|
Avtoilashish (avtossepka) qurilmasini ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma”larni o‘rganish
|
bet | 2/2 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 33,79 Kb. | | #265813 |
Bog'liq avtosepka Avtoilashish (avtossepka) qurilmasini ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma”larni o‘rganish.
SV VNIIJT-494 “Temir yo‘llar harakatlanuvchi tarkibi Avtoilashish (Avtossepka) qurilmasini ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomasi”ning “Tashqi ko‘zdan kechirish” nomli 3-bobi mazmunini o‘rganib chiqish. Avtossepka vagonlarning ajratilgan holdagi joriy ta’mirlanishida va yo‘lovchi vagonlar yagona texnik taftishi (TO-3) paytida tashqi ko‘zdan kechirishdan o‘tkaziladi. Avtossepka tashqi ko‘zdan kechirishda 940 shabloni bilan tekshiriladi:
qulf saqlagichining yaxshi ishlashini tekshirish;
mexanizmning qulfni ajratilgan (ochiq) holatda tutishga ishlashi tekshirilsin;
avtossepka ilashtirilganida qulf saqlagichining vaqtidan avval ishlab ketish imkoniyati aniqlansin;
qulfning ilashish qismi qalinligi tekshirilsin;
kichik tishning edirilganligi avtossepka o‘qidan yuqoriga va pastga 80 mm masofaga tekshirilsin;
katta tish tortuv yuzasining edirilganligi tekshirilsin;
qulf tutgichning tokcha ustidan ko‘tarilib turishi tekshirilsin.
Foydalanish jarayonida vagonlarning Avtoilashish (Avtossepka) qurilmasi uzellarida ayrim detallarida turli edirilish va shikastlanishlar yuzaga keladi. Barcha nuqsonlar vaqtida aniqlanishi va bartaraf etilishi shart, chunki ulardan istalgan biri avtossepkalar uzilib, poezd ajralib ketishi, detallarning yo‘lga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. G’ildirak juftliklari belgilangan tartibda harakat tarkibi ostida ko’rikdan o’tishi, oddiy va to’liq tekshirishdan o’tishi, qo’yilayotgan vaqtda esa tegishli jurnal va pasportlarda qayd qilinishi kerak.
Yuklanmagan g’ildirak juftliklarida g’ildiraklarning ichki chegaralari orasidagi masofa 1440 mm bo’lishi kerak. 120 km/soat dan 140 km/soat gacha tezlikda harakatlanuvchi poezdlarning lokomotiv va vagonlarda bu masofadan chetga chiqishlar ko’payish tomoniga 3 mm dan oshib ketmasligi, kamayish tomoniga 1 mm dan oshib ketmasligi kerak. 120 km/soat gacha tezlikda ko’payish va kamayish tomonga chetga chiqishlar 3 mm dan oshmasligi kerak.
G’ildirak juftligi o’qining biron-bir qismida yoki g’ildirak aylanasi, diski va stupitsasida darzi bo’lgan, g’ildirak juftligi grebenida uchli nakat mavjud bo’lgan harakat tarkibining foydalanishga topshirilishi va poezdlarda harakatlanishi taqiqlanadi. Shuningdek, harakat tarkibi bilan yo’lning o’zaro normal munosabatini buzuvchi g’ildirak juftliklarining
quyidagi edirilishi va nosozliklarida harakatlanish man etiladi:
a) 120 km/soat dan 140 km/soat gacha bo’lgan harakat tezliklarida:
lokomotiv, motorvagon harakat tarkibi, yo’lovchi vagonlarida g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat 5 mm dan ko’p bo’lsa;
lokomotivlarda balandligi 30 mm bo’lgan greben cho’qqisidan 20 mm masofada o’lchanadigan, harakat tarkibida esa 28 mm balandlikdagi greben cho’qqisidan 18 mm masofada o’lchanadigan grebenning kengligi 33 mm dan katta va 28 mm dan kichik bo’lganida;
b) 120 km/soat gacha bo’lgan harakat tezligida:
lokomotivlarda, shuningdek, motorvagon harakat tarkibi va uzoq masofalarga qatnovchi poezdlarning yo’lovchi vagonlarida g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat 7 mm dan ko’p bo’lsa, mahalliy va shahar tashqarisiga qatnovchi poezdlarning motorvagon harakat tarkibi va yo’lovchi vagonlarda 8 mm dan ko’p bo’lsa, refrejerator va yuk vagonlarida 9 mm dan ko’p bo’lsa;
lokomotivlarda balandligi 30 mm bo’lgan greben cho’qqisidan 20 mm masofada o’lchanganida, harakat tarkibida esa 28 mm balandlikdagi greben cho’qqisidan 18 mm masofada o’lchanganida greben kengligi 33 mm dan katta va 25 mm dan kichik bo’lganida;
v) maxsus shablon bilan o’lchananadigan 18 mm dan baland bo’lgan grebenning vertical kesimi;
g) lokomotiv, motorvagon harakat tarkibi va rolik buksa podshipnikli vagonlarda g’ildirash yuzasidagi polzun 1 mm dan oshsa, sirpanish podshipnikli vagon va tenderlarda 2 mm dan ko’p bo’lsa.
Motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan yoki rolik buksa podshipnikli tenderdan tashqari, yo’nalish bo’ylab ketayotgan vagonda 1 mm dan katta, lekin 2 mm dan kichik chuqurlikdagi polzun aniqlanganida, bunday vagon (tender)ni poezddan ajratmagan holda
(yo’lovchi poezdi - 100 km/soat dan, yuk poezdi - 70 km/soat dan oshmagan tezlik bilan) g’ildirak juftlarini almashtirish uchun vositalari bo’lgan eng yaqin texnik xizmat ko’rsatish punktiga olib borish mumkin.
Motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan tashqari, vagonlarda polzunning kattaligi 2 dan 6 mm gacha, lokomotiv va motorvagon harakat tarkibining motor vagonida 1 dan 2 mm gacha bo’lganida eng yaqin stansiyagacha 15 km/soat tezlik bilan harakatlanishga ruxsat
beriladi. Agar polzun, motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan tashqari, vagonlarda 6 dan 12 mm gacha, lokomotiv va motorvagon harakat tarkibining motor vagonida 2 dan 4 mm gacha bo’lsa, 10 km/soat tezlik bilan harakatlanishga ruxsat beriladi. Eng yaqin stansiyada
g’ildirak jufti almashtirilishi kerak. Vagon va tenderda polzun 12 mm dan, motorvagon harakat tarkibining motor vagonida va lokomotivlarda 4 mm dan oshsa, g’ildirak juftini osib qo’yib yoki aylantirish imkoniyatisiz sharti bilan 10 km/soat tezlikda harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Foydalanilgan Adabiyotlar.
1. Руководяший документ по ремонту и техническому обслуживаниюколесных пар с буксовыми узлами грузовых вагонов магистральных железных дорогколеи 1520(1524) мм РД ВНИИЖТ (27.05.01.-2017)
2. ИНСТРУКЦИЯ ПО ТЕХНИЧЕСКОМУ ОБСЛУЖИВАНИЮ ВАГОНОВ В ЭКСПЛУАТАЦИИ. УТВЕРЖДЕНА Советом по железнодорожному транспорту Государств – участников Содружества Протокол от 21-22 мая 2009 г. № 50
3. Toshkent VCHD-1 ga qarashli Chuqursoy JTS ga tegisli ma’lumotnomalardan
|
| |