Konussimon g’ildiraklarni hisoblashga doir sxema




Download 2,54 Mb.
bet3/7
Sana07.06.2024
Hajmi2,54 Mb.
#261156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Konus tishli g\'ildiraklar va uzatmalarni chizish.

Konussimon g’ildiraklarni hisoblashga doir sxema.
To’gri tishli konussimon g’ildirakli uzatmalarni eguvchi kuchlanish bo’yicha hisoblash

Konussimon g’ildiraklarning ko’ndalang kesimi konus uchidan asosi tomon proporsional o’zgarib boradi. Shuning uchun tishning hamma nuqtalaridan olingan ko’ndalang kesimi o’zaro o’xshash bo’ladi. Konus uchidan asosiga tomon ko’ndalang kesim yuzi kattalashib boradi. Bu degan so’z, tishning bikrligi har xil kesimlarda turlicha bo’ladi, demakdir. Shuning uchun tish bo’yicha uzunlik birligiga to’g’ri keladigan solishtirma kuch har xil bo’ladi.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, tishga ta`sir etuvchi solishtirma kuch ham, tishning ko’ndalang kesimi ham tish bo’yicha o’zgarganligidan eguvchi kuchlanish tishning istalgan kesimi bo’yicha hisoblash mumkin. Tajribadan ma`lum bo’lishicha, buning uchun tishning o’rtasidan o’tadigan kesimdan foydalanish qulay. Shunday qilib, to’g’ri tishli konussimon g’ildirakning tishi eguvchi kuchlanish bo’yicha quyidagi formulalar asosida hisoblanishi mumkin:


bu yerda 0,85 - konussimon g’ildiraklarning yuklanish qobiliyati silindrik g’ildiraklarnikiga qaraganda kamligini e`tiborga oluvchi koeffisient; mtm­ - tishning o’rta kesimi bo’yicha aniqlangan modul`; Ft - hisobiy solishtirma aylana kuch:



Km - yordamchi koeffisient, to’g’ri tishli konussimon g’ildirakli uzatmalar uchun Km=14,5 ; formuladagi qolgan harflarning ma`nosi va ularni aniqlash tartibi (YF dan tashqari) silindrik g’ildirakli uzatmalardagi kabidir.
Formulalarda YF tish shaklining koeffisienti bo’lsa ham, uning qiymati silindrik g’ildirak uchun olinganidan farq qiladi. U mavjud tishlarning haqiqiy soni z ga qarab emas, balki tashki konus yoyilmasidagi aylananing hamma joyi tishlar bilan to’la deb faraz qilinganda hosil bo’ladigan ekvivalent g’ildirakning tishlar soniga qarab olinadi. Shunday qilib, quyidagilarni yoza olamiz:

Agar ikkala g’ildirak bir xil materialdan tayyorlangan bo’lsa, hisoblash ishi shesternyaga nisbatan bajariladi, ya`ni yuqorida keltirilgan formulalardagi z va YF o’rniga z1 va YF1 qo’yiladi. Agar g’ildiraklar har xil materialdan tayyorlangan bo’lsa, ularning qaysi biri uchun Fp/YF ifoda kichik bo’lsa, hisoblash o’sha g’ildirakka nisbatan bajariladi. eguvchi kuchlanish uzatma loyixalash uchun asosiy kuchlanish bo’lgan xollarda (ochik uzatmalarda) formula yordamida topilgan mtm dan foydalanib, mte aniqlanadi:




Download 2,54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konussimon g’ildiraklarni hisoblashga doir sxema

Download 2,54 Mb.