1-bob. Dasturiy ta’minotni konstruksiyalashga kirish §




Download 258.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.12.2022
Hajmi258.58 Kb.
#33375
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-bob. Dasturiy ta’minotni konstruksiyalashga kirish §
Real vaqt tizimlari tushunchasi Real vaqt tizimi. Dasturiy tizim, 82-21 Xusainov Doston, ABDIRASULOV SALOHIDDIN oʻzbek tilini sohaga yoʻnaltirish fanidan, 1. Maxsus nuqta haqida tushincha. Maxsus nuqta turlari. Maxsus n, Turonov Shaxzod religovideni



1-BOB. DASTURIY TA’MINOTNI KONSTRUKSIYALASHGA KIRISH 
§ 1.1. Dasturiy ta’minotni konstruksiyalash tushunchasi 
“Dasturiy ta’minot qurilmasi va evolyusiyasi” fanini o’qitishdan maqsad – 
talabalarga dasturiy ta’minotni konstruksiyalash bo’yicha bilimlarning nazariy 
asoslarini, dasturiy ta’minotni konstruksiyalashning tushunchalarini, dasturiy 
ta’minotni konstruksiyalash usullarini, dasturiy ta’minotni konstruksiyalash va 
rivojlantirish tamoyillarini o’rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish 
ko’nikmasini hosil qilishdan iborat. 
“Dasturiy ta’minot qurilmasi va evolyusiyasi” fanining vazifasi – nazariy 
bilimlar, amaliy ko’nikmalar, dasturiy ta’minotni konstruksiyalash va rivojlantirish 
jarayonlariga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, 
dasturiy ta’minotni konstruksiyalashdagi metodlar va ularning mazmun-mohiyatini, 
dasturiy ta’minotni konstruksiyalashning o’rni va ahamiyatini ochib berish. 
Dasturiy taʼminot (rus. Программное обеспачение, ingl. Software) — bu 
Kompyuterda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. 
Aynan shu dasturiy taʼminotgina kompyuter — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa 
chiqargan. Dasturiy vositalar kompyuter tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar 
toʻplamidir. Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi: 
1. 
Tizimli dasturiy ta’minot (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi 
dasturlar kiradi); 
2. 
Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida 
maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar kiradi); 
3. 
Uskunaviy dasturlar. 
Dasturiy taʼminotni konstruktsiyalash atamasi kodlashtirish, tekshirish
modulli sinov, integratsiya tekshiruvi va nosozliklarni tuzatish kabi jarayonlardan 
iborat dasturiy tizimni batafsil ishlab chiqishni tavsiflaydi. Ushbu bilim sohasi 
boshqa sohalar bilan bog’liq. Eng kuchli bog’liqlik dasturiy ta’minotni 
konstruksiyalash (Software Design) va dasturiy ta’minotni sinash (Software 
Testing) sohalari bilan mavjud. Buning sababi, dasturiy ta’minotni konstruktsiyalash 



jarayonining o’zi konstruksiyalash va sinov faoliyatining muhim jihatlariga 
tegishlidir. Bundan tashqari, konstruktsiyalash konstruksiyalash va sinov 
natijalariga asoslanadi. Loyihalash, konstruksiyalash va sinov o’rtasidagi 
chegaralarni aniqlash juda qiyin, chunki ularning barchasi hayot tsikli 
jarayonlarining yagona kompleksiga bog’langan. 
Loyihalash jarayoni bu quyi darajadagi konstruksiyalash va kodlashni o’z 
ichiga olgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayonidir. Quyi darajadagi 
konstruktsiyalash - bu dasturiy ta’minot arxitekturasini yanada batafsil ishlab 
chiqish: 
ob’ektga 
yo’naltirilgan 
dasturlashda 
sinflarni 
konstruksiyalash, 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ma’lumotlar bazasi tuzilishini yaratish 
(ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi), Web dasturlari va tarkibiy qismlarini 
tashkil qilish va boshqalar.
Kodlash - bu dastur kodini yozish tartibi. Bu yuqori va quyi darajadagi 
konstruksiya 
arxitekturasi 
asosida 
dasturni 
ishlab 
chiqishdir. 
Ba’zi 
konstruksiyalarda, agar maqsadga muvofiq bo’lsa, konstruktsiyalash bosqichi 
konstruksiyalash jarayoni bilan birlashtiriladi. Konstruktsiyalash jarayoni va ishlab 
chiqish jarayonlari ishlab chiqilayotgan dasturlarning turli toifalari uchun farq 
qiladi, eng keng tarqalganlari orasida quyidagi ishlab chiqish turlari mavjud. 
Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ma’lumotlar bazalari dasturlarning alohida 
toifasi hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish ko’p hollarda ma’lumotlar 
bazasida saqlanadigan ma’lumotni boshqaradigan dastur turlaridan birini ishlab 
chiqish bilan bevosita bog’liqdir. Ma’lumotlar bazasini dasturlash bilan ko’pincha 
alohida dasturchilar guruhi shug’ullanadilar. 
Strukturali dasturlash asosida dasturlarni ishlab chiqish. Strukturali dasturlash 
ma’lum bir dastur sinfi uchun bir qator dasturlash tillarida qo’llaniladi: qurilma 
drayverlari, operatsion tizimlar va boshqalar. 
Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlashga asoslangan dasturlarni ishlab chiqish. 
Ob’ektga yo’naltirilgan tillar ko’p sonli dasturlarda qo’llaniladi. Ushbu dasturlarni 
ishlab chiqishda asosiy vazifalardan biri bu sinf ierarxiyasini konstruksiyalashdir. 
Sinflarni konstruksiyalashda xatolar dasturni takomillashtirishga imkon bermaydi, 



