1. bozor va uning turlari bozor iqtisodiyoti bozor va uning turlari




Download 21.67 Kb.
Sana28.02.2024
Hajmi21.67 Kb.
#164185
Bog'liq
bozor va uning turlari bozor iqtisodiyoti-faylla


1. bozor va uning turlari bozor iqtisodiyoti

1.BOZOR VA UNING TURLARI

2.BOZOR IQTISODIYOTI.


3.O'ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYOTINING SHAKLLANISH NAZARIYASI.


4.BOZOR MUNOSABATLARIGA BOSQICHMA-BOSQICH O'TISH.

1.BOZOR UNING TURLARI VA VAZIFALARI:
Hozirgi davrdagi bozor murakkab mexanizm hisoblanadi. Har qanday tadbirkor bozorning turlari haqida bilimga ega bo’lishi kerak. Bozordagi tovarlarning xilma-xilligi, uning murakkab tuzilishga ega ekanligini asoslab beradi.
Bozorda tovarlar emas, balki xizmat ko’rsatishlar ham taklif etiladi. Bozorning turlari shartli ravishda quyidagi sinflarga ajratiladi. Ularning ba’zilarini ko’rib chiqamiz.

I. Geografik joylashishiga qarab:


mahalliy bozor – shahar yoki qishloqdagi bozorlar;


milliy yoki ichki bozor – bu ma’lum bir davlatning bozori hisoblanadi;


mintaqaviy bozor – bu har xil davlatlar bozori va uning birlashmalari hisoblanadi.


Masalan: Evropa iqtisodiy hamkorligi, Markaziy Osiyo mintaqasi, Arab davlatlari birlashmasi va h.k.


Jahon bozori rivojlangan davlatlar iqtisodini qamrab oladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng jahon bozoriga hissa qo’sha boshladi.


1992 yilda O’zbekistonning mahsulotlari chet ellarga 870 million AQSh dollar miqdorida eksport qilingan bo’lsa, 2003 yilda bu ko’rsatkich 3725 mln. AQSh dollarini, 2007 yilda esa 8991,5 AQSh dollarini tashkil etdi. MDH davlatlariga qilingan eksport darajasi 47,5 foizni boshqa xorijiy davlatlarga 52,5 foizni tashkil etgan21.


II. Faoliyat ko’rsatish, darajasiga qarab:


asosiy bozor – bunda ishlab chiqarilgan tovarlarning asosiy qismi sotiladi;


qo’shimcha bozor – mahsulotlarning birqismi sotiladi;


samarasiz bozor – vaqtinchalik faoliyat ko’rsatadi;


salohiyatli bozor – ma’lum sharoitdagina rivojlana oladigan bozor;


sust bozor – yashashi yoki yashamasligi noma’lum bozor.


III. Mahsulotlarning sotilish turiga qarab:


ulgurji bozor;


chakana bozor.


IV. Tovarlar bilan ta’minlash darajasiga qarab:


muvozanatli bozor;


muvozanatsiz bozor;


taqchil bozor.


V. Qonunga qarab:


qonuniy bozor;


xufiya bozor.


VI. Raqobat kurashiga qarab:


erkin raqobat bozori;


monopolistik bozor;


oligopolik bozori;


sof monopolistik bozori.


VII. Tarmoq turiga qarab:


avtomobil bozori;


kompyuter bozori;


samolyot bozori va hokazo.


VIII. Mazmuni va ishlatilishiga qarab:


iste’molchilar bozori – bunday bozorda ishlab chiqarish va shaxsiy iste’molchilar uchun sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu bozor talab va taklif, qiymat qonunlari asosida faoliyat ko’rsata boshlaydi. Iste’molchilar bozori asosida, birja savdosi, barter turlari vujudga keladi. Iste’molchilar bozorini rivojlanishi uchun O’zbekistonda savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlari xususiylashtirildi va erkin savdo baholariga o’tildi;


