• Zamonaviy jamiyatda AKTni rivojlantirish tarixi
  • Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar




    Download 260 Kb.
    bet4/7
    Sana30.10.2022
    Hajmi260 Kb.
    #28551
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-amaliy topshiriq mavzusi. Informatika o‘qitish metodikasi fani (1)
    11-sinf-informatika-va-at, 34743 4.02.Inf uqi met 2016, Kompyuter tarmoqlari fanidan 307 – guruh talabasi Bajardi Doni, Kross-platformali dasturlash. Flutter Framework O’rnatish; Reja
    Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
    Fanning o’qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan umumli foydalanish ko’zda tutiladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan mustaxkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo’lish mumkin. SHuning uchun dasturda amaliy-laboratoriya ishlariga katta e’tibor qaratilgan. Talabalarning «Zamonaviy dasturlash tillari» fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan “Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig’ich” texnologiyasi va boshqalardan foydalaniladi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, elektron materiallar, tarqatma materiallar, virtual stentlardan foydalaniladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan mustaxkamlashi kerak. Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari kompyuter texnologiyalari yordamida o’tkaziladi.


    Zamonaviy jamiyatda AKTni rivojlantirish tarixi

    XXI asr boshi jamiyatning barcha hayot sohalarini axborotlashtirish, globallashtirsh va texnikalashtirish bilan xarakterlanadi, bu esa o‘z navbatida fan, ta‘lim, ishlab chiqarish va boshqaruvning jahon miqyosidagi keyingi rivojlanish tamoyillarini belgilab beradi. Barcha davlatlarda iqtisodning rivojlanishi, turli sohalardagi kompaniyalarning ish faoliyatining kengayishihi, axborotlarning yig‘ish, uzatish, himoyalash kabi tizimlarini takomillashtirish talabi, ishlab chiqarishning samarasini oshirish harakatlari – bularning hammasi har bir davlatda turli sohalarni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologoyalarini qo‘llash jarayonlarini bajarish talabani belgilovchi faktorlardir.


    Ma‘lumki, texnik sivilizatsiyaning rivojlanish masalasini hal etishda axborotlashtirishni kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib borishdan boshqa alternativ yo‘l yo‘q bo‘lsa kerak. Axborot eng muhim va bebaho resurs bo‘lgan axborotlashgan jamiyatda mamlakatning rivojlanish darajasi uni axborotlashtirish darajasi bilan baholanmoqda. Shuni ta‘kidlash mumkinki, hozirgi kunda axborot yurituvchi kuchning asosiy mahsuloti sifatida qaraladi, axborot texnologiyalari esa jamiyatning axborot resurslarini aktivlashtirish va samarali foydalanishning muhim vositasidir. Shuning uchun AKTni jadal rivojlantirish va takomillashtirish masalasi hozirgi kunda mamlakat va jahon miqyosida strategik jihatdan muhim masalaga aylandi.
    Hozirgi sharoitda har bir jamiyat va uning institutlarining zamonaviy AKT vositalari yordamida axborotni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish, tizimlashtirish kabi qobiliyati ijtimoiy va texnologik progresning muhim dalilidir. Axborot texnologiyalari va komminikatsiya vositalaridan faol faoydalanish natijasida axborot-kommikatsiya texnologiyalari tushunchasi ishlatilmoqda.



    Download 260 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 260 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

    Download 260 Kb.