1. Camtasia studio dastur va uning imkoniyatlari. Camtasia Studio dasturining boshqaruv paneli




Download 209.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.10.2022
Hajmi209.6 Kb.
#26767
  1   2
Bog'liq
Информаика укитишнинг асосий дидактик тамойиллар, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, Простой Python просто с нуля (2019), Elektron talim muhitida videokontentlarn (1), butun haqiqiy tur, misol11a1, 9, 4. Ташков Восстанавливаем данные на 100%, CMS tizimlari fan dasturi, 1, 2., 2, 3- amaliy mashg‘uloti Mavzu , Avaliy mashgulot


10-Mavzu: Camtasia studio dastur video darsliklarni
yaratish va qayta ishlash. 
Reja: 
1. Camtasia studio dastur va uning imkoniyatlari. 
2. Camtasia Studio dasturining boshqaruv paneli. 
3. Camtasia studio dastur vaqt shkalasi. 

Camtasia Studio dasturi – bu kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarni 


yozib olish imkonini beruvchi juda ham qulay kuchli dastur hisoblanadi. Ushbu 
dastur yordamida biz ekrandagi jarayonlari oson tasvirga olishimiz, veb-kameralar 
orqali videoga olishimiz, PowerPoint taqdimotlarini, hamda audio yozuvlarni 
yaratishimiz mumkin. Dastur videoni tahrirlash imkonini beradi: turli effektlar 
berish, to‘g‘rilash, ravshanlik, ularning o‘lchamlarini almashtirish, kerakli 
formatlarda saqlash va boshqalar. 
Camtasia Studio – video darsliklar, taqdimotlar va boshqa shunga o‘xshash 
kuzatuvchilarga namoyish etiladigan materiallar yaratish uchun mo‘ljallangan. 
Camtasia Studio dasturida monitor ekranidagilarni video tasvirga olishdan tashqari 
videoni tahrirlash imkoniyati ham mavjud. Camtasia Studio dasturidan foydalanib 
kompyuter monitorida yuz berayogan barcha jarayonlarni osonlik bilan yozib 
borish mumkin. Monitor ekranidagi butun sohani yoki uning alohida ajratilgan 
sohasini yozib olish mumkin, shundan so‘ng video va audioning turli effektlarini 
berishimiz mumkin bo‘ladi. Monitor ekranida kuzatilayotgan jarayonlarni yozib 
olish uchun yetarlicha yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan kompyuter tanlansa ish 
unumdorligi ortadi albatta. 
Camtasia Studio dasturining yana bir afzalligi shundaki, u o‘zining shaxsiy 
TechSmit Screen Capture Codec kodekiga ega bo‘lib, tasvirni kodlashtirishda 
yaxshi natijalarni beradi. Uning algoritmi tizimga bo‘lgan ortiqcha yuklanishlarni 
minimallashtiradi, shuning uchun ushbu dasturdan unumdorligi past bo‘lgan 
kompyuterlarda ham foydalanish mumkin. 
Dasturning asosiy imkoniyatlari: 
1. Monitor ekranidagi va veb-kameralar orqali kuzatilayotgan jarayonlarni, 
mikrofondagi ovozni sifatli yozib olish. 
2. Videolavhalarga turli xil vizual effektlar berish. 
3. Videoyo‘laklarni kesib olish, birlashtirish, o‘chirish va qo‘shish. 
4. Audio yozuvlar qo‘yish va tahrirlash. 
5. Videoni bizga qulay bo‘lgan formatlarda saqlash SWF, FLV, AVI, MOV, 
WMV, PPT, GIF, RM, CAMV. 
Video tasvirni ushlab olish funksiyasini bajarishga mo‘ljallangan dasturlar 
soni kun sayin ortiq bormoqda. Bu esa Internetda video-kurslar va video-
darslarning ko‘payishi va ommalashishi bilan bog‘liq. Ammo ushbu dasturlarning 
barchasi ham bizga kerakli natijani bera olmaydi, Camtasia Studio dasturi esa 
boshqalardan video tasvirni sifatli ushlab olishi bilan farqlanadi. 


Dastur ish stolida sodir bo‘layotgan barcha holatlarni yozib oladi, shu 
jumladan kursor harakatini ham. 
Camtasia Studio dasturida to‘rtta utilitalar qamrab olingan: Camtasia 
Recorder, Camtasia Theater, Camtasia Player, Camtasia MenuMaker. Camtasia 
Studio dasturida yaratilgan lavhalar YouTube tipidagi saytlarda, iPhone 
apparatlarida, 
shuningdek 
odatdagi 
shaxsiy 
kompyuterlarda 
videoni ko‘rishga mo‘ljallangan har qanday dasturlarda a’lo darajada ishlaydi va 
muayyan dasturiy muhitda ishlashni o‘rgatuvchi media fayllarni Internetda ko‘plab 
uchratishimiz mumkin. Shu bilan birga dastur tasvir sifatini hech qanday 
yo‘qotishlarsiz saqlash va minimal hajmda videoni saqlash imkonini beradi. 
Ish stolida navbatdagi lavhani yozib olgandan so‘ng, video va audio fayl aks 
etadi. Olingan natijani ko‘rish va tahrirlash uchun, uni sichqoncha orqali vaqt 
shkalasi maydoniga olib o‘tish lozim. 

Download 209.6 Kb.
  1   2




Download 209.6 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Camtasia studio dastur va uning imkoniyatlari. Camtasia Studio dasturining boshqaruv paneli

Download 209.6 Kb.
Pdf ko'rish