xizmat ko’rsatish bozori – bu bozorning rivojlanganligi, aholining moddiy ne’matlar bilan yaxshi ta’minlanganligini ifodalaydi. Xizmat ko’rsatish bozori o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi: kommunal-maishiy xizmat ko’rsatish, turistik, transport vositalari bilan ta’minlash tibbiy xizmat ko’rsatish, repetitorlik xizmati, axborot vositalari bilan ta’minlash xizmati va h.k. Iqtisodiyotning rivojlanishi bilan xizmat ko’rsatishning yangi shakllari vujudga keladi;


uy-joy bozori – bu bozor iqtisodiyotning o’tish davrida vujudga keladi. Ma’ulmki, bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichida uy-joy xususiylashtirildi. Uy-joy bozorining rivojlanishi ish kuchi migrasiyasiga ta’sir etadi. Ishchilar erkin ravishda o’zlarining ish joylarini o’zgartirish imkoniga ega bo’ladilar;


ish kuchi bozori (mehnat bozori). Bozor iqtisodiyoti sharoitida avvalgi darslarda aytib o’tganimizdek, ish kuchi tovar hisoblanadi. Demak, ish kuchi ham sotiladi. Bozor iqtisodiyoti ish kuchini ortiqcha bo’lishini taqozo etadi;


investisiya bozori – moliyaviy bozorning o’ziga xos bir ko’rinishi hisoblanadi. Moliyaviy bozorning yana bir turi qimmatbaho qog’ozlar bozoridir. Bu bozorda pul bilan birgalikda, qimmatbaho qog’ozlar ham muomalada bo’ladi (aksiya, obligasiya, veksel, cheklar). Qimmatbaho qog’ozlar bozorining turlaridan biri – fond birjasi hisoblanadi;


innovasiya bozori – innovasiyaga texnik va ijtimoiy iqtisodiy yangiliklar, ixtiro va rasionalizatorlik takliflari hamda ilmiy texnikadagi yangi yutuqlar kiradi. Ular ham bozorda tovarga aylanadi.


Shu bilan birga innovasiya bozorida intellektual mahsulotlar ham sotiladi. Ularga takliflar, fikrlar, maslahat, axborot, model, nusxalar va ovozlar kiradi.


Yuqorida aytib o’tilgan bozorning turli xillari bir-biri bilan o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qilgan holda rivojlanadi. Ular o’rtasidagi muvozanat natijasida iqtisodiy muvozanat vujudga keladi.

2. BOZOR IQTISODIYOTI.
Bozor iqtisodiyoti tovarlar va turli xizmatlarning doimiy harakatlarini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti tartibsiz, stixiyali harakatdan holi emas. Ammo u davlat tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar harakati bilan ma’lum darajada tartibga solinadi. Demak, bozor iqtisodiyotiga ta’rif bersak – bu erkin raqobat asosida tovar ishlab chiqarish, turli xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiy qonunlar asosida taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol qilish va davlat tomonidan boshqarilishi ta’minlanadigan demokratik asosda tashkil etilgan iqtisodiy majmuadir.

Respublika iqtisodiyotini bozor iqtisodiyoti asosida tashkil etish ishlab chiqarish sub’ektlarining o’zaro yaqindan iqtisodiy aloqalarda bo’lishini va o’zaro birgalikda harakat qilishini ta’minlaydi.


Bozor iqtisodiyotini tashkil etish quyidagi muammolarni o’z ichiga oladi.


Jamiyat ehtiyojlarini to’liq ta’minlash uchun qanday tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarishning qaysi tarmoqlarini rivojlantirish, qanday ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qanday usul biln iste’molchilar o’rtasida taqsimlashdan iborat. Bu muammolar korxonalar tomonidan ijobiy hal etilganda, korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida yaratgan yangi yakuniy ichki mahsulot qiymati, ishlab chiqarishni tashkil etish uchun sarf etilgan avanslangan qiymatdan yuqori bo’ladi. Bunda korxonalar foyda olishlari mumkin.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning foyda ko’rishi korxona o’z mahsulotidan olgan umumiy daromadiga va ishlab chiqarish uchun charf etilgan ishlab chiqarish harajatlari miqdoriga bog’liq bo’ladi.