bu ishlab chiqish vaqtining kechikishiga, narxning oshishiga va boshqa salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Web-ilovalarni ishlab chiqish. Web-ilovalar o’zlarining rivojlanish 
xususiyatlariga ega bo’lgan dasturiy mahsulotlarning yana bir katta toifasiga 
tegishli, masalan, web-brauzerlar (appletlar) uchun dasturlarni ishlab chiqish ushbu 
toifadagi dasturlar orasida juda keng tarqalgan. 
Tegishli dasturiy fanlardan ushbu bilim sohasining eng yaqin va tabiiy aloqasi 
informatika fani bilan bog’liq. Odatda, ularda algoritmlarni qurish va ulardan 
foydalanish 
masalalari 
ko’rib 
chiqiladi. 
Va 
nihoyat, 
konstruktsiyalash 
konstruksiyani boshqarish faoliyatiga ham tegishlidir. 
Dasturiy 
ta’minotni 
konstruksiyalash 
vositalariga 
dasturlash 
va 
konstruktsiyalash tillari, shuningdek dasturlash usullari va instrumental tizimlar 
(kompilyatorlar, MBBT, hisobot generatorlari, versiyalarni boshqarish tizimlari, 
konfiguratsiya, test va boshqalar) kiradi.
Dasturiy ta’minotni konstruktsiyalash (“Software Construction”) bilim sohasi 
quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 
− murakkablikni kamaytirish (Reduction in Complexity), 
− uslubdan og’ishning oldini olish (Anticipation of Diversity), 
− sinovlarni tuzilmalashtirish (Structuring for Validation), 
− tashqi standartlardan foydalanish (Use of External Standards). 
Murakkablikni kamaytirish - bu konstruktsiyalashdagi murakkablikni 
minimallashtirish va alohida qismlarga bo’lish. Murakkablikni minimallashtirish, 
ijrochilarning murakkab tuzilmalarni va uzoq vaqt davomida katta hajmdagi 
ma’lumotlarni qayta ishlash qobiliyatining cheklanganligi bilan belgilanadi.
Murakkablikni minimallashtirishga, xususan, konstruktsiyalash jarayonida 
modullar va boshqa sodda elementlardan foydalanish, shuningdek, standartlarning 
tavsiyalari yordamida erishiladi. Dasturiy ta’minot konstruktsiyalashning 
murakkabligini kamaytirish uchun oddiy va oson o’qiladigan kodni yaratish orqali 
erishiladi.



1.1-rasm. Dasturiy ta’minotni konstruksiyalash muhiti
2

Bunda kodning samaradorligini oshirish, kodning sinov qulayligini 
ta’minlash, kodning ishlashi va belgilangan mezonlarga javob berishiga e’tibor 
beriladi. Bu konstruksiyaning funktsionalligi, xususiyatlari va cheklovlariga ta’sir 
2
Романов А.А. Конструирование программного обеспечения: учебное пособие. – Ульяновск: 
УлГТУ, 2016. 
Dasturiy ta’minotni 
konstruktsiyalash 
Konstruktsiyalash
ni boshqarish 
Murakkablikni 
kamaytirish 
O’zgarishlarni 
kutish 
Konstruktsiya-
lashda 
tekshirish 
imkoniyati
Konstruktsiyalashda 
standartlardan foydalanish 
Konstruktsiyalash 
asoslari 
Konstruktsiya-
lash modellari 
Konstruktsiya-
lashni 
rejalashtirish 
Konstruktsiya-
lashda 
o’lchovlar 
Amaliy 
mulohazalar 
Qayta 
foydalanish 
Sifat 
Konstruktsiya-
lash tillari 
Testlash 
Konstruktsiya-
lashda 
rejalashtirish 
Dastur kodini 
yozish 
Integratsiya 



qiladi. Murakkablikni kamaytirish zarurati konstruktsiyalashning barcha jihatlariga 
ta’sir qiladi va ayniqsa dasturiy komponentlarning konstruktsiyalash natijalarini 
tekshirish va sinovdan o’tkazish uchun juda muhimdir. 
Murakkablikni lokalizatsiya qilish - bu ob’ektga yo’naltirilgan yondashuvdan 
foydalangan holda konstruktsiyalashning usuli bo’lib, bu ob’ektlarning interfeysini 
cheklaydi, ularning o’zaro ta’sirini soddalashtiradi, shuningdek ob’ektlarning 
to’g’riligini va ular o’rtasidagi munosabatlarni tekshirishni soddalashtiradi. 
Lokallashtirish kodda aniqlangan xatolarga o’zgartirishlarni osonlashtiradi. 

Download 258.58 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 258.58 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-bob. Dasturiy ta’minotni konstruksiyalashga kirish §

Download 258.58 Kb.
Pdf ko'rish