• O’tilgan mavzularni eslash
  • 1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




    Download 455.85 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/11
    Sana03.02.2022
    Hajmi455.85 Kb.
    #17038
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    8-sinf-fizika-namuna

    Darsningborishi: 


    www.hasanboy.uz
      
    1. 
    Tashkiliy qism. 
    0‘quvchilar uchun fizikaning yangi «Elektr» kursi boshlanganligi bois, tashkiliy qismga 
    e’tiborni qaratish kerak. Elektr bo'limi bilan bog'liq elektr dvigatellari, dazmol, ventilator, 
    radicpriyomnik, elektr lampochkalari, batareykalar, telefon, kompyuter va h.k. hamda 
    ulardan foydalanish bo'yicha plakatlami tayyorlab qo'yishdan boshlanadi. 
    2. 
    O’tilgan mavzularni eslash: 7- sinf materiali bo’yicha suhbat 
    3. 
    Yangi mavzu: Kirish suhbatida «elektr»dan kundalik turmushda foydalanish, har bir 
    elektr asbobining bajaradigan vazifasi hamda elektr eneigiyasiz shu kunda inson faoliyat 
    ko‘rsata olmasligi haqida misollar bilan tushuntiriladi. Bundadarsnidavrasuhbatiorqaliolib 
    b1orilsa, harbiro'quvchiningshaxsan o‘zi uyda, ko'chada va maktabda elektrdan qanday 
    foydalanishi haqida gapixib berishlari so'raladi. AQSHda, Rossiyada (2005-yil may, Moskva) 
    bir yoki bir necha kun elektr enetgiyasi bo'lmasligi oqibatida qanchalik zarar ko‘rilganligi 
    aytiladi. 
    Shundan so‘ng tajribalar namoyish qilinadi. Tajribalarni oddiylaridan boshlab ko'rsatilib, 
    oxirida sal murakkablari ko‘rsatiladi. Oddiy tajribalar darslikdagi 1—5-rasmlarda keltirilgan. 
    0‘quvchilarga ham taroq, ruchka kabi buyumlami sochga yoki ro'mol- chaga ishqalab yengil 
    qog‘oz parchalarini tortish xususiyati mavjud bo‘lib qolishiga ishonch hosil qildiriladi. 
    Shu tajribalar vositasida ishqalash usuli bilan jismlaming zaryadlanishi va uning ikki turda 
    bo'lishi uqtiriladi. 
    Shartli ravishda shoyiga ishqalangan shisha tayoqchada musbat, mo‘y- naga ishqalangan 
    kahrabo tayoqchasida manfiy zaryad hosil bo'lishi qabul qilinganligi o'quvchilarga 
    tushuntiriladi. 
    Tajribalarda shuningdek, bir xil ishorada zaryadlangan jismlaming o'zaro itarishishi, turli 
    ishorada zaryadlangan jismlaming o'zaro tortishishi ko'rsatiladi. 
    Ishqalanish vositasida jismlaming elektrlanishi ba’zi hollarda zararli bo'lishi aytib o‘tiladi. 
    Shunga ko‘ra yengil avtomobillar orqasida rezina lenta shak- lida osilib yerga tegib yuradigan 
    elementi bo'lishi aytib o'tiladi. Zaryadlanib qolgan jismlaming zaryadlanishi davrida uchqun 
    chiqishi va buning natija- sida yong'in kelib chiqishi uqdiriladi. Masalan, benzin shlang orqali 
    quyila- yotganda suyuqlik shlangga ishqalanib zaryadlanadi. Shlangning metall uchi, quyuvchi 
    metall apparatga tekganda, uchqun hosil bo‘lib, yong‘in chiqqan holatlar kuzatilgan. Shunga 
    ko'ra ehtiyot choralari ko'riladi. 
    Ishqalanib elektrlanish haqida Beruniy ham o‘z asarlarida yozib qoldiganligi aytib 
    o‘tiladi.Beruniy elektrni (forscha) kahrabo — ya’ni suir.on tortuvchi, yunoncha elektron deb 
    izohlaydi. 
    4. 
    Mustahkamlash 
    1. Jismlarning elektrlanganligini tajribada qanday payqash mumkin? 
    2. “Elektr” so’zi qayerdan kelib chiqqan?


    www.hasanboy.uz
      
    3. Qanday zaryadlangan jismlar o’zaro itariladi? 

    Download 455.85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 455.85 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

    Download 455.85 Kb.
    Pdf ko'rish