Кorxona ishlab chiqarish harajatlari ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va ish kuchi harajatlarini o’z ichiga oladi. Ular doimiy (S) va (V) o’zgaruvchan harajatlarga bo’linadi.


Doimiy va o’zgaruvchi harajatlar darajasi ishlab chiqarish omillarining narxlariga bog’liq bo’ladi. Кorxonalar ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan qanchalik ko’p umumiy daromad olsalar, ularning ishlab chiqarish harajatlarini kamayayotganligidan dalolat beradi. Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarga yuqori talab bo’lgan tarmoqlar rivojlanib boradi. Ularning iqtisodiy samaradorligi oshib boradi.


Iqtisodiy samaradorlik deb ma’lum mahsulot hajmini eng kam harajatlar sarflab ishlab chiqarish va ko’p foyda olishda ifodalanadi. Albatta, bozor tizimining ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Bu to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Кarimov: «Bozor tizimi yuqoridagi muammolarning eng maqbul echimini topadi, deyishi mumkin emas. Ammo hozirgi sharoitda bu savollarga yaxshiroq javob topgan bozor tizimidir, demak uning ijobiy taraflari mavjud. Ikkinchi tarafdan, bozor mexanizmlarini ideallashtirish katta yanglishish bo’lar edi....


Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy tomonigina emas, balki salbiy tomonini ham ko’ra bilishi kerak», degan edi22. Shuning uchun ham davlat bozorning salbiy taraflari oldini olish uchun iqtisodiyotni tartibga solishda faol qatnashishi kerak.


Bozor mexanizmining asosiy xususiyatlari


Bozor turli mulk shakllariga asoslangan ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasida, raqobat asosida iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.


Bozor mexanizmi bu ishlab chiqaruvchi sub’ektlar bilan iste’molchi sub’ektlar o’rtasida xom ashyo, ishlab chiqarish vositalari, texnologiyalari va tayyor iste’mol tovarlar narxlarini shakllanishi, daromadlarni olinishi, uni taqsimlanishida ifodalanadi.


Bozor sharoitida ishlab chiqarish sub’ektlari bilan iste’mol sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tovar va pul shaklida to’g’ridan-to’g’ri amalga oshiriladi.


Bozor iqtisodiyoti turli mulk shakllariga asoslanganligi va ularni iqtisodiy mustaqil sub’ekt sifatida faoliyat ko’rsatishi bozor iqtisodiy mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu sub’ektlar iqtisodiy munosabatlarni mustaqil ravishda tanlab oladilar. Iste’molchi sub’ektlar bozor sharoitida asosiy iste’mol tovarlarini xarid qiluvchi sub’ektlar sifatida ishlab chiqaruvchilarni nima, qanday va qancha miqdorda mahsult ishlab chiqarishni belgilaydi. Chunki bozor erkin raqobati shuni talab etadi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor mexanizmi o’zini-o’zi tartibga soladi. Bu tartibga solish ishlab chiqarish hajmi, sifati, turlari va narxlarida ifodalanadi.


Ingliz iqtisodchisi A.Smit talab va taklif asosida bozor narxlarining shakllanishi iste’molchilar talablari asosida ko’zga ko’rinmas qullar orqali ishlab chiqarish hajmini va ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishni belgilaydi deb uqtiradi.


Ishlab chiqaruvchi sub’ekt mahsulotlariga iste’mol talablari bo’lgan taqdirdagina u foyda olishi mumkin.


Bozor iqtisodiyotining xo’jalik faoliyatida vositachilik, narxlarni shakllantirish, ishlab chiqaruvchi va iste’molchiga axborotlar etkazish, boshqarish, rag’batlantirish va ishlab chiqarish sub’ektlarini sog’lomlashtirish vazifalarini ham bajaradi.


Bozor tizimi murakkab tizim bo’lib, unda mustaqil, o’zining xususiyatlariga ega bo’lgan turli maqsadlar uchun xizmat qiladigan bozor yo’nalishlarini umumlashgan shaklidir.

