1. Didaktikaning asosiy tamoyillari




Download 401.34 Kb.
bet1/14
Sana18.12.2022
Hajmi401.34 Kb.
#35781
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1. Didaktikaning asosiy tamoyillari
Mavzu Test turlari Reja-fayllar.org, Mavzu. Zamonaviy o’qitish uslublari. Aqliy hujum usuli, muammoli (1), bmi, махсус курс 2017-20181

5-VARIANT

1. Didaktikaning asosiy tamoyillari.


2. Suhbat, unga yondashuvlar va ularga ko’ra qo’llaniladigan metodlar.
3. Interaktiv va masofaviy o‘qitish texnologiyalarini tayyorlash va ulardan foydalanish metodikasi

1. Didaktikaning asosiy tamoyillari.

Didaktika (yunoncha “didaktikos” — o‘rgatuvchi, ta’lim beruvchi) — pedagogikaning tarmog‘i hisoblanib, u ta’lim nazariyasi bilan shug‘ullanadi. Didaktika atamasi ilk bor Evropada 17-asrda o‘qitish va ta’lim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qo‘llanila boshlagan. Chex pedagogi YA.A.Komenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asari (1657 yil)da bolalar va o‘smirlarni ma’lumotli qilish va ularga ta’lim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi A.Disterveg o‘zining “Nemis ta’lim beruvchilarini ma’lumotli qilishga rahbarlik” (1834-1835 yy.) asarida didaktikaning pedagogikada ta’lim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini ta’kidlagan. Shundan keyin didaktikaga ta’lim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. Hozirgi zamon pedagogikasida didaktikaga ta’lim va ma’rifat berish nazariyasi bilan shug‘ullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Ta’lim mazmunini aniqlash, ta’lim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda o‘qitishning eng samarador usul va yo‘llarini topish didaktikaning asosiy muammolaridir. Didaktikaning mohiyatini belgilash, yo‘nalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asosning o‘rni katta. Didaktika umumiy psixologiya, o‘qitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bog‘liq. Bu fanlarning har biri ta’lim oluvchining bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni to‘g‘risida alohida bilim beradi. Ta’lim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. Didaktika har qanday alohida predmetni o‘qitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida ta’lim va ma’rifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni o‘qitish metodikasi ta’lim amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun didaktikaning tamoyillari ta’lim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi.


O’qituvchi faqat o’qitishning qonuniyatlarini bilishgina emas, balki ularni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratib bera olishi ham muhim. Bunga ayrim etakchi boshlang’ich qonuniyatlarni chuqur tushunish va ularni o’quv jarayonida qo’llash orqali erishiladi. Bunday qonuniyatlar didaktikada ta`lim tamoyillari yoki didaktik tamoyillar deb nom olgan.


Olimlarning ta’lim tamoyillarining soni va nomi to‘g‘risidagi fikrlari bir- biridan farq qilsa ham, ammo ularning mazmuni va o‘qitish qonuniyatlarini tushunish an’anasi asosan bir xildir. Ta’lim tamoyillarining majmuasi mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi (2.2 -rasm):




Download 401.34 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 401.34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Didaktikaning asosiy tamoyillari

Download 401.34 Kb.