• Topshiriqlar mazmuni
  • 1-amaliy topshiriq mavzusi. Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Mashg’ulotning maqsadi




    Download 260 Kb.
    bet2/7
    Sana30.10.2022
    Hajmi260 Kb.
    #28551
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-amaliy topshiriq mavzusi. Informatika o‘qitish metodikasi fani (1)
    11-sinf-informatika-va-at, 34743 4.02.Inf uqi met 2016, Kompyuter tarmoqlari fanidan 307 – guruh talabasi Bajardi Doni, Kross-platformali dasturlash. Flutter Framework O’rnatish; Reja
    Topshiriqlar

    1. Informatika va axborot texnologiyalari o‘qitish uslubiyotining maqsadi nima?

    2. Informatika va axborot texnologiyalari o‘qitish uslubiyoti fani numa uchun o’rganiladi?

    3. Informatika va axborot texnologiyalari va ularning o‘qitish uslubiyotini tarixi haqida nimalar bilasiz?

    4. Bu fanning asoschilari kimlar?

    5. Rezpublikamizda bu fan bo’yicha kimlar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan va borishmoqda?

    Topshiriqlar mazmuni

    Informatika va axborot texnologiyalari o‘qitish uslubiyotining maqsadi bo’lajak o’qituvchilarda informatikani o’qitishda paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishni tarbiyalash, mustaqil o’quv jarayonining, uslubiy ijodiyotning ko’nikmalarini shakillantirish, muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni bo’yicha umumlashtirish, klassifikatsiyalashning asosiy shakllarini ishlab chiqish masalalarini tushuntirish, bilimlarni tekshirish va mustahkamlash, o’quvchilarning yoshiga qarab alohida pedagogik uslublarning qo’llanilish samarasini tushuntirish, tekshirish va ko’rib chiqish kabilardan iboratdir.


    IO’TvaL kursi bo’lajak informatika o’qituvchisini umumiy o’rta ta’limda o’qitiladigan “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limida o’qitiladigan “Informatika” va “Axborot texnologiyalari” fanlarini o’qitishda, kelgusi kasbiy tayyorgarligida kursni o’qitishning mazmun va shakllarini tanlash tamoyillarini, boshqa predmetlar bilan o’zaro aloqasini tushuntirishda, mahalliy tarmoq orqali kompьyuter va dasturlarni malakali ishlata olish usullarini egallashida yordam beradi.
    Mazkur kursni o’qitish davomida ilg’or innovatsion va pedagogik texnologiyalaridan, interektiv usullardan foydalaniladi.
    IO’TvaL kursini o’zlashtirish uchun o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Ma’ruza, amaliy-seminar darslarda mos ravishdagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
    Bundan tashqari, informatikani o’qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to’g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to’g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o’quvchilar har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar.
    IO’TvaL kursini o’qitish uslubiyotining xususiyatlaridan biri talabalarni ushbu kursning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va ish ko’nikmalarini egallashning usul va yo’llarini belgilash masalasidir. Bularga o’quv materialini o’rganish usullari hamda zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi.



    Download 260 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 260 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy topshiriq mavzusi. Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Mashg’ulotning maqsadi

    Download 260 Kb.