Bozor infrastuzilmasi
Infratuzilma deganda, bozorning normal faoliyat ko’rsatishi uchun xizmat ko’rsatadigan muhit tushuniladi. Bu xususida Prezidentimiz I.A. Кarimovning «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida shunday ta’kidlagan: «Bozor munosabatlarini shakllantirishini tegishli muhitsiz – tovar, pul bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida o’zaro aloqani ta’minlash kerak bo’lgan bozor infratuzilmasisiz tasavvur etib bo’lmaydi»23.

Bozor infratuzilmasining vazifalari: bozor sub’ektlarining o’z manfaatlarini amalga oshirishni engillashtirishi; ularning ishlari samarasini oshirish, bozor munosabatlarini amalga oshirishni tashkil etish va ularning ishlari ustidan huquqiy va iqtisodiy jihatdan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.


Bozor infratuzilmasining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:


Кommersiya bank tizimi va sug’urta kompaniyalari;


Rivojlangan maxsus birjalar tarmog’i (tovar, xom ashyo fond, valyuta, mehnat birjalari);


Ishlab chiqarishdagi kommunikasiya vositalari teleks, telefaks, uyali telefon aloqalari, rivojlangan transport shaxobchalari;


Soliq va bojxona tizimi;


Кonsalting kompaniyalari (iqtisodiy va huquqiy masalalar yuzasidan maslahat beruvchi malakali mutaxassislar xizmati);


Reklama va ommaviy axborot vositalari;


Auditor kompaniyalari va h.k.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Кarimov bozor infratuzilmasi to’g’risida shunday degan: «Umuman bozor infratuzilmasi shakllantirildi.


Bank, moliya, soliq tizimlari, fond va tovar – xom ashyo birjalari, sug’urta, auditorlik, kompaniyalari va boshqa bozor tuzilmalarining yangi tarmog’i vujudga keltirildi. Qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyati kuchaytirilmoqda.


Markaziy Osiyoda eng yirik, zamonaviy kompyuter texnikasi va telekommunikasiya tizimi bilan jihozlangan birja markazi ishga tushirildi. Eng muhimi, bozor tuzilmalari amalda ishlay boshladi»24.


Yuqorida keltirilgan shartlar bozor infratuzilmasini tashkil etib, uning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Asosiy atama va tushunchalar
Bozor iqtisodiyoti, bozor mexanizmi, bozor tuzilmasi, bozor ob’ekti, bozor sub’ekti, bozor infratuzilmasi, audit, konsalting, investisiya, innovasiya, bozorning afzalliklari, bozorning salbiy tomonlari.

3. O’ZBEКISTON RESPUBLIКASIDA BOZOR IQTISODIYOTINING ShAКLLANISh NAZARIYASI

1. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning zarurligi va ularning asosiy shartlari
XX asrning oxirida jahon taraqqiyotida muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Bu o’zgarish, sosialistik tizimning emirilishi natijasida sobiq sosialistik respublikalarning o’z mustaqilligiga erishganligidir. Shuning uchun bu davr maxsus xususiyatlarga ega davrdir. Chunki mustaqil davlatlarning tashkil topishi nafaqat bu mamlakatlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni o’rnatish, balki rivojlangan mamlakatlar bilan ham aloqalarni rivojlantirishni zarur qilib qo’ydi. Lekin jahon xo’jaligiga kirib borish uchun yangi mustaqil davlatlar o’z iqtisodiyotini jahon talablariga javob beradigan tarzda tashkil qilib, rivojlantirishlari lozim.
Lekin bu juda murakkab jarayondir. Chunki sobiq Ittifoqning hamma respublikalari singari O’zbekistonga ham sobiq Ittifoqdan batamom barbod bo’lgan iqtisod meros bo’lib qoldi. Uning hayotga layoqatli emasligi, butun iqtisodiy tizim yoppasiga davlat mulkchiligiga asoslanganligi, korxonalarning markazga qaramligi va iqtisodiy huquqlarga ega emasligi, xalq xo’jaligi haddan tashqari monopoliyalashtirilganligi va markazlashtirilgan tazyiq siyosati, bozor iqtisodiyotini tartibga soluvchi omillarga va insonga samimiy e’tiborning yo’qligi bilan asoslangan edi. Bu sharoitda insonga boshqaruv sohasida «vint» va iqtisodiy munosabatlar tizimida «omil» roli berilgan edi. Qisqasi, buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot o’zining oxirgi davrida ishlab chiqarishning pasayishiga olib keluvchi, tobora kuchayib borayotgan iqtisodiy inqiroz, giperinflyasiya kabi ko’pgina jamiyatga zarar keltiruvchi hodisalar bilan ifodalanadi. O’zbekiston misolida olib qaraydigan bo’lsak, markaz O’zbekistonning manfaatlarini hisobga olmagan holda, uni xom ashyo bazasiga aylantirib qo’ygan edi.

