metodlar.
    MASHG’ULOT O’TISH VOSITASI: Monoblok kompyuterlari (qo’shimcha qurilmalari) bilan jihozlangan kompyuter sinfi.
    MASHG’ULOTNING BORISHI:
    a) Guruhning va xonaning darsga tayyorligini aniqlash.
    b) Yo’qlama qilish.
    c) Avvalgi mashg’ulotlarda o’tilganlarni takrorlash bo’yicha suhbat o’tkazish: o’tilgan mavzularni qisqacha takrorshlash.
    g) Yangi mavzuning bayoni: Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari.
    d) Kompyuter xonasida mashg’ulot olib borish. O’rganganlari ustida mashq.
    e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berib, Kompyuterlarni o’rnatilgan tartib asosida o’chirish.


    Amaliy mashg`ulotning qisqacha mavzu bayoni.
    «Informatika o‘qitish metodikasi» fani umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo‘lim hisoblanadi.
    Informatika fanini o‘qitish qo‘yidagi maqsadni ko‘zda tutadi:

    • bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika fanini ijodiy o‘qitish va o‘zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish;

    • bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika sohasi bo‘yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazishga tayyorlash;

    • bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo‘llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.

    Bo‘lajak informatika o‘qituvchisi o‘sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.
    «Informatika o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi zarur:

    • informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;

    • informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;

    • informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va didaktik imkoniyatlari;

    • yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash.


    Download 260 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 260 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy topshiriq mavzusi. Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Mashg’ulotning maqsadi

    Download 260 Kb.