6
4.
Moliya-iqtisod boshqarmasi
(O‘.Choriev)
va Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi
(B.Xasanov)
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-Farmoni bilan
tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasini "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili"da amalga oshirishga oid davlat
dasturi”ning 15.4-bandiga muvofiq subsidiya ajratish bilan bog‘liq barcha
xizmatlarni
bosqichma-bosqich
maxsus
yagona
elektron
platformaga
(subsidiya.mf.uz) o‘tkazish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilsin.
5.
Vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasi
(S.Samadov)
Jamoat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga xarid qilingan ijaraga berilgan
asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlar bo‘yicha ijara to‘lovlari to‘lanishi
holatini tahlil qilib, muntazam ravishda ijara to‘lovlarini to‘lamay kelayotgan
“Ijaraga oluvchi”lardan belgilangan tartibda amaldagi shartnomani muddatidan
oldin bir tomonlama bekor qilish va huquqlarni uchinchi shaxsga o‘tkazish
choralarini ko‘rishni;
o‘rganishda aniqlangan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi, sohaga oid
normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganligi hamda o‘z xizmat vazifasini talab
darajasida bajarmaganligi uchun Jamoat ishlari jamg‘armasining jamoat ishlari
dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish bosh mutaxassisi R.Abdullaevga
“Hayfsan” intizomiy jazo chorasini qo‘llashni;