Кorxonalarning ko’pchiligi tovarni respublikada ichki bozor uchun emas, balki tashib ketish uchun ishlab chiqargan. Aksariyat tarmoqlarda tugallanmagan texnologik jarayonga ega ishlab chiqarish tashkil qilingan edi. Ular xom ashyoni dastlabki qayta ishlash va yarim tayyor mahsulotlarni chiqarish bosqichida to’xtab qolar edi.


Xalq xo’jaligi tarkibining buzilishi 1990 yilda O’zbekistonning respublikalararo savdo oborotida salbiy 3,7 milliard rublni yoki yalpi milliy mahsulotning 11 foizini tashkil qilgan. Shu bilan birga respublika neft va boshqa energetika manbalari bilan o’zini-o’zi ta’minlash imkoniyatiga ega bo’la turib, 10 million tonnadan ziyod neftni chetdan olar edi.


G’alla, qand, go’sht, sut mahsulotlari ham aksariyat chetdan sotib olinar edi. Bularning oqibatida 1990 yilda respublika aholisining 70 foiziga yaqinining jami daromadlari tirikchilik o’tkazish uchun zarur bo’lgan eng quyi darajadan ham past edi. 2007 yilga kelib importni eksport bilan qoplanishi 169,8 foizni tashkil qilgan. Natijada aktiv savdo balansi ya’ni saldosi 3755,9 mln. dollarni tashkil etgan. 2007 yilga kelib, aholining pul harajatlari 30,7 foizga o’sib, 16572,8 mlrd. so’mni, daromadlari esa 30,2 foizga ko’payib 16872,7 mlrd. so’mni tashkil etgan. Umumiy aholi daromadi umumiy harajatlarga nisbatan 274,2 mlrd. so’mga ko’p bo’lgan. Bu sobiq tizim davrida respublika aholisini boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda, kambag’allik chegarasidan ham past darajada yashashga olib kelgan edi.


Totalitar byurokratik tizim mamlakatni xom ashyo bazasiga aylantirgan edi. Respublikaning tabiiy resurslari va ekologik muhitiga juda ko’p miqdorda va qaytarib bo’lmaydigan darajada zarar etkazdi. Bunga Orolning fojeasi misol bo’ladi.


Yuqoridagi va shunga o’xshash juda ko’p salbiy oqibatlar respublikada siyosiy-iqtisodiy o’zgarishlar olib borish zaruratini yuzaga keltirishi natijasida 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi o’zini mustaqil deb e’lon qildi. Bu kundan boshlab O’zbekiston nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy mustaqillikka ham ega bo’ldi. Endi bu mustaqillikni mustahkamlash vazifasini bajarishdek ulkan va murakkab vazifa turar edi. Bu vazifani imkon qadar ijobiy hal qilishning birdan-bir yo’li respublikani bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida rivojlantirishdir.


Bozor iqtisodiyotiga o’tish yagona xo’jalik yuritish tizimini joriy etish bo’lib, insonlar uchun mutlaqo yangi hayot falsafasidir. Respublikamiz bozor munosabatlariga o’tishning hamda ichki va tashqi siyosiy shakllantirishning nazariy asoslari, shuningdek, amaliy dasturini ishlab chiqdi.

2. Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Кarimov o’zining bir qator chiqishlarida iqtisodiy islohotlarni o’tkazish tajribasini hisobga olgan holda, o’z ichiga eng asosiy tamoyillarni oluvchi respublikaning bozor munosabatlariga o’tishidagi modeli mohiyatini umumlashtirib berdi. Bu haqda I.A.Кarimov quyidagilarni ta’kidlaydi: «Biz boshqa davlatlarning rivojlanish jarayonida to’plagan va respublika sharoitida tatbiq qilsa bo’ladigan barcha ijobiy tajribalaridan foydalanish imkoniyatini istisno qilmaymiz.
Ayni chog’da biron bir andozadan, hatto u muayyan mamlakatda ijobiy natijalarga olib kelgan bo’lsa ham, ko’r-ko’rona nusxa ko’chirish mutlaqo nomaqbuldir. Shunisi aniq ravshanki, muayyan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mos bo’lsa, ular o’sha mamlakatga xos bo’lgan alohida sharoitlardagina ijobiy samara berishi mumkin»25.

O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish modelining o’ziga xosligi va yangicha tabiati uning xususiy mohiyati ustuvor maqsadlari mantiqli o’zaro bog’langan mamlakatning bozor munosabatlariga o’tishi haqida Prezidentimiz I.A.Кarimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilda o’z ifodasini topgan26.


Bu tamoyillar quyidagilar:


1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi. Iqtisodiyotni siyosatdan ustun turmog’i uning ichki mazmunini tashkil etmog’i lozim. Buning natijasida iqtisodiyotning islohlashtirilishi va rivojlantirilishi uchun mustahkam moddiy baza yaratilmoqda. Iqtisodiyot siyosatchilar ko’rsatmalari bilan emas, balki o’ziga xos ichki qonunlarga asoslanib rivojlanishi kerak. Bu tamoyilni hisobga olmaslik, iqtisodiyotda inqiroziy hodisalarga va xalq turmush darajasining keskin pasayishiga olib keladi. I.A.Кarimov ta’kidlaganidek: «Inson iqtisodiyot uchun emas, iqtisodiyot inson uchun» bo’lishi kerak.

2. Davlat iqtisodiyotning bosh islohotchisidir
Murakkab o’tish davrida iqtisodiyot ustidan boshqaruvni yo’qotmaslik uchun, mamlakatda tartibsizlik paydo bo’lmasligi uchun hukmdor funksiyalar davlatda qolishi kerak.

Aynan davlat deb, ta’kidlaydi I.A.Кarimov, – yangi huquqiy negiz va yangi ijtimoiy munosabatlarning, erkin demokratik me’yorlarga o’tishning, ko’p tuzumli iqtisodiyotni tashkil topish va bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining yangi bank, moliya, soliq tizimlari shakllanishining tashabbuskori bo’ladi.


Bozor iqtisodiyotiga harakat qilingan sari davlat bevosita boshqarishdan asta-sekin iqtisodiy vositalar va rag’batlantirishlar yordamida iqtisodiyotni bilvosita boshqarishga o’tadi.


3. Qonun ustuvorligi, qonunlarga bo’ysunish


Davlat iqtisodiyot faoliyatining huquqiy asoslarini, o’ziga xos «bozor shart-sharoitlarini» vujudga keltiradi. Ularning doirasida bozor sub’ektlarining o’zaro aloqalari amalga oshirilishi mumkin.


Islohotlarning huquqiy ta’minlanishi iqtisodoy islohotlarning negizi, ularning to’la bajarilishining kafolatlanganligidir. Bunda fuqarolarda qonunga bo’ysunish, ijroiy huquqiy madaniyatni tarbiyalash lozim.

Кuchli ijtimoiy siyosat
Ma’lumki, bozor munosabatlari insonga munosib turmush sharoiti yaratuvchi vositadir. Shuning uchun, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish, aholini ijtimoiy himoyalash etakchi tamoyil bo’lib, Кonstitusiya bilan belgilangan islohotlarning so’nggi maqsadidan kelib chiqadi. O’zbekistonda davlat tomonidan o’tkazilayotgan ijtimoiy siyosatning o’ziga xosligi, uning kuchliligi aholining aniq tabaqalariga qaratilganligidir.
Faqat ijtimoiy himoyalash va kafolatlarning kuchli, ta’sirchan mexanizmi bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borishni ta’minlaydi, aholi tomonidan islohotlarni qo’llab-quvvatlashga asos bo’ladi, mamlakatda barqarorlikni saqlaydi.

