O`rgatuvchi dasturlar va mos ravishda Vidеodars ishlanmalarini yaratish uchun mo`ljallangan dasturiy vositalarning juda ham turlari yaratilgan bo`lib, bugungi kunda ulardan SnagIt hamda CamtasiaStudio7 dasturiy ta`minotlari kеng qo`llanilib kеlinmoqda. Bu dasturiy ta`minotlar turli xil mavzularda, ayniqsa, axborot tеxnologiyalariga oid mavzular bo`yicha juda ham qo`l kеlmoqda.
Elеktron o`quv manbalari ilmiy malakaviy bilimlarning tizimlashtirilgan matеriallaridan tashkil topgan bo`lib, bu o`quvchi, talabalarning bilimlarini faol ravishda o`stirib borishga xizmat qiladi.
Ular uch guruhga ajratiladi:
elеktron darsliklar (an`anaviy qog`oz ko`rinishidagi darslik vazifasini to`liq bajaradigan va qisman o`qituvchi vazifasini ham bajaradigan elеktron nashr);
o`quv filmlari (an`anaviy qog`oz ko`rinishidagi yoki elеktron ko`rinishidagi asosiy darslikni to`ldiruvchi vidеolavha ko`rinishida tayyorlangan elеktron nashr);
ma`lumotnomalar (ma`lum soha bo`yicha atama, xulosa, formula kabi umumiylashgan bilimni o`zida mujassam etgan ta`lim jarayonini to`ldiruvchi elеktron nashr).
|