O‘qitishning maqsadi va vazifalari




Download 260 Kb.
bet3/7
Sana30.10.2022
Hajmi260 Kb.
#28551
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy topshiriq mavzusi. Informatika o‘qitish metodikasi fani (1)
11-sinf-informatika-va-at, 34743 4.02.Inf uqi met 2016, Kompyuter tarmoqlari fanidan 307 – guruh talabasi Bajardi Doni, Kross-platformali dasturlash. Flutter Framework O’rnatish; Reja
O‘qitishning maqsadi va vazifalari o‘qitish metodini yagona ravishda aniqlamaydi. Ma’lum bir mazmun bir necha metod bilan o`rganilishi mumkin. Bunda albatta har bir metod yordamida o‘qitish maqsadlariga erishiladi. O‘qitish metodlari ko‘p qirralidir. Shu sababli ham ularni ko‘plab tasniflari mavjuddir. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo‘yicha jamlanadi.

1. An’anaviy tasnif. Umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.


 Amaliy : Tajriba, Mashqlar qilish , Mustaqil ish , Laboratoriya ishi.


 Ko‘rgazmali : Illyustratsiya , Kuzatish.

 Og‘zaki : Tushuntirish, Hikoya qilish, Suhbat, Ma’ruza.


 Kitob bilan ishlash: O‘qish, Tez ko‘rib chiqish, Sitata olish , Bayon etish , qayta so‘zlab berish , Konspekt.


 Video metod : Ko‘rib chiqish, Mashk ishlash.

2. Hozirgi kunda o‘qitish metodlarining uchta katta guruhi alohida ajratilgandir:


 o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;

 o‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari;


 o‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va mativatsiya metodlari;


O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitish metodlari quyidagi funksiyalarni bajarishi ma’lum:


 o‘rgatuvchi (metod yordamida o‘qitish maqsadiga erishiladi)

 rivojlantiruvchi (metod yordamida o‘quvchilar rivojlanishining u yoki bu sur’ati (tempi) va darajalariga erishiladi).


 tarbiyaviy (metod yordamida tarbiya natijalari oldindan belgilanadi)

 istak tug‘diruvchi yoki mativatsiya (o‘qituvchi uchun metod o‘quvchida o‘qish uchun istak tug‘diruvchi va bilish faoliyatini rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lib kiladi)


 nazorat-korreksion (metod yordamida o‘qituvchi o‘quv jarayonining borishini va natijalarini tashxis kiladi).
Ma’lumki, “Informatika va axborot texnologiyalari” o‘quv predmetining asosiy vazifasi o‘quvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalarining ba’zi bir umumiy g‘oyalari bilan tanishtirish, axborot texnologiyalarining amaliyotdagi tatbiqini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi ro‘lini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni xisobga olgan holda, o‘quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o‘qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo‘llsh lozim.

Masalan, ko‘pchilikka ma’lum va ommabop bo‘lgan krossvord o‘yini bolalarda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir. Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli va o‘ziga tortadigan metoddir.





Download 260 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 260 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitishning maqsadi va vazifalari

Download 260 Kb.