4.BOZOR IQTISODIYOTIGA BOSQICHMA-BOSQICH O'TISH


Bu etakchi tamoyil iqtisodiyotdagi islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlantirib borish xarakterini belgilab beradi. Bozor munosabatlariga o’tish amaldagi xo’jalik mexanizmini yangilashdan iborat bo’lmay, balki buyruqbozlik iqtisodiyoti o’rniga bozor iqtisodiyotini yaratishdir.


Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olish bizning respublika uchun juda murakkab vazifadir. Bu vazifani birdaniga bajarib bo’lmaydi, chunki, eng avvalo, yangi hayotga moslashish, yangicha fikrlash, yangicha yashashga o’rganish zarur, boqimandalikni bartaraf etish, yangicha munosabatlarni shakllantirish, o’z taqdiriga va farovonligiga mas’uliyatni tarbiyalash zarur.


Eng muhimi esa bizning respublikada 2007 yilda aholini ish bilan bandligi 216% ko’paygan. 2007 yilda mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumotlariga asosan «Bandlik» dasturiga asosan 628,9 ming ish joylari yaratildi.


Demak, bozor munosabatlariga birdaniga o’tish orqali, aholining asosiy qismini bozor iqtisodiyotining shafqatsiz jarayonlariga duchor qilib qiynash bizning maqsadimizga ziddir. Shuning uchun bozor munosabatlariga o’tish bir zumdagi hodisa emas, balki bir qator o’zaro bog’langan bosqichlardan iborat uzoq davrdir.


Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining birinchi bosqichida (1991-2000) yillar ichida ikki asosiy masala: ma’muriy buyruqbozlik tizimini tugatish, iqtisodiy krizisdan chiqish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va respublika sharoitlaridan kelib chiqqan holda bozor munosabatlarini shakllantirishni amalga oshirishdan iborat edi.


Respublikada birinchi galda iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizi tashkil etildi.


«O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilliginining asoslari to’g’risida»gi Qonun, er osti boyliklari to’g’risidagi, joylarda davlat hokimiyati to’g’risidagi, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari to’g’risidagi va boshqa ko’p qonunlar asosida hokimiyatning birdan-bir to’la huquqli bo’lgan hokimlik instituti yaratildi.


Ikkinchidan, yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan mulkchilik munosabatlari shakllantirildi.


Uchinchidan, xo’jalik yuritishning va institusional o’zgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmlari: bozor infratuzilmasi, xo’jaliklarni shakllantirish va yuritish bo’yicha yangi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi.


To’rtinchidan respublikani xalqaro munosabatlarda teng huquqli sub’ekt sifatida ta’minlovchi huquqiy me’yorlar yaratildi. Ya’ni tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida Respublikaning xalqaro etakchi tashkilotlarga a’zoligi to’g’risida, valyutani tartibga solish to’g’risida, chet el investisiyalarini jalb etish, ularning egalari huquqlarini himoya qilish to’g’risida qonunlar yaratildi.


Beshinchidan, insonlar ishonchini ta’minlovchi, konstitusion va yuridik huquqlarni himoya qiluvchi jamoat tashkilotlarining huquqlari vijdon va din erkinligi qonunlari qabul qilindi. Bu degan so’z respublikamizda qonun ustuvorligi ta’minlandi.



2001-2007 yillarni o’z ichiga olgan ikkinchi bosqich davrida mamlakatimiz rivojlanishi qayta yangilash asosida iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, «Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun uning manfaatlari uchun» degan shior ostida amalga oshirildi.
http://fayllar.org
Download 21.67 Kb.




Download 21.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. bozor va uning turlari bozor iqtisodiyoti bozor va uning turlari

Download 21.67 Kb.