|
Keys-stadi nimalar asosida o‘qitish usuli?
|
bet | 7/11 | Sana | 20.02.2023 | Hajmi | 28.8 Kb. | | #42936 |
Bog'liq 1. Darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarn Mavzu Ko’pburchak bilan tanishtirish. Maqsad, 04-21 SST Ummatova Elnora Kaxramanovna, Magmatik tog’ jinslari, Xalqaro savdo62. Keys-stadi nimalar asosida o‘qitish usuli?
*a) Keys-stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida o‘qitish usuli
63. Keysning dasturiy kartasi keys uchun nimadan iborat bo‘ladi?
*a) Keysning dasturiy kartasi keys uchun axborot yig‘ish va vaziyatni bayon qilish uchun asos bo‘ladigan asosiy masalalar (tezislar)ning tuzilmalangan ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
64. Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar:
*a) Maqsadni belgilash; O‘quv axborot mazmuni; Ta’lim vositalari;
Etakchi bilim manbai; O‘quv materialining yangiligi va murakkabligi.
65. Zamonaviy ta’lim vositalarini kanday guruhga ajratish mumkin:
*a) INTERAKTIV vositalar va INTERAKTIV bo‘lmagan vositalar:
66. Multimedia vositalari - bu
*a) apparat va dasturlar to‘plami bo‘lib, u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi.
67. Didaktik materiallar -
*a) mustaqil va nazorat ishlari matnlari, testlar va ularni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar hamda javoblarni beradi.
68. • Reproduktiv daraja; • Produktov daraja; • Qisman-izlanishli daraja;
• Ijodiy (kreativ) darajada bo‘lishi mumkin.
*a) Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni.
69. Tahsil oluvchilarning tomonidan yodda saqlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni tanish odatiy vaziyatda axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi. Bu darajada tuzilgan testlar tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniq baholash imkonini bermaydi.
*a) Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari
70. Tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilar tomonidan o‘rganilgan ob’ektlarni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi.
*a) Produktiv darajada
71. Test topshiriqlari tahsil oluvchilar tomonidan o‘rganilgan ob’ektlarning xususiyatlarini boshqa ob’ektga ko‘chirish, mazkur ob’ektlarni taqqoslab, keyingi ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlari haqida xulosa chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi. Tahsil oluvchilar tomonidan mazkur darajadagi test topshiriqlariga javob berishda avval o‘zlashtirilgan bilimlar yangi vaziyatlarga ko‘chiriladi.
*a) Qisman-izlanishli daraja
72. Kiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, o‘ziga xos shaklga ega, tahsil oluvchilarning muayyan mazmun yuzasidan tayyorgarlik darajasini sifatli va samarali nazorat qilish va baholashga imkon beradigan topshiriqlar tizimi -
*a) Pedagogik testlar